Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish




Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/39
Sana11.06.2024
Hajmi1,07 Mb.
#262668
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Mayizbop uzum navlarinini yetishtirish texnologiyasi

Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish
– qulay ekologik sharoitlarni 
yaxshilash, tiklash va saqlashga qaratilgan davlat, mahalliy va jamoat 


70 
tadbirlarining tizimi hisoblanadi. Biotexnik, texnologik xuquqiy iqtisodiy va 
boshqa tabiatni muhofaza qilish choralari qo’llaniladi. Tabiiy boyliklarni saqlash 
va ulardan unumli, oqilona foydalanishga asoslangan jamiyat va tabiat o’rtasidagi 
munosabatlarning uyg’unligini ta’minlashga qaratilgan davlat va jamiyat 
tomonidan olib boriladigan tadbirlar tizimi. 1992 yil 9 dekabrda qabul kilingan 
Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun bilan tartibga solinadi. Jamiyatda yer, 
yer osti boyliklari, suv, o’rmon, hayvonot va o’simlik dunyosi hamda atmosfera 
havosini muhofaza qilish, tabiiy hosilalar va ekologik komplekslarni saqlash, qayta 
tiklash, atrof muhitning biologik xilma-xilligini ta’minlash bilan bog’liq qoida-
talab, chora-tadbirlarning yig’indisi hisoblanadi. Ayniqsa, XX asrda tabiiy muhitni 
muhofaza qilish yo’nalishiga katta e’tibor beriliib, har bir davlat turli dastur, rejalar 
va qonunchilik hujjatlari qabul qilingandir. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish 
bilan bog’liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunchilik xujjatlari, 
qoida-talablari muhofaza ahamiyatidagi ijtimoiy-ekologik munosabatlarini tartibga 
soladi.
 
Atrof-muhit ifloslantirilganligi uchun to’lovlar
- Ekologik qonunchilikda 
ikki xil to’lovlar belgilangan - tabiat zahiralaridan foydalanganlik uchun va atrof-
muhitga salbiy ta’sir etganlik uchun to’lovlar. Atrof-muhitni ifloslantirganlik 
uchun va boshqa turdagi salbiy ta’sirlar uchun to’lovlar asosiy iqtisodiy 
stimullardan hisoblanib, faoliyati tabiatga ta’siri bo’lgan korxona - tabiatdan 
foydalanuvchilar qonunchilik talablari bilan mutanosib holda atrof-muhitni 
ifloslanishini kamaytirishga o’zlari chora ko’rishlarini ko’zda tutadi. Bunday 
choralar turli ko’rinishlarda o’zini namoyon etishi mumkin. Me’yoridan ortiq 
ifloslantiruvchi, doimiy katta miqdordagi to’lovlarni xohlamagan tabiatdan 
foydalanuvchilar ishlab chiqarish texnologiyalarini mukammallashtirishlari, 
samarali tozalash qurilmalarini qurishlari yoki faoliyat ko’rsatatyotgan 
inshootlarini yuqori samarali ishini ta’minlashlari mumkin. Nihoyat, korxonalar 
atrof-muhitni ifloslantirishni kamaytirishning salmoqli samarasiga korxona 
tomonidan ishchilarga talablarni kuchaytirish va mehnat hamda texnologik tartib-
qoidaga rioya qilishni ta’minlash orqali erishish mumkin. 


71 

Download 1,07 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish