2- chizma. Ochilish chegarasi va eng kichik analitik signal orasidagi bog`liqlik.
XULOSA
Demak,kimyoviy analiz murakkab, ko`p bosqichli jarayon bo`lib, o`z ichiga vazifaning qo`yilishi, analiz usuli va sxemasini tanlash, namuna olish,uni analizga tayyorlash,analizni bajarish ,natijalarni matematik ishlash, ularni taqdim etish va saqlash bosqichlarini oladi.Analizdan kutilgan oxirgi natija moddaning miqdori, taqsimlanishi yoki tuzilishi bilan bog`liq.
Analiz davomida moddaning sifat va miqdoriy tarkibi haqida axborot – ma`lumot olingani uchun uni axborot olish jarayoni deb qarash mumkin.Bunday analiz ko`z bilan kuzatish yoki biror asbobda o`lchash bilan bog`liq. To`langan axborot analitik belgi bo`lib hisoblanadi. IYUPAK ning tavsiyasiga ko`ra analitik belgi aniqlanadigan moddaning obyekt tarkibidagi miqdori bilan bevosita bog`liq bo`lgan, tahlilning oxirgi bosqichidagi o`lchangan fizikaviy kattaliklarning o`rtacha qiymatidir. Odatda bu qiymat massa yoki konsentratsiya bilan bog`liq bo`ladi. Tortish natijalari, moddalarning spektrlari, patensial yoki elektr o`tkazuvchanligi, tok qiymati, elektr miqdori, optik zichlik va boshqalar analitik belgilardir. Kimyoviy sifat analizida eritma rangining o`zgarishi yoki rang paydo bo`lishi, chokma tushishi yoki gaz ajralib chiqishi ham analitik belgilardir.
Har qanday analitik belgi modda, uning tarkibi va xossalri haqida juda katta axborot beradi. Bu axborot asosida ko`plab masalalarni hal qilish mumkin. Misol tariqasida polyarografik to`lqinni olib qarasak, u moddani sifatiy va miqdoriy tarkiblaridan tashqari, uning xossalari, turli xil konstantalari haqida ma`lumot beradi.
Analitik kimyoda tahliliy belgini olishning keng tarqalgan usuli o`lchashdir. Eritmaning hajmi, moddaning massasi, patensiali, optik zichligi, to`lqin uzunligi, pH, yarim to`lqin patensiali, diffuzion tok, elektr o`tkazuvchanlik, qarshilik va boshqalarni o`lchash bunga bo`la oladi. O`lchash haqidagi fan bo`lmish kimyoviy metrologiya nuqtai-nazaridan kimyoviy tahlil moddaning kimyoviy tarkibini o`lchashdir.
Har qanday o`lchashda u yoki bu xatoga yo`l qo`yiladi.Ko`pchilik xatolar uyg`unlashib ketadi.Quyidagi xatolar ko`p tarqalgan ko`pinishlarini qarab chiqdik.
Analiz vaqtida natijaning to`g`rib o`lishini ta`minlash uchun bir necha parallel tajribalar o`tkaziladi. Parallel tajribalarda olingan natijalar o`zaro bir-biriga to`g`ri kelsa, natijalar qayta takrorlanuvchan hisoblanadi. Qayta takrorlanuvchanlik matematik statistik usullari yordamida baholanadi
Xatolarning manbalari bittadan ko`p bo`lsa, dispersion analizdan foydalaniladi. Bunda analizga ra`sir etuvchi har bir omilning ta`sir ulushini va ularning analitik belgining o`zgaruvchanligiga har tomonlama ta`sirini aniqlash talab etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
-
1.Файзуллаев О. Аналитик кимё асослари. Тошкент, А.Қодирий нашриёти. 2003, 444 б.
-
2. Золотов Ю.А., Дорохова Е.Н., Фадеева В.И. и др. Основы аналитической химии: Учеб. пособ. М.: Высщая школа, В 2 кн. Кн.2. М.: Высщая школа. 2002, 496 с.
-
3.Васильев В.П. Аналитическая химия. М.: Высщая школа, 1989, В 2 кн.
-
4.Харитонов Ю.Я. Аналитическая химия. Аналитика. М.: Высшая школа, 2003, В 2 кн.
5. Fayzullaеv O. Analitik kimyo. Toshkеnt, «Yangi asr avlodi», 2006, 488 b.
|