62
2. Munozara
faol ta’lim usuli bo’lib,
muhokama, ma’lum muammo
bo’yicha fikr almashinuv ko’rinishida o’tadi.
Munozara usuli barcha
funksiyalarni bajaradi. Ushbu usuldan quyidagi maqsadlar uchun foydalanadi:
yangi bilimlarni shakllantirish; o’quvchilarda
u yoki bu savollarni chuqur
o’ylab ko’rish, tub ma’nosiga yetishga motivasiyani ta’minlash;
o’quvchilarga dalil va dalilga asoslangan xulosa orasidagi farqni tushunib
yetishni o’rgatish; muloqot ko’nikmalarni
shakllantirish, o’quvchilarga o’z
fikrida mustahkam turish va uni himoya qilishga yordam berish.
Qachonki erkin yoki biror yo’nalishda boshqariladigan bo’lsa,
munozara rivojlanishi mumkin.
3. Miyaga hujum
- g’oyalarni generasiya qilish usuli.
Qatnashchilar
birlashgan holda qiyin muammoni yechishga harakat qiladilar: uni yechish uchun
shaxsiy g’oyalarni ilgari suradilar (generasiya qiladi).
Bu usul barcha funksiyalarni bajaradi: lekin uning asosiy vazifasi -
muammoni mustaqil tushunish va yechishga ta’lim
oluvchilarni motivasiyasini
uyg’otish.
4. Pinbord
(iglizchadan: pin - mustahkamlash; board - doska). Bu o’qitish
uslubining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o’quv suhbati amaliy usul
bilan bog’lanib ketadi. Uning afzallik funksiyalari - rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi
vazifadir: o’quvchilarda muloqot yuritish va munozara
olib borish madaniyati
shakllanadi, o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish
mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi.