Tahliliy jarayonlar va axborotlar.
Analiz davomida moddaning sifat va miqdoriy tarkibi haqida axborot – ma`lumot olingani uchun uni axborot olish jarayoni deb qarash mumkin.Bunday analiz ko`z bialn kuzatish yoki biror asbobda o`lchash bilan bog`liq. To`langan axborot analitik belgi bo`lib hisoblanadi. IYUPAK ning tavsiyasiga ko`ra analitik belgi aniqlanadigan moddaning obyekt tarkibidagi miqdori bilan bevosita bog`liq bo`lgan, tahlilning oxirgi bosqichidagi o`lchangan fizikaviy kattaliklarning o`rtacha qiymatidir. Odatda bu qiymat massa yoki konsentratsiya bilan bog`liq bo`ladi. Tortish natijalari, moddalarning spektrlari, patensial yoki elektr o`tkazuvchanligi, tok qiymati, elektr miqdori, optik
zichlik va boshqalar analitik belgilardir. Kimyoviy sifat analizida eritma rangining o`zgarishi yoki rang paydo bo`lishi, chokma tushishi yoki gaz ajralib chiqishi ham analitik belgilardir.
Har qanday analitik belgi modda, uning tarkibi va xossalri haqida juda katta axborot beradi. Bu axborot asosida ko`plab masalalarni hal qilish mumkin. Misol tariqasida palyarografik to`lqinni olib qarasak, u moddani sifatiy va miqdoriy tarkiblaridan tashqari, uning xossalari, turli xil konstantalari haqida ma`lumot beradi.
Analitik kimyoda tahliliy belgini olishning keng tarqalgan usuli o`lchashdir. Eritmaning hajmi, moddaning massasi, patensiali, optik zichligi, to`lqin uzunligi, pH, yarim to`lqin patensiali, diffuzion tok, elektr o`tkazuvchanlik, qarshilik va boshqalarni o`lchash bunga bo`la oladi. O`lchash haqidagi fan bo`lmish kimyoviy metrologiya nuqtai-nazaridan kimyoviy tahlil moddaning kimyoviy tarkibini o`lchashdir.
A n a l i t i k b e l g i moddaning tarkibi bilan bog`liq bo`lib, uni matematik jihatdan
Y=fx shaklida tasvirlash mumkin, bu yerda y – analitik belgi; x – moddaning miqdorini belgilovchi kattalik, masalan, konsentratsiya. O`lchash natijasi formula, jadval yoki
chizma shaklida tasvirlanishi mumkin. Analitik signal foydali va aralashgan kirishmalar belgilari, o`lchashdagi shovqinlardan tashkil topadi.Tadqiqotchi – analitik ularning ta`sirini mumkin qadar kamaytirish choralarini ko`rish kerak. Begona moddalar va shovqinlar ta`sirini kamaytirish uchun holis tajriba o`tkaziladi. Har ikkala tajribada olingan natijalar farqi foydali belgiga mos keladi.
Metrologiya nuqtai nazaridan kimyoviy tahlilning quyidagi xususiyatlarini keltirish mumkin:
1) Bir moddaning miqdori aniqlanayotganda, ko`pincha ko`p moddalar o`lchanayotgan bo`ladi.Shuning uchun ham o`lchashdan oldin moddaning tarkibini
bilishga to`g`ri keladi.Sifatiy tahlilning miqdoriy tahlildan oldin bajarilishi ham shundan.
2) O`lchashningo`zi, ko`pincha, bevosita bo`lmaydi.Odatda, u yoki bu zarra-chalarning soni emas, balki massasi (granimetriya), hajmi (titrimetriya), patensiali (patensiometriya) singarilar o`lchanadi.
|