• KENG YO’L OChIB BERISH HISOBIDAN OLDINGA YURISHDIR” 15 yanvar 2016 yil Vazirlar Mahkamasining 2015 yakunlari va 2016 yilgi
  • VII. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM




    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/39
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,07 Mb.
    #262668
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
    Bog'liq
    Mayizbop uzum navlarinini yetishtirish texnologiyasi

    VII. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM 
    KARIMOVNING “BOSH MAQSADIMIZ –MAVJUD 
    QIYNCHILIKLARGA QARAMASDAN,OLIB BORAYOTGAN 
    ISLOHOTLARNI, IQTISODIYOTIMIZDA TARKIBIY 
    O’ZGARIShLARNIIZChIL DAVOM ETTIRISH, XUSUSIY 
    MULKCHILIK, KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKKA YANADA 
    KENG YO’L OChIB BERISH HISOBIDAN OLDINGA YURISHDIR” 15 
    yanvar 2016 yil Vazirlar Mahkamasining 2015 yakunlari va 2016 yilgi 
    iqtisodiy dasturning asosiy vazifalariga bag’ishlangan majlisidagi ma’ruzasi 
     
    O’tgan 
    2015-yil 
    bizning 
    maqsadimiz 
    bo’lmish 
    asosiy 
    vazifa 
    odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini taminlash va rivojlangan 
    demokratik davlatlar qatoridan o’rin egallash bo’yicha avvalo muhim islohotlarni 
    amalga oshirish yo’lida katta qadam bo’ldi, deb aytishga to’liq asoslarimiz bor. 
    Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirish tarmoqlarni modernizasiya 
    qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyixalarni amalga oshirish uchun 
    investisiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida etiborga 
    loyiq.2015-yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 
    15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investisiyalar jalb etildi va 
    o’zlashtirildi. Bu 2014 yilga nisbatan 9.5 foiz ko’p demakdir. Jami 
    investisiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig’i 
    xorijiy investisiyalar bo’lib, shuning 73 foizi to’g’ridn-to’g’ri chet el 
    investisiyalaridir. 
    Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida ham chuqur tarkibiy o’zgarishlar amalga 
    oshirilmoqda. 
    Murakkab 
    ob-havo 
    sharoitiga 
    qaramasdan, 
    fermer 
    va 
    dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli o’tgan yili mo’l hosil 
    yetishtirildi – 7 million 500 ming tonnadan ziyod g’alla, 3 million 350 ming 
    tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi. 
    Takidlash kerakki, bunday mo’l hosil asosan qishloq xo’jaligida ishlab 
    chiqarishni jadallashtirish, seleksiya ishlarini yaxshilash, g’o’za va boshoqli don 


    72 
    ekinlarining 
    rayonlashtirilgan 
    navlarini 
    joriy 
    qilish 
    zamonaviy 
    agrotexnologiyalarni o’zlashtirish evaziga taminlaydi. 
    Mamlakatimizda bug’doydan gektaridan o’rtacha 55 sentner hosil olingani, 
    ayrim tumanlarda bu ko’rsatkich 60-77 sentnerni tashkil etgani, hyech shubhasiz, 
    fermerlarimizning ulkan yutug’idir. 
    Shu bilan birga, qishloq xo’jaligining meva-sabzavotchilik, bog’dorchilik, 
    uzumchilik va chorvachilik kabi tarmoqlari ham jadal suratlarda rivojlandi. O’tgan 
    yili 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna 
    poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna 
    meva yetishtirildi. 
    Qishloq xo’jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, yetishtirilgan 
    mahsulotlarni saqlash infratuzilmasini rifojlantirishga ham alohida etibor 
    qaratilmoqda. O’tgan yili qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 ta 
    korxona, 77 ming 800 tonna sig’imga ega bo’lgan 114 ta yangi sovutish kamerasi 
    tashkil etildi va modernizasiya qilindi. Mamlakatimizda meva-sabzavotlarni 
    saqlashning umumiy quvvati 832 ming tonnaga yetkazildi. Bu esa, yil davomida 
    narxlarning mavsumiy keskin oshib ketishiga yo’l ko’ymasdan, axolini asosiy 
    turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz taminlash, ushbu mahsulotlari 
    eksport qilishni kengaytirish narx navo barqarorligini saqlash imkonini bermoqda. 
    Bularning barchasi fidoyi dehqon va fermerlarimiz, barcha qishloq xo’jaligi 
    xodimlarining mashaqatli va sharafli mehnati mahsulidir, desak, ayni haqiqatni 
    aytgan bo’lamiz. 
    Jahon moliyaviy –iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, 
    hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 
    hajmi 8 foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish montaj ishlari 
    hajmi salkam 18 foizga oshdi. 
    Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0.1 foiz profisit bilan 
    bajarildi. Inflyasiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, yani prognoz ko’rsatkichlari 
    doirasida bo’ldi. 


    73 
    Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo’lgan Jaxon iqtisodiy forumi 
    reytingiga ko’ra, O’zbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016- 
    2017 yillarda iqtisodiy o’sish prognozlari bo’yicha dunyodagi eng tez 
    rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga 
    manuniyat yetkazadi. 
    Bundan 
    tashqari 
    2015 
    yilda 
    mamlakatimiz 
    Birlashgan 
    Millatlar 
    Tashkilotining Oziq ovqat va qishloq xo’jalik tashkiloti (FAO) ga azo 
    davlatlarning oziq ovqat xavfsizligini taminlash sohasida Ming yillik rivojlanish 
    maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo’lgan 14 ta 
    davlatdan biri sifatida etirof etildi. 
    O’tgan yili bank tizimini yanada mustaxkamlash, banklarning kapitallashuv 
    darajasini oshirish va investisiyaviy faolligini kengaytirish taminlandi. Bank 
    tizimining jami kapitali 2014 yilga nisbatan 23,3 foiz ko’paytirib, 7 trillion 800 
    milliard so’mga yetdi. So’ngi 5 yilda mazkur ko’rsatkich 2,4 barobar o’sdi. Bank 
    tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy 
    qabul qilingan xalqaro standartlardan 3 marta bank likvidligi esa eng yuqori 
    ko’rsatkichlardan 2 marta ko’pdir. 
    Jahon miqyosida savdo sotiq ishlarining o’sish surati sezilarli darajada 
    sustlashgani eksport qilinadigan eng muhim tovarlarga nisbatan tashqi talabning 
    kamayishi va narxlarning pasayishiga qaramasdan, biz tashqi savdo aylanmasidan 
    ijobiy saldoga erishdik. Bu esa davlatimizning oltin valyuta zaxirasini oshirish 
    imkonini berdi. 
    2015 yilda mamlakatimizda 980 mingdan ortiq ish o’rni tashkil qilingan 
    bo’lsa shuning 60 foizdan ziyodi qishloq joylarda yaratildi. 
    Kollejlarning 480 mingdan ortiq bitiruvchisi ish bilan taminlandi. Tijorat 
    banklari tomonidan ularga o’z biznesini tashkil qilish uchun 280 milliard so’mga 
    yaqin imtiyozli kreditlar ajratildi va bu 2014 yilga nisbatan 1,3 barobar ko’pdir. 
    O’zbekiston Mustaqilligining birinchi kunlaridan boshlab jamiyatning 
    ijtimoiy tabaqalashuv darajasini kamaytirishga alohida etibor berilayotgani sodda 


    74 
    qilib aytganda o’ta boylar ham, o’ta kambag’allar ham bo’lmasin, degan tamoyilga 
    amal qilib kelinayotgani sizlarga yaxshi malum, albatta. 
    Yurtimizdagi 10 foiz taminlangan va 10 foiz yetarlicha taminlanmagan aholi 
    daromadlari o’rtasidagi farq, yani ―desil koeffisenti‖ deb nom olgan ko’rsatkich 
    barqaror pasayish tendensiyasiga ega bo’lib, bu raqam 2010 yildagi 8,5 foiz 
    o’rniga 2015 yilda 7,7 foizni tashkil etdi. 
    Daromadlar o’rtasidagi farqni ifoda etadigan yana bir xalqaro ko’rsatkich 
    jini indeksi mamlakatimizda 2010 yildagi 0,390 o’rniga 2015 yilda 0,280 ni tashkil 
    etdi va bu natija dunyoning ko’plab iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan 
    davlatlariga qaraganda ancha pastdir. 
    O’tgan yili talim tarbiya sohasini yanada isloh etish va takomillashtirish 
    masalasi ham diqqat markazimizda bo’ldi. Mamlakatimizda talim tarbiya sohasiga 
    har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki maxsulotga nisbatan 10 12 foizni 
    tashkil etmoqda. Bu YuNESKOning mamdakatni barqaror rivojlantirishni 
    taminlash uchun talimga yo’naltirilishi zarur bo’lgan investisiyalar miqdori 
    bo’yicha tegishli tavsiyalaridan yani 6 7 foizdan qariyb 2 barobar ko’pdir. 
    Oliy talim sohasida oliy uquv yurtlarining professor o’qituvchilarini 
    muntazam qayta tayyorlash bo’yicha mutlaqo yangi takomillashtirilgan tizim joriy 
    qilindi. 15 ta tayanch oliy uquv yurtida oliy talim muassasalari rahbarlari va 
    pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslari tashkil 
    etildi. Mazkur kurslarda oliy uquv yurtlarining 2 ming 700 ga yaqin o’qituvchisi 
    malaka oshirdi. 
    Mamlakatimizning 2016 yilga belgilab olingan marra va maqsadlari ijtimoiy 
    iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo’nalishlarini aniqlab olishda jahon 
    miqyosidagi hali beri davom etayotgan global inqiroz bilan bog’liq yuzaga 
    kelayotgan jiddiy muammolarni hisobga olmasligimiz mumkin emas, albatta. 
    2030 yilga borib mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 2 
    barobar oshirish vazifasini qo’yishimiz uchun bugun, hyech shubhasiz barcha 
    asoslarimiz bor. 


    75 
    Qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va tarkibiy 
    o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish yer va suv resurslaridan samarali 
    foydalanish 2016 yil va yaqin istiqbolga mo’ljallangan iqtisodiy dasturimizning 
    prinsipial muhim yo’nalishidir.
    Jahon bozorlarida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi sharoitda 
    iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini tubdan oshirish eksportga mahsulot 
    chiqaradigan korxonalarni qullab quvvatlashni kuchaytirish fermer xo’jaliklari, 
    kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatidagi 
    ishtirokini har tomonlama rag’batlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi.

    Download 1,07 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VII. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM

    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish