Bog'liq Mayizbop uzum navlarinini yetishtirish texnologiyasi
3.2. Tajribadagi mayizbop uzum navlarini hosildorlik ko’rsatkichlari Tok tupining hosildorlik ko’rsatkichlari shu yilgi pishib yetilgan
novdalardagi qishlovchi kurtaklarda shakllangan to’pgul murtagini miqdori va
ularning tinim davridagi holatini aniqlash yo’li bilan belgilanuvchi, o’simlik
organik mahsulotlari massasini ko’rsatuvchi, har bir tok tupi yoki bir gektar
maydondagi yetishtirilgan hosilni umumiy miqdori bilan belgilanuvchi (xo’jalik
hosildorligi), shuningdek eng oliy sharoitda qishki kurtaklarning 100% hosil berish
qobiliyatiga ega bo’lgandagina olinishi mumkin bo’lgan hosildorlik ko’rsatkichlari
ichidan amaliyotda oxirgi hosildorlik ko’rsatkichi ya’ni haqiqiy hosildorlik muhim
ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun biz tajribada o’rganilayotgan kishmish va mayizbop
navlarning hosildorlik koyeffisentini, ya’ni bitta hosilli novdadagi uzum boshlari
sonini va hosil berish koyeffisentini yoki tok tupidagi uzum boshlarini barcha
rivojlangan novdalarga nisbatini aniqladi. Navlarning hosildorligi yer birligiga
yoki 1/ga to’g’ri keladigan hoslli novdalar miqdoriga shu novdalardagi mavjud
uzum boshlar soniga va har bir uzum boshini o’rtacha og’irligiga bog’liq.
Yuqoridagi (3-jadval) ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, uzum navlarida 1
ga yerga navlar bo’yicha rivojlangan novdalar soni standart nav Oq kishmish
navida 92266 donani tashkil etgan bo’lsa, Qora kishmish, Pushti kishmish va
Xishrau kishmishi navlarida bu ko’rsatkich 121133; 118400; va 81600 dona
ekandigi aniqlanib, bunda Oq kishmishga nisbatan Qora kishmish va Pushti
kishmish navlarida 28867-26134 donagacha ko’p bo’lsa, Xishrau kishmishida
aksincha 10666 donagacha kam bo’lganligi aniqlandi. Bundan ko’rinib turibdiki
46
standart nav Oq kishmishga nisbatan Qora kishmish va Pushti kishmish navlari
yaqqol ustunlik qildi.