O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining




Download 77,64 Kb.
bet1/9
Sana14.02.2024
Hajmi77,64 Kb.
#156157
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PQ-306 14.09.2023-1
123, c3905b13-55fc-4752-b3ad-b075b5cafa9d, 4-этаж А блок, В1, 122- Математические методы в психологии. Практикум Митина О.В 2008 -238с, 1, Arduino 1-labaratoriya ishi, Student of WEB009(1), Mavzu mdya-tranzistorlarning volt-amper xarakteristikalari va p (1), 1-KA Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari, Maruza-3, Bacteria and Viruses, bank ishi 4-kurs Agrobank, publishing agreement (1)



[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Joriy yilning 18-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “uzluksiz xizmatlar zanjiri”ni yaratish maqsadida:
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]

1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining (keyingi o‘rinlarda — Biznesni rivojlantirish banki) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) amalga oshirish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Biznesni rivojlantirish banki Dasturni samarali amalga oshirish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha asosiy tayanch bank etib belgilansin.
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturining tashkiliy-institutsional tuzilmasi va mutasaddi tashkilotlarning asosiy vazifalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Dasturni 2023 — 2026-yillarda amalga oshirish uchun davlat mablag‘lari hisobidan 6 trillion so‘m va xalqaro moliya institutlarining 1,2 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari yo‘naltirilsin.
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]

2. Belgilansinki, quyidagilar “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga (keyingi o‘rinlarda — markazlar) onlayn ariza yuborish orqali Dasturda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi:
kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari;
oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar.
Bunda, Dasturda ishtirok etuvchi kichik tadbirkorlik subyektlarini shaffoflik tamoyillari asosida tanlab olish tartib-taomillari 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
markazlar tomonidan tanlab olingan tashabbuskorlar biznes ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘nalishida qisqa va o‘rta muddatli amaliy o‘quv kurslarida o‘qitiladi;
amaliy o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgan tashabbuskorlar Dastur doirasidagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanadi.
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash / 03.10.02.02 Garov;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;

3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash;

4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;

5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari;

6.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;

7.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;

8.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]

4. 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Dasturda ishtirok etuvchi kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlash choralari etib quyidagilar belgilansin:
a) moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida:
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘lar uchun revolver tarzda 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratish va (yoki) asosiy vositalarni sotib olish uchun lizing berish. Bunda, 100 million so‘mgacha kreditlarni garovsiz, 150 million so‘mgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyati nazarda tutiladi;
qiymati 1,5 milliard so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga berish;
24 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan va oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan hamda kamida 10 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan kichik tadbirkorlik subyektlarining yangi loyihalariga va mavjud ishlab chiqarishni kengaytirishga oid loyihalariga bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer maydonlari, asbob-uskunalar, bino-inshootlar va boshqa ko‘rinishdagi moddiy aktivlar bilan 20 foizgacha, biroq 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan qiymatda ulushdor bo‘lib kirish;
innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, yuqori texnologik startap loyihalariga davlat ilmiy dasturlari doirasida 2 milliard so‘mgacha grant mablag‘larini ajratish;
b) konsultativ qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida:
litsenziya, ruxsatnoma va sertifikatlar olish masalalari, bojxona va soliq ma’muriyatchiligi, eksport va import operatsiyalari, shartnomalarni rasmiylashtirish;
davlat xaridlarida ishtirok etish, shuningdek, yer uchastkalari va bino-inshootlarni sotib olish yoki ijaraga olish va loyihalashtirish;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, mavjud boshqa yengilliklar va imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumot va maslahatlar berish.
Dastur ishtirokchilarini moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlash instrumentlari va ulardan foydalanish shartlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Markazlarga o‘zi tomonidan kichik biznes loyihalariga kiritilgan ulushni 7 yil davomida bozor qiymatida loyiha tashabbuskoriga yoki boshqa salohiyatli investorlarga realizatsiya qilish huquqi taqdim etilsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Dasturni uzluksiz ravishda zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlab borishga mas’ul etib belgilansin. Bunda, Dasturni barqaror moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun xalqaro moliya bozorlari hamda xalqaro moliya institutlari hisobidan zarur hajm va muddatlarda mablag‘lar jalb etiladi.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]

5. Biznesni rivojlantirish banki uch oy muddatda xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magi va boshqa manbalar hisobidan biznes jarayonlarini avtomatlashtirgan holda tashkil etish va muvofiqlashtirib borish uchun Biznes portalning ishga tushirilishini ta’minlasin.
Raqamli texnologiyalar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda:
2024-yil 1-yanvarga qadar ushbu qarorga 4-ilovaga muvofiq vazirlik va idoralarning tadbirkorlik yo‘nalishidagi axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining Biznes portalga integratsiya qilinishini ta’minlasin;
2024-yil 1-mayga qadar tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi mavjud axborot tizimlari va ma’lumot bazalarini Biznes portalga birlashtirishni nazarda tutuvchi amaliy chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarning har birida dehqonchilik uchun ijara huquqi bilan berilayotgan yer maydonlarida mahsulotni yetishtirishdan boshlab uni sotishgacha zanjirni yaratishni nazarda tutuvchi kamida bittadan “agregator” va “kooperatsiya” tizimiga asoslangan loyihalarni amalga oshirish;
tajribali kasanachilar bilan birga kasanachilarga kompleks yordam beruvchi “kasanachilar maktablarini” tashkil etish va ularni ushbu maktablarning ustav kapitalida ishtirok etishga jalb qilish.
Bunda, ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirishda Dasturda nazarda tutilgan mexanizm va instrumentlar qo‘llanilishi belgilansin.
7. Biznesni rivojlantirish banki “Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi” MChJ (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar har bir hudud uchun loyihalarni baholash va tanlab olish, biznesga o‘qitish, tashqi bozorlarga chiqish hamda markazlar faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha malakali xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb qilishni ta’minlasin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Biznesni rivojlantirish bankining markazlar xodimlarining kamida 20 foizini va kamida bir nafar rahbar xodimini xususiy sektorda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari orasidan tanlov asosida tayinlash haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Biznesni rivojlantirish banki ustav kapitalini 2023-yil 1-oktabrdan 2024-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich 3 trillion so‘mga yetkazsin;
Markaziy bank va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablariga muvofiq, “Qishloq qurilish banki” ATBga ajratilgan umumiy qiymati 544 milliard so‘m bo‘lgan kredit liniyalari mablag‘larini Biznesni rivojlantirish bankiga subordinar qarz sifatida qayta rasmiylashtirsin;
2024-yil 1-aprelga qadar Jamg‘arma ustav kapitali 1 trillion so‘m miqdorida shakllantirilishini ta’minlasin;
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Raqamli transformatsiya markazi” DUKni butun moddiy-texnika bazasi bilan birga mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantirish va uning ustav kapitalidagi davlat ulushini nominal qiymatda Jamg‘arma ustav kapitaliga Biznesni rivojlantirish bankining ulushi va bankdagi davlat ulushini oshirish hisobiga berilishini ta’minlasin;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda markazlar orqali investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni sotishdan tushadigan 1 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘larni Jamg‘armaga 10 yil muddatga foizsiz budjet ssudasi sifatida ajratsin.
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]

9. Biznesni rivojlantirish banki va hamkor banklarga Dastur doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun jalb etiladigan resurs mablag‘larini qayta moliyalashtirish vakolati berilsin.
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]

10. 2024-yil 1-yanvardan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar 3 yilgacha muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratilishi belgilansin.
11. Biznesni rivojlantirish bankiga Dasturni amalga oshirish doirasida uning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq malakali mutaxassislardan iborat tanlov komissiyasi tomonidan mustaqil ravishda quyidagi xarid jarayonlarini amalga oshirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish huquqi berilsin:
xalqaro yuridik, auditorlik kompaniyalari, investitsiya maslahatchilari va investitsiya banklari, ilg‘or xorijiy va mahalliy ta’lim muassasalari, yuqori malakali xorijiy ekspert va konsultantlarni jalb etish;
axborotlashtirish qurilmalari, dasturiy ta’minotlar va bankomatlar yetkazib beruvchi kompaniyalar bilan shartnomalar tuzish.
12. Belgilansinki, Biznesni rivojlantirish banki mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini saqlash hamda o‘z vaqtida qaytarishni kafolatlovchi talablar bo‘yicha “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]

13. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish va davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar, tijorat banklari, Jamg‘arma va markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tuzilmasida Kichik va o‘rta biznes rivojlanishini tahlil qilish, qo‘llab-quvvatlash va sohada davlat siyosatini muvofiqlashtirish departamenti tashkil etilsin.
14. Biznesni rivojlantirish banki, Innovatsion rivojlanish agentligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hamda Yoshlar ishlari agentligi startap ekotizimini rivojlantirish maqsadida biznes loyihalarni akseleratsiya tamoyili asosida tanlab olish jarayonlarini to‘liq aks ettiruvchi turkum shou-ko‘rsatuvlar tayyorlasin hamda ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish choralarini ko‘rib borsin.
15. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda markazlarni joylashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Biznesni rivojlantirish banki hamda manfaatdor idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:
bir oy muddatda markazlar faoliyatini tashkil etish va yuritish, markazlar tomonidan kichik biznes loyihalarini tanlab olish, qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish tartiblarini tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini;
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni.
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 14-sentabr,
PQ-306-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son qaroriga
1-ILOVA
I. “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturining tashkiliy-institutsional
TUZILMASI

II. “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida mutasaddi tashkilotlarning asosiy vazifalari

Download 77,64 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 77,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Download 77,64 Kb.