54
IV. TAJRIBADA UZUM O’STIRISHNING IQTISODIY
SAMARADORLIGI
Ma’lumki bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir
qilingan ishning iqtisodiy
samaradorligiga alohida e’tibor beriladi.
Iqtisodiy samaradorlik ishning qanchalik amaliyotga zarurligini belgilovchi
ko’rsatkichlardan biridir desak mubolag’a bo’lmaydi.
Shu ma’noda biz olib borgan tadqiqotlarning iqtisodiy jihatdan qanchalik
samarali ekanligini o’rganib chiqdik. Bunda biz tajriba maydonidan olingan hosilni
1/ga maydon birligi hisobiga
aylantirgan holda, barcha hisoblash ishlarini shunga
muofiq olib bordik.
Tajribada kishmishbop navlar uchun Oq kishmish,
mayizbop navlar uchun
Sultoni navlariga standartlab, ularning xo’jalik biologik va texnalogik
ko’rsatkichlari tegishli tarzda baholandi, shunengdak iqtisodiy jihatdan tahlil qilib
chiqildi.
Bunda jadvallarda keltirilgan kishmish va mayiz navlarni objo’sh va shtabel
usullarida quritilib ulardan quritilgan mahsulot olishni
texnalogik va iqtisodiy
tomonlariga e’tiborimizni qaratdik.
Tajribani iqtisodiy samaradorligini o’rganishda navlarni hosildorligi ulardan
quritilgan mahsulot chiqishi , tayyor mahsulot olish uchun qilingan umumiy
xarajatlar,
quritilgan mahsulotni tannarxi, mahsulotni sotishdan olingan umumiy
daromad, mazkr navlardan kishmish va mayiz tayyorlashda olinadigan sof foyda
va rentabillik darajasi kabi ko’rsatkichlari bo’yicha tahlil
ishlari olib borildi va
quyidagi natijalarni olishga muyassar bo’ldik.
Tajribani iqtisodiy samaradorligi bo’yicha olingan ma’lumotlarni o’rganib
chiqqanimizda kishmishbop navlardan standart uchun olingan Oq kishmish navini
objo’sh usulida quritilganda mahsulot chiqishi 20,3% gacha, quritilgan mahsulot
21,9 s/ga bo’lib, umumiy daromad 3285000 so’mni, sof daromad 690000 so’mni
tashkil etib, rentabellik 26,6% ga teng bo’ldi.
55
Qora kishmish va Pushti kishmish navlarida bu ko’rsatkichlar quyidagicha,
quritilganda mahsulot chiqishi 21,9-20,6% gacha, quritilgan mahsulot 31,0-23,5
s/gani, umumiy daromad 4650000 - 3525000 so’mni, sof daromad 1600000-
850000 so’mni tashkil etib, rentabellik 52,5-31,8% ga teng bo’lgan bo’lsa, Xishrau
kishmishida quritilganda mahsulot chiqishi 22,9% gacha, quritilgan mahsulot 32,6
s/ga bo’lib, umumiy daromad 4890000 so’mni, sof daromad 1760000 so’mni
tashkil etib, rentabellik 56,2% ga teng bo’ldi.
Olingan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, eng ko’p
daromad Xishrau
navidan olinib, rentabelligi volgan navlarga nisbatan (56,2%) yuqori bo’lib,
standart navga nisbatan 29,6% ga ko’p bo’lganligi aniqlandi.
Mayizbop navlarda ham kishmishbop navlar kabi qonuniyat saqlanib qolgan
holda eng yuqori ko’rsatkiya Qora janjal novdan olinib, bunda sof daromad
985000 so’mni
tashkil etib, standart navga nisbatan 826000 so’mga ko’p bo’lib,
umumiy rentabelligi 30,1% ga teng bo’lib, standart navga nisbatan 24,2% ga
yuqori bo’lganligi aniqlandi.