Analizning to`g`riligini baholash usullari.
Agar sistematik xatolarni oldini olish mumkin bo`lsa, tahlilning to`g`riligini baholash mumkin, analizning to`g`riligini hisoblash asosida esa baholab bo`lmaydi. Ko`pincha to`g`rilikni uchun tajribaviy usullardan foydalaniladi. Bunday usullar qatoriga analizni ikki va undan ortiq usullar yordamida o`tkazish, stantart lar, qo`shimchalar, analiz uchun olingan namuna miqdorini o`zgartirish va boshqalarni kiritish mumkin.
1)Tahlilni ikki yoki undan ko`proq usullar yordamida o`tkazib, har bir usulda olingan natijalar taqqoslanadi. Olingan natijalar bir hil yoki yaqin bo`lsa, natijalar to`g`ri hisoblanadi.
2)Standart namunalar maxsus davlat standart lari asosida ishlab chiqarilagan, tarkibi aniq namunalardir.
Tekshiriladigan modda miqdori standart namunani tekshirish natijasi bilan solishtiriladi. Agar har ikkala natija mos kelsa, usul va metodika aniq, olingan natija esa to`g`ri, deb hisoblanadi. Tekshiruvchi ixtiyorida davlatning maxsus standartlari asosida tayyorlangan standart namunalar (etanollar) bo`lmasa, ularni laboratoriya sharoitida tayyorlash va shahodatlash zaruriyati tug`uladi. Etalon namunalar tayyorlash uchun
tegishli moddaning tozaligi yuqori, tarkibi aniq bo`lgan nushalaridan foydalaniladi. Masalan, «o`ta toza» «maxsus toza» , «kimyoviy toza», «analiz uchun toza» singari
nusxalardan foydalanish mumkin. Tayyorlangan namuna alihida aniqlikka ega usullardan bir nechtasi yordamida shaxodatlanadi.
3) Qo`shimchalar usulida bir nechta parallel tajribalar o`tkaziladi va har bir tajriba uchun olingan namunaga tekshiriladigan moddadan aniq har xil miqdorlarda qo`shiladi.
Har bir namuna analiz qilingandan so`ng qo`shimchalar farqi asosida to`g`rilik aniqlanadi. Masalan, temir (III) oksidi namunasini analiz qilganda analiz natijasiga ko`ra uning massasi 0,2378 g ekanligi aniqlangan, shuncha namunaga 0,1000 g Fe2O3 qoshimchasi qo`shigandan so`nggi analizda 0,3375 g natija olingan bo`lsa, bu qo`shilgan 0,1000 qiymatga juda yaqindir.
Demak, usulning to`g`riligi yetarli ekan.
4) Analiz uchun olinadigan namuna massasini o`zgartirib turish sosida ham to`g`rilikni baholash mumkin. Masalan, analiz uchun 5, 10, 15, ml namuna eritmasidan olinib, ularni alohida- alohida analiz qilganda olingan natijalar munosib o`zgarsa, usul (metodika) to`g`ri, deb qabul qilinishi mumkin.Tahlilning to`g`riligi va qayta takrorlanuvchanligini oshirish uchun qo`llaniladigan asboblar, reaktiv va eritmalar, laboratoriya metrologik shaxodatlangan bo`lishi, tahlilchi yetarli malakaga ega bo`lishi, toza va yaroqli reaktivlar
ishlatilishi idishlar va o`lchov vositalari toza va shaxodatlangan bo`lishi, xana imkoni boricha karoq tebranishi kerak. Har qanday ko`rsatiladigan analitik metrologik baholangan bo`lishi zarur.
|