• Andijon qorasi
  • Qora janjal
  • O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi samarqand qishloq xo`jalik instituti «Meva sabzavotchilik va uzumchilik»




    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/39
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,07 Mb.
    #262668
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
    Bog'liq
    Mayizbop uzum navlarinini yetishtirish texnologiyasi

    Sultoni –
    bu nav mahalliy xo’raki va mayizbop nav bo’lib xalq seleksiyasi 
    asosida chiqarilgan. Uzum boshlari katta (750 g), konissimon shaklda, tig’iz, 
    g’ujumlari yirik, ovalsimon, sarg’ish, qahrabo rangda, o’ta pishganda jigar rangda 
    qo’ng’ir ranga kiradi. Po’sti yupqa, tiniq, och rangli, qora nuqtachalari va bir oz 
    mumsimon g’ubori bor; sentyabrni o’rtalarida pishadi. Ser et, ser suv, 
    karsillaydigan yoqimli, asal mazali bo’ladi. Uzum boshlari tig’iz va uzumlarining 
    po’sti yupqa bo’lganlagi sababali, ba’zan mevalari chirib ketishi ham mumkin. 
    Qandliligi 24%, kislotaliligi 3.3 l/g, saqlashga chidamli va ajoyib mayizbop nav. 
    Andijon qorasi
    (Qora uzum) yuqori sifatli mahsulot olinadagan mahalliy 
    xo’raki va mayizbop nav hisoblanadi. Uzum boshlari katta emas (200 g) silindir 
    yoki konus shakilda, g’ujumlari o’rtacha zich joylashgan, o’rtacha yoki yirik, 
    tuxumsimon yoki ovalsimon, qora rangda. Ta’mi oddiy xushxo’r, avgust oyida 
    pishadi. G’ujumlarini qandliligi 23-25%, kislotaliligi 5.7 l/g bo’ladi.
    Qora janjal –
    xalq seleksiyasi yo’li bilan chiqarilgan., juda qimmatli 
    xo’raki va mayizbop nav. Tupi kuchli o’sadi, barglari sariq rangda , tuksiz, 
    yaltiroq; Normal rivojlangan barglari esa to’q yashil rangda bo’ladi. Uzum boshlari 
    keng konussimon shaklda, o’rtacha tig’iz, ya’ni 300 g, ayrim uzum boshlari 1 kg 
    gacha yetadi. G’ujumlari yirik, qalin mumsimon, g’uborli, to’q qora rangda, ser 
    suv karsillaydigan xush ta’m bo’ladi. Po’sti yupqa, pishiq, sentyabrni boshlarida 
    pishadi. Qandliligi 23-25%, kislotaliligi 4-5 l/g bo’ladi. Hosildorligi yuqori 
    sovuqqa chidamsiz, qora rangda a’lo siqatli yirik mayiz bo’ladi. 


    36 
    Rizamat –
    bu navning uzum boshlari yirik chiroyli, a’lo sifatli mayizbop, 
    xo’rakibop yangi nav bo’lib, R.R.Shreder nomidagi inistitutning Samarqand 
    felialida chiqarilgan. Guli ikki jinsli, g’ujumi juda yerik, silindirsimon shaklda
    pushti rangda, eti tig’iz bo’ladi. Uzum boshlari katta, siyra, konussimon shaklda 
    o’rtacha muddatda pishadi. 

    Download 1,07 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi samarqand qishloq xo`jalik instituti «Meva sabzavotchilik va uzumchilik»

    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish