O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi samarqand qishloq xo`jalik instituti «Meva sabzavotchilik va uzumchilik»




Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/39
Sana11.06.2024
Hajmi1,07 Mb.
#262668
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Mayizbop uzum navlarinini yetishtirish texnologiyasi

 


76 
XULOSALAR 
 
Olib borilgan ilmiy tatqiqotlar natijasiga asosan quyidagicha xulosalar qilish 
mumkin. 
1.
O’rganilgan mayizbop uzum navlarida o’sish, rivojlanish va 
boshlang’ich fazalarni o’sish muddatlari bo’yicha, farq 2-3 kun, g’ujumlarning 
pishish fazalarining muddatlari bo’yicha farq, 29-38 kunni tashkil etdi. 
2.
Tajribadagi kishmishbop va mayizbop uzum navlarida hosilli novdalar 
sonini foiz hisobida tahlil qilish shuni ko’rsatdiki o’rganilgan navlarimizda hosilli 
novdalar soni standart nav Oq kishmishda jami 42,4 donani ko’rsatgan bo’lsa, 
Qora kishmish va Pushti kishmish navlarida bu ko’rsatkich jami 45,2 dona va 43,5 
donani tashkil etib, standart navga nisbatan 2,8-1,1 donaga yuqori bo’lganligi 
aniqlandi. Xishrau kishmishi navi standart navga nisbatan bir oz kam ko’rsatkichni 
ko’rsati, bunda 38,8 donaga teng bo’lib, standart navga nisbatan 3,6 donaga kam 
bo’lganligi kuzatildi. 
3.
Standart nav Oq kishmish navida jami uzum boshlar soni 46008 
donani, bitta uzum boshning o’rtacha og’irligi 235 gramm, hosildorligi 108,1 s/ga 
ni tashkil etgan bo’lsa, Xishrau kishmish navida biroz boshqacharoq natija olindi, 
ya’ni jami uzum boshlar soni 39930 donani, bitta uzum boshning o’rtacha og’irligi 
357 grammni, hosildorligi 142,6 s/ga, gani tashkil etgan xolda standart navga 
nisbatan 31,9% ga yuqori bo’lganligi aniqlandi. 
4.
Mayizbop navlarda jami uzum boshlar soni 37919 donani, uzum 
boshlarini o’rtacha og’irligi 350 grammni, hosildorligi 132,7 s/ga ni tashkil etgan 
bo’lsa, Rizamat navlarida jami uzum boshlari soni 34466 donani, uzum 
boshlarning o’rtacha og’irligi 420 gramm, hosildorligi 144,7 s/ga ni tashkil etib, 
Sultoni navga nisbatan 9,5 s/ga yuqori hosil berganligi aniqlandi. 
5.
Standart uchun olingan Oq kishmish navini objo’sh usulida 
quritilganda mahsulot chiqishi 20,3% gacha, quritilgan mahsulot 21,9 s/ga bo’lib, 
umumiy daromad 3285000 so’mni, sof daromad 690000 so’mni tashkil etib, 
rentabellik 26,6% ga teng bo’lgan bo’lsa, Xishrau kishmishida quritilganda 


77 
mahsulot chiqishi 22,9% gacha, quritilgan mahsulot 32,6 s/ga bo’lib, umumiy 
daromad 4890000 so’mni, sof daromad 1760000 so’mni tashkil etib, rentabellik 
56,2% ga teng bo’lib, standart navga nisbatan 29,6% ga ko’p bo’lganligi aniqlandi. 
6.
Mayizbop navlarda eng yuqori ko’rsatkich Qora janjal navidan olinib, 
bunda sof daromad 985000 so’mni tashkil etib, standart navga nisbatan 826000 
so’mga ko’p bo’lgani, umumiy rentabelligi 30,1% ga teng bo’lib, standart navga 
nisbatan 24,2% ga yuqori bo’lganligi aniqlandi. 
7.
Bu mavzu qishloq xo`jalik kasb hunar kollejlarida Uzumchilik fanida 
o`tilib, reja asosida, ko`rgazmali materiallar, slaydalar, videokasetalar yordamida 
va pedagogik texnologiyalardan – bahs-munozarali, muammoli, tushunchalar 
tahlili metodlaridan foydalanib o`tilsa samarali bo`ladi. 


78 

Download 1,07 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi samarqand qishloq xo`jalik instituti «Meva sabzavotchilik va uzumchilik»

Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish