• Botir kishmish, So’g’diyona kishmishi Oq Xalili, Pushti toyfi, Oq xusayni, Charos, Kattaqo’rg’on, Oq vassarg’a.
  • Mazmuni Nav Seleksiya yo’li bilan yaratilgan, biologik, morfologik va xo’jalik belgilarni o’zida saqlovchi
  • Baxtiyoriy, Bayan Shirey, Rkasiteli, Alegote, Aleatiko, Saperavi, Muskatlar. Mayizbop navlar Oq kishmish, qora kishmish, Sultoni, Qora janjal
  • VI. HAYOT FAOLIYATI XAFSIZLIGI
  • va nasldan naslga beruvchi, madaniy ekinlar




    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/39
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,07 Mb.
    #262668
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
    Bog'liq
    Mayizbop uzum navlarinini yetishtirish texnologiyasi

    va nasldan naslga beruvchi, madaniy ekinlar 
    guruhi. 
     
    Vinobop, mayizbop, xo’raki. 
     
    Baxtiyoriy, Bayan Shirey, Rkasiteli, Alegote, 
    Aleatiko, Saperavi, Muskatlar. 
     
    Oq kishmish, qora kishmish, Sultoni, Qora janjal, 
    Botir kishmish, So’g’diyona kishmishi 
     
    Oq Xalili, Pushti toyfi, Oq xusayni, Charos, 
    Kattaqo’rg’on, Oq vassarg’a. 
     
     
     
     
     
     


    64 
    Tushunchalar tahlili 
    Tushuncha 
    Mazmuni 
    Nav
    Seleksiya yo’li bilan yaratilgan, biologik, 
    morfologik va xo’jalik belgilarni o’zida saqlovchi 
    va nasldan naslga beruvchi, madaniy ekinlar 
    guruhi. 
    Uzum navlari 
    Vinobop, mayizbop, xo’raki. 
    Vinobop navlar 
    Baxtiyoriy, Bayan Shirey, Rkasiteli, Alegote, 
    Aleatiko, Saperavi, Muskatlar. 
    Mayizbop navlar 
    Oq kishmish, qora kishmish, Sultoni, Qora janjal, 
    Botir kishmish, So’g’diyona kishmishi 
    Xo’raki navlar 
    Oq Xalili, Pushti toyfi, Oq xusayni, Charos, 
    Kattaqo’rg’on, Oq vassarg’a. 


    65 
    VI. HAYOT FAOLIYATI XAFSIZLIGI 
     
     
    Hozirgi kunda ilmiy texnik taraqqiyot mehnat sharoitiga, hayot xavfsizligiga 
    bir xilda ta’sir ko’rsatmaydi. Ular mehnatni yengillashtirish bilan qatorda, yuz 
    berishi mumkin bo’lgan shikastlanish va kasalliklar xavfini oshiradi. Bu birinchi 
    navbatda qishloq xo’jaligida murakkab va quvvatli texnikalarni, ishlab chiqarish 
    jarayonlarini ish tezligi oshirib borish, intensiv texnologiyani tadbiq etishni talab 
    etadi. Shu bilan bir qatorda yangi kimyoviy preparatlarni ishlab chiqarishga tadbiq 
    etilishini, ishchi organizmiga ruhiy zo’riqishning oshib ketishini hisobga oladi. 
    Muhimi ishlab chiqarishdagi xavfli omillardan insonni ishonchli himoyalashda 
    yangi vositalarni ishlab chiqarish va ularni hayotga tadbiq etish kerak bo’ladi. 
    Ilmiy tomondan asoslangan mehnat, dam olish tartibi va ta’sirchanlik zo’riqishlarni 
    kamaytirish borasida chora-tadbirlar ko’rish, ishchilarni kasbiga qarab aniq tanlov 
    o’tkazish, ularni kasb bo’yicha o’qitishni sifatli olib borishga katta e’tibor qaratish 
    shart, ishlab chiqarilayotgan texnikalarni xavfsizligi va mustahkamligini oshirish, 
    uni sanitariya-gigiyena va ergonomik ko’rsatkichlarini yuqoriga ko’tarish, 
    mashinalar ishlashini nazorat qilish va avtomatik boshqarish vositalarini ishlab 
    chiqish muhim bosqich bo’lib hisoblanadi. 
    Aynan bu sohada, ya’ni meva-sabzavot mahsulotilarini yetishtirishda yangi 
    xavfsiz va zararsiz texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, insonga va 
    tabiatga tiklab bo’lmaydigan zarar yetkazuvchi pestisidlarni boshqa preparatlar 
    bilan almashtirish, ishchilarni shaxsiy himoyalanish vositalari bilan ta’minlash, 
    issiq ovqat, tibbiy yordam ko’rsatishni yanada yaxshilash maqsad qilib qo’yilgan. 
    Hozirgi zamon qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi zamonaviy texnika bilan 
    jihozlanganligi, ya’ni uning texnika va texnologiyaning takomillashib turishi, 
    ishlab chiqarish jarayonining intensivlashuvi, programmalashtirish, hosilni yuqori 
    sifat darajasida topshirish bilan farq qiladi. Bunda ishlarning davriyliligi va 
    mavsumiyligi, foydalanilayotgan energiyaning turliligi (mexanik, issiqlik, elektr, 
    yorug’lik va boshqa), material va moddalar (qattiq, suyuq, gaz) ning turlichaligi 


    66 
    yig’ishtirilayotgan hosilning ob-havo va boshqa sabablarga bog’liqligini, mexnat 
    sharoitlarini me’yorlashtirishda hisobga olish kerak.
    Mehnat sharoitlarini yaxshilash ishlari, bir qancha omillarni hisobga olgan 
    holda tashkil etiladi. 
    Barcha ishlab chiqarish omillari quyidagilarga bo’linishi mumkin: 
    Tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, tabiiy-iqlim, iqtisodiy.
    Hozirgi zamon qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi zamonaviy texnika bilan 
    jihozlanganligi, 
    ishlab 
    chiqarish 
    jarayonining 
    intensivlashuvi, 
    programmalashtirish, hosilni yuqori sifat darajasida topshirish bilan farq qiladi. 
    Bunda, ishlarning davriyligi va mavsumiyligini foydalanilayotgan energiyaning 
    turliligini, material va moddalar (qattiq, suyuq, gazsimon) ning har xil ob-havo va 
    boshqa sabablarga bog’liqligini, mehnat sharoitlarini me’yorlashtirishda hisobga 
    olinadi. 
    Mehnat sharoitlarini yaxshilash bir qancha omillarni hisobga olgan holda 
    tashkil etiladi. Barcha ishlab chikarish omillari quyidagilarga bo’linadi. 
    Tashkiliy omil – korxonada qabul qilingan ish va dam olish tartibi, ishni 
    tashkil etish shakli va intizomi, ishchilarni maxsus kiyim, mehnat jarayoni ustidan 
    qilinadigan nazoratning holati, ishchilarning professional tayyorgarlik darajasi va 
    boshqalar. 
    Texnik 
    omil 
    ishlab 
    chiqarish 
    jarayonlarini 
    mexanizasiyalash 
    va 
    avtomatlashtirish darajasi, himoyalash vositalarining sozligi, yetarliligi xatarli 
    doiralarning himoyalanganligi va boshqalarni kiritish mumkin. 
    Sanitariya gigiyena omili - ish joylarning sanitariya holatiga javob berish 
    bermasligi. 
    Tabiiy-iqlim omillari-joyning geografik o’rni va metrologik hollari (dengiz 
    sathiga nisbatan balandligi, relyef, yog’ingarchilikning turi, harorat, namlik, 
    havoning ionliligini, atmosfera bosimi va boshqalar). 
    Iqtisodiy omillar - mehnatga haq to’lash va ishchi mehnatini rag’batlantirish, 
    muhofazasiga ajratilgan mablag’ning boshqa maqsadlarga sarflanishi, mehnat 


    67 
    muhofazasiga doir chora tadbirlarga ham haq ajratilganligi kabilarni kiritish 
    mumkin. 
    Mehnat gigiyenasi ishlab chiqarish muhitini va mehnat jarayonini, kishi 
    organizmiga ta’sirini o’rganadi va ularni sanitariya- gigiyena holatlarini yaxshilash 
    bo’yicha tavsiyanomalarni ishlab chiqadi, bularning hammasi ishchilarning 
    sog’ligini va ish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi. 
    Ishlab chiqarish sanitariyasi ishlab chiqarish korxonalari xududlarining 
    holatini yaxshi saqlash, sanitariya-obodonlashtirish ishlab chiqarish binolarini va 
    xonalarini, sanitariya - maishiy xonalar qurilmalari, shaxsiy saqlanish 
    vositalaridan foydalanish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi 
    zaharlanishlarni hamda kasb kasalliklarini oldini olish, mehnatni ilmiy tashkil 
    kilish va ishlab chiqarish estetikasi bilan bog’lik bo’lgan gigiyena chora tadbirlari 
    ishlab chikish masalalarini hal qiladi. 
    Shaxsiy gigiyena tushunchasiga kiradigan masalalar doirasi juda keng. 
    Shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarish faqat individual emas, ijtimoiy ahamiyatga 
    ham molik bo’ladi. Agar bir odam shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmasa, u 
    o’z oilasida ishlaydigan jamoasida yuqumli kasalliklarni tarqatilishiga sababchi 
    bo’lishi mumkin. 
    Sog’lom ish sharoitlarini yaratilishining negizida sanitariya meyorlari va 
    qoidalari yotadi. 
    Yordamchi binolar va xonalar uchun sanitariya talablari, sanitariya 
    himoyalanish doirasini me’yorlaydi, mikroiqlim parametrlari qiymatini havo 
    muhitini yoritilganlik darajasini, shovqinni, titrashni, nurlanishni, dam olish va 
    mehnat tartiblarini rejalashtiradi. Ko’rsatilgan meyorlar ishlab chiqarish muhit 
    parametrlarini mumkin bo’lgan ko’rsatkichlarini taminlashga asos bo’ladi. 
    Ipak qurtlari kasalliklarini davolash usullari deyarli yo’q. Shuning uchun 
    uning kasalliklari va zararkunandlariga qarshi kurash asosan profilaktik – oldini 
    olish va sanitariya gigiyena tadbirlarini o’z ichiga oladi. 


    68 
    Profilaktik kurash jarayonlariga qurt urug’ini tayyorlash, jonlantirish, boqish 
    va pilla tayyorlashda pillachilikga aloqasi bo’lgan jarayonlarga ipak qurti 
    kasalliklari va zararkunandalari paydo bo’lishining oldini olish tadbirlari kiradi.
    Sanitariya – gigiyena tadbirlariga ozodalik, sifatli oziq, shuningdek,
    qurtlarni oziqlantirish, parvarish qilish, urug’ni jonlantirish, pillalarni qabul qilish, 
    urug’ tayyorlash qoidalariga qat’iy amal qilish va tabiiy muhit sharoitlari kiradi. 
    Hozirgi vaqtda hamma kasaliklarni va zararkunandalarni tarqalishiga qarshi 
    kurash choralarining negizi ular paydo bo’lishining oldini olish chorasi – 
    dezinfeksiyadir. 
    Qurt boquvchilar va urug’ tayorlovchilarning boshi, poyafzallarini ozoda 
    tutilishi lozim. Dezinfeksiya uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalardan 
    foydalanilganda ehtiyotlik bilan ishlatish lozim.
    Ishni boshlashdan oldin hamma xodimlar qurilmalarni, uskunalar ishlatish 
    xavfsizligini va aniq zararsizlantiruvchi moddalar bilan ishlaydigan ishchilar 
    shaxsiy gigiyena qoidalari to’g’risida yo’l-yo’riqlar olishlari kerak. Shu ishlarni 
    bajaruvchi shaxslar himoyalovchi maxsus kiyimlar (xalatlar, fartuklar, rezina 
    etiklar, qo’lqoplar, ayrim hollarda ko’zoynak va gazniqob) bilan taminlanishlari 
    lozim. 
    Dezinfeksiyalovchi moddalar, kimyoviy zararlar va bakterial preparatlar 
    bilan ishlayotganda, chekish va ovqat yeyish qat’iy man etiladi. Ishdan keyin qo’l 
    va yuzni sovun bilan issiq suvda yuvish zarur, idish va boshqa vositalar 2 % li kir 
    sodasi aralashmasi bilan chayiladi. Ish vaqtida maxsus kiyilgan kiyimlar ishdan 
    keyin albatta, qoqib tashlanadi va shamollatib quritiladi. Ularni maxsus shkaflarda 
    saqlash maqsadga muvofiqdir. Dezinfeksiya ishlari bilan band bo’lgan shaxslar 
    doimiy ravishda (bir oyda bir marta) tabiiy ko’rikdan o’tishlari majburiydir. 

    Download 1,07 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    va nasldan naslga beruvchi, madaniy ekinlar

    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish