• 3. Loyihalar usuli
  • Suhbat, munozara, miyaga hujum, ishbilarmonlik o’yini.
  • O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi samarqand qishloq xo`jalik instituti «Meva sabzavotchilik va uzumchilik»




    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/39
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,07 Mb.
    #262668
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
    Bog'liq
    Mayizbop uzum navlarinini yetishtirish texnologiyasi

    2. Individual (amaliy) usul
    . Individual (amaliy) usul laboratoriya usulidan 
    shunisi bilan farqlanadiki, unda ko’pincha, talabalar faoliyatidan olingan bilimlar 
    vazifasini yechishga qaratadiladi. Nazariyani amalda tatbiq qila bilish birinchi 
    o’ringa chiqadi. Ushbu usul bilimni, mahoratni chuqurlashtirish vazifasini bajaradi, 
    shuningdek, o’rganish faoliyatini kuchaytirishni ta’minlaydi. Amaliy usul 
    o’quvchilarni vazifalarni vijdonlik bilan bajarishga, mehnat jarayonini puxta tashkil 
    etishga boshqa usullardan ko’ra ko’proq ko’maklashadi (ish sifatini sinchiklab 
    tekshirish, xulosalarni tahlil qilish). 
    3. Loyihalar usuli
    bilim va malakalarni, tahlil qilish va baholashni amaliy 
    qo’llashni nazarda tutuvchi ta’limning majmuaviy usulini amalga oshiradi. Boshqa 
    usullarga qaraganda, bu usulda o’quvchilar rejalashtirishda, tashkil qilishda, 


    61 
    tekshirishda, tahlil qilishda va bajarilgan ishning natijalarini baholashda ko’proq 
    ishtirok etadilar. 
    Loyihalar usulida ta’lim berishda faqat natijalar emas, balki jarayonning 
    o’zi ko’proq qimmatliroqdir. Loyiha individual bo’lishi mumkin, lekin 
    odatda, har bir loyiha o’quv guruhining birgalikdagi faoliyatining 
    muvofiqlashtirilgan natijasidir. 
    Loyiha bir fanga oid, fanlar orasida yoki fandan tashqari bo’lishi mumkin. 
    Loyiha ustida ishlash jarayonida, o’qituvchining faoliyati quyidagilardan 
    iborat bo’ladi: talabalarga axborot qidirishga yordam berish; o’zining axborot 
    manbai bo’lishi; butun jarayonni muvofiqlashtirishi; o’quvchilarni quvvatlashi 
    va taqdirlashi; uzluksiz qaytar aloqani qo’llab-quvvatlashi. 
    Suhbat, munozara, miyaga hujum, ishbilarmonlik o’yini.
    Bular ta’lim oluvchilarning sermahsul faoliyat ko’rsatishlarini ta’minlovchi, 
    ta’limga muhokama qiluvchi va rivojlantiruvchi dars berish va o’qitish 
    usullaridir. 

    Download 1,07 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi samarqand qishloq xo`jalik instituti «Meva sabzavotchilik va uzumchilik»

    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish