|
Mavzu. Menejmentda motivlashtirish
|
bet | 99/176 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 22,93 Mb. | | #115775 |
Bog'liq amaliy ishlanmaMavzu. Menejmentda motivlashtirish.
Keys stadi
Ma‘lumki, qo‘shma korxona, boshqa har qanday korxona kabi, moliyaviy bo‘limni tashkil qilmasdan faoliyat ko‘rsata olmaydi. Moliyaviy faoliyat masalasi kutib tura olmasligi sababli qo‘shma korxona prezidenti iqtisodiy masalalar bo‘yicha vitse-prezidentga korxona moliyaviy faoliyatini boshqarish tuzilmasini ishlab chiqish, moliya bo‘limi bajarishi lozim bo‘lgan funktsiyalarni hisobga olgan holda bo‘lim uchun kadrlarni tanlab olish vazifasini topshirdi.
O‘z navbatida vitse-prezident moliya bo‘limi rahbariga boshqaruv tuzilmasini ishlab chiqish, bo‘lim faoliyati turlarini aniqlash va bundan kelib chiquvchi vazifalarni belgilash vazifasini topshirdi:
Bo‘limni boshqarish tuzilmasini ishlab chiqish. 2.Kadrlarni tanlash va o‘qitish.
Moliya bo‘limida ichki faoliyat turlarini aniqlash.
Ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlash, material sarfi va yuklama xarajatlarni hisobga olish tartibini belgilash.
Tovar zahiralari va ularning aylanmasi tezligi, tovar zahiralarini nazorat qilish usullarini tahlil qilish.
Rejalashtirish va nazorat maqsadida byudjetni ishlab chiqish:
Kapital xarajatlar rejasini baholash:
ishlab chiqarishning asosiy vositalariga qo‘yilmalar hajmi;
kapital xarajatlarni rejalashtirish;
kapital qo‘yilmalar hajmiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar;
kapital xarajatlarni tejashni baholash usullari.
Korxonaning moliyaviy faoliyati haqida hisobot tuzish jarayonini ishlab chiqish.
Vaziyatli masalani qo‘shma korxonaning moliya bo‘limi va ekspertlar yig‘ilishida ko‘rib chiqish hamda uning faoliyati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish zarur.
Vaziyatni tahlil qilish va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish uchun 24 soat vaqt ajratiladi.
|
| |