|
Analizning qayta takrorlanuvchanligi va to`g`riligi
|
bet | 10/18 | Sana | 19.03.2017 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #394 |
Analizning qayta takrorlanuvchanligi va to`g`riligi.
Analiz vaqtida natijaning to`g`rib o`lishini ta`minlash uchun bir necha parallel tajribalar o`tkaziladi. Parallel tajribalarda olingan natijalar o`zaro bir-biriga to`g`ri kelsa, natijalar qayta takrorlanuvchan hisoblanadi. Qayta takrorlanuvchanlik matematik statistik usullari yordamida baholanadi.Barcha analiz usullari olinadigan natijalarning to`g`riligiga ko`ra mutloq (etalonsiz) va nisbiy usullarga bo`linadi. Mutloq usullar qatoriga gravimetriya , bevosita kulonometriya singari usullarni kiritish mumkin.Analiz usullari va natijalarining to`g`riligini (E) analiz vaqtida olingan qiymatni () bilan madda tarkibidagi aniqlanayotgan tarkibiy qismning haqiqiy qiymati (x) orasidagi farq(xa )ilan ifodalanadi.
E=-x
Bu farq qancha kichik bo`lsa, natija shuncha to`g`rib o`ladi. To`g`rilikni ifodaluvchi ushbu ifoda absolyut xatoni ham ifodalaydi. Haqiqiy deb qabul qilingan qiymat aslidan farq qilishi ham mumkin. Bunday hollarda nisbiy xatodan foydalaniladi. Nisbiy xato deb,
absolyut xato (E) ni haqiqiy (x) qiymati nisbatining protsent ifodasiga aytiladi:
D=
Qayta takrorlanuvchanlikni baholash uchun bir xil sharoitda tajribani bir necha marta takrorlash va olingan natijalarni solishtirish kerak.Olingan natijalar to`g`ri va qayta takrorlanuvchanligini oshirish uchun analizda qo`llanilayotgan asbob, reaktiv va eritmalar vaqti-vaqti bilan darajalanib turilishi kerak.
|
| |