69
havosi..) ning son va sifat ko’rsatgichlari, morfologik (tashqi) va morfometrik
(o’lchamli) belgilari o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Masalan, atmosfera havosi
atropogen o’zgargan tabiiy xududlarda boshqa kam ta’sirlangan
atrof tabiiy
muhitga nisbatan 10-15 barobar ko’proq ifloslangan bo’ladi. Sanoat tegralarida
havo tarkibida zaharli is gazi (CO
2
) ning ko’payishi asosan metallurgiya (30-40%)
va ximiya sanoati (15-20%), transport (10-15%) ta’sirida yuzaga kelsa, shaharlarda
esa is gazi asosan transport (60-80%), ogir sanoat (15-20%), ximiya sanoati (5-
10%) ta’sirida yuzaga keladi. Agrar tegralarda tuproqlarning morfologik (ko’zga
tashlanadigan tashqi) ko’rinishi 1-1,5 metr chuqurlikgacha tubdan o’zgargan va
yangi tur hosil qilgan bo’ladi. Ularda tuproq ifloslanishi pestisid, gerbisid, azot,
fosfor,
turli tuzlar; shaharlarda - maishiy axlat; sanoat tegralarida - sanoat
chiqindilari hisobiga amalga oshadi. Sanoat tegralari
toifasiga kiruvchi atom
elektrostansiyalari atrofidagi suv, tuproq va atmosfera havosida radioaktiv
elementlar miqdori shaharlarga nisbatan bir necha o’n barobar ko’p bo’ladi, lekin
is gazining miqdori elektrostansiya atrofida
agrar tegralarga tenglashgan,
shaharlarga nisbatan esa bir necha o’nlab barobar kam bo’ladi.
Atmosfera havosini xuquqiy muhofaza qilish
- tabiat va inson o’rtasidagi
ajralmas bog’liq va mutanosiblikni ta’minlaydigan, atmosfera havosining sifatini
buzilishiga, atrof tabiiy muhitning ifloslanishiga yo’l qo’ymaydigan, hozirgi va
kelajak avlodlarga ekologik jihatdan musaffo holdagi
yashash imkoniyatini
berishga qaratilgan ekologik ongli va madaniyatli xuquqiy munosabat va huquqiy
me’yorlar tizimi xhsoblanadi. O’zbekiston Respublikasi «Atmosfera havosini
muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunning 3-moddasiga ko’ra: atmosfera havosini
tarkibini saqlash, atmosfera
havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va
boshqa xil ta’sir ko’rsatilishini oldini
olish hamda buni kamaytirish, davlat
organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini xuquqiy jihatdan tartibga
solish kabi chora tadbirlardan iborat.