Analitik kimyoda xatolar.
Har qanday o`lchashda u yoki bu xatoga yo`l qo`yiladi.Ko`pchilik xatolar uyg`unlashib ketadi.Quyidagi xatolar ko`p tarqalgan ko`pinishlarini qarab chiqamiz. 1. Ifodalash ( hisoblash) usullari bo’yicha hatolar obsolyut va nisbiy hatolarga bo’linadi. Mutloq xatolar (absolyut) standart chetlashish nisbiy xatolar nisbiy standart chetlashish, foizlar bilan ifodalanadi.
2. Tarkibiy qismning haqiqiy qiymatidan yuqori yoki pastligini ko`rsatish bo`yicha xatolar musbat va manfiy xatolarga bo`linadi.
3. O`lchanadigan qiymat bilan xatoning bog`liqligiga ko`ra xatolar doimiy va mutanosib xatolarga bo`linadi.
4. Yuzaga kelish sabablariga ko`ra xatolar sistematik tasodifiy va qo`pol xatolarga bo`linadi.
5. Yuzaga kelish manbalariga ko`ra xatolar: asbob, reaktiv, uslubiy, namuna olish xatolariga bo`linadi.
Bulardan tashqari obyektiv va subyektiv, chegara, yo`l qo`yiladigan, kafolatli xatolar ham uchraydi.
|