O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi samarqand qishloq xo`jalik instituti «Meva sabzavotchilik va uzumchilik»




Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/39
Sana11.06.2024
Hajmi1,07 Mb.
#262668
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
Mayizbop uzum navlarinini yetishtirish texnologiyasi

3-rasm. Qora janjal navi 


37 
2.7. Tajribada hosilli toklarni parvarishlash agrotexnikasi
 
Tok ko’chatlari o’tqazilgandan 5-yildan boshlab to’liq hosilga kiradi va endi 
yosh toklarga nisbatan o’tqaziladigan agrotexnologik tadbirlar boshqacha bo’ladi. 
Tokzorlarda tuproqqa ishlov berishdan asosiy maqsad tuproqda nam to’plash va 
uni tejab sarflashga, tuproqning aerasiya-havo hususiyatlari uchun sharoit 
yaratishga, begona o’tlarga qarshi kurashishga, o’g’it solish va toklarni qishlash 
uchun ko’mishdan iborat. Yerni ishlash tizimi: qator oralarini kuzda va bahorda 
ishlashni, chizellashni, bahor va yozgi kultivasiyani, yerni chuqur yumshatishni 
(qayta ag’darib haydashni), tuplar orasini chopish va yumshatishni o’z ichiga oladi. 
Tokzolar yerini kuzda haydash ishi toklarni qishga ko’mish bilan birga olib 
boriladi. Yer PRVN-2,5 markali pluglarda 25-30 sm chuqurlikda haydaladi. Toklar 
ko’mishdan oldin albatta kesiladi, ular qator bo’ylab yotqiziladi va o’g’it solinadi. 
Toklar qo’lda ko’miladigan bo’lsa tuproq avval PRVN-2,5 markali plug bilan 
tuproqni tashqariga ag’darib haydaladi. 
Ko’milmaydigan toklar qator orasi ichkariga ag’darib haydaladi, bahorda esa 
haydash o’rniga chizel bilan chuqur qilib yumshatiladi. Tok «voish» usulida 
so’rida o’stirilganda va qishda ko’milmaydigan, traktor bilan ishlash mumkin 
bo’lmagan tokzorlar ketmonda chopiladi. Tok yer tok holida o’stirilganda, qator 
orasiga traktor kirolmasa qo’lda ketmon bilan chopiladi. 
Yerni kuzda ishlash tuproqqa nam yaxshi kirishi uchun sharoit yaratishga, 
tuproqning kimyoviy va fizik xossalarini yaxshilashga, begona o’tlarni 
yo’qotishga, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishga imkon beradi.
Bahorda toklar ochilgandan so’ng qator oralari kultivasiya qilinadi yoki bir vaqtda 
sug’orish egatlari olib boronalash yo’li bilan tekislanadi. Qator oralariga traktor 
ko’p marta o’tishi, haydash vaqtida plug «tovoni» hosil bo’lishi, yer 
sug’orilgandan so’ng tuproqning balchiq bo’lib qolishi tufayli tuproq zichlanadi, 
pastki qatlamlariga nam va havo o’tishi qiyinlashadi. Shuning uchun, zichlangan 
qatlamni buzish maqsadida bahorgi ishlardan so’ng (aprelda) yer 25-30 sm 
chuqurlikda chizellanadi. 


38 
Yoz bo’yi qator oralari yumshoq va begona o’tlardan toza holda saqlanadi. 
Buning uchun tokning o’suv davrida uchastka maydoni PRVN-2,5 markali 
mashina yoki chizel yordamida 10-12 sm chuqurlikda uch-to’rt marta kultivasiya 
qilinadi. Yer toklar esa ikki-uch marta qo’lda ketmon bilan chopiladi. 
Hosilga kirgan tok qator oralari har uch-to’rt yilda bir marta 50-60 sm 
chuqurlikda yumщatiladi. Bu ish kuzda, uzum yig’ishtirib olingandan so’ng, yoki 
juda bo’lmaganda, tokni qishlash uchun ko’milgandan so’ng bajariladi. Ildiz tizimi 
ko’p qirqilib ketmasligi uchun qator oralari bittadan oralatib, masalan, bu yil juft 
qator oralari yumshatilsa, kelgusi yili tok qator oralari yumshatiladi. 
Yumshatish bilan bir vaqtda ildizning asosiy qismi o’rnashgan joyga o’g’it 
solinadi, bu ularning tiklanishini tezlashtiradi, ildizning so’ruvchi qismining 
o’sishini kuchaytiradi,ildizlarni yoshartiradi, natijada tokning hosildorligi ancha 
ortadi. 
Tok ekini ko’p yillik ekin bo’lgani uchun bir yerda uzoq muddat o’sadi va 
tuproqdan ko’p miqdorda oziq moddalarni o’zlashtirib oladi. R.R.Shreder 
nomidagi BUV IIB da olib borilgan tajribalarga asoslanib, shu narsa aniqlandiki 
gektaridan 200-300 s hosil olinganda bir yillik o’sish va olingan hosil hisobiga tok 
yerdan: 89-102 kg azot, 40-50 kg fosfor va 200-300 kg kaliy oladi. Tok oziq 
moddalarning asosiy qismini gullay boshlagandan to mevasi pisha boshlaguncha 
talab qiladi. 
Shunga ko’ra, tok har xil o’g’itga talabchan bo’ladi, o’g’it solinganda 40% 
qo’shimcha hosil beradi, mevasining sifati yaxshilanadi. 
zbekiston sharoitida hosilga kirgan toklar uchun yillik o’g’itlar normasi 
quydagicha: azot-120, fosfor-90, kaliy-50-60 kg gektarga ta’sir etguvchi modda 
hisobida belgilangan. Har 2-3 yilda bir marta gektariga 20-40 tonnagacha organik 
o’g’itlar ham berish tavsiya etiladi. 
O’g’it solish normasini to’g’ri xal etish uchun har bir xo’jalik o’z 
maydonining tuproq xaritasiga ega bo’lishi va vaqti-vaqti bilan tuproqni analiz 
(tahlil) qilib turishi kerak. Hosil mo’l bo’lgan sari solinadigan o’g’it miqdori ham 
oshiriladi.


39 
Tok o’suvi davri boshlarida oziq moddalarga juda talabchan bo’ladi. 
Shuning uchun fosforli, kaliyli o’g’itlar va azotli o’g’itlarning 25% kuzda, azotli 
o’g’itlarning qolgan qismi-erta bahorda kurtaklar yozilguncha qadar solinadi. Agar 
fosforli va kaliyli o’g’itlar kuzda solinmagan bo’lsa, ular baqorda azotli o’g’itlar 
bilan bir vaqtda solinadi. Azot yuvilib ketmasligi uchun kuzda ammoniy shaklida 
solinadi. U toklarni kuzgi-qishki o’sishi va ildizlarning faoliyati uchun zarur. 
Kuzda azot solingandan keyin sug’orilmaydi. 
Tok ekini mikro o’g’itlarga ham talabchan. Bir yerda ko’p yil o’sgani uchun 
tuproqdagi mikro elementlar miqdori ham kamayib ketadi. Mikro o’g’itlarni 
mineral o’g’itlar bilan birga eritmasini tayyorlab bargi orqali qo’shimcha 
oziqlantirish ham mumkin.
Tuproq ikki-uch yilda bir marta chuqur 50-60 sm ishlanib o’g’it berilsa 
ahamiyati katta bo’ladi.
Tokchilikda o’stiruvchi moddalarni qo’llash ham katta ahamiyatga ega. 
Masalan, auksin va geteroauksin singari moddalarni past konsentrasiyali eritmasini 
tok qalamchalariga ishlatib, ularni tez tomir (ilk orttirish mumkin). Urug’siz 
navlarda esa bir paytlar gibberelin moddasini urug’siz kishmish navlarga qo’llab 
hosildorlik 30% gacha oshirilgan. Lekin, urug’siz navlardan mayiz chiqishi 
pasayganligi tufayli bu ishlab chiqarishda kam qo’llaniladi. 
Tok ekini biologiyasiga ko’ra qurg’oqchilika chidamli ekin. Chunki uning 
ildiz tizimi baquvvat rivojlanganligi, so’rish kuchi kattaligi va yashash sharoitiga 
qarab o’zining anatomik-fiziologik tuzilishini qayta qura olishdir. 
O’zbekiston sharoitida tokning normal o’sishi va ko’p hosil berishi uchun 
uni suv bilan yetarli ta’minlash yanada katta ahamiyatga ega. Yozda barglar satxi 
katta va hosil mo’l bo’lganda, bug’lanish, oziq moddalarning xarakatlanishi va 
sovish uchun ko’p suv sarflanadi. Tok o’suv davrida suv bilan yetarli darajada 
ta’minlansa, fizologik namligi ortadi, novda va mevalarning o’sishi, assimilyasiya 
kuchayadi, hosil ko’payadi va uning sifati yaxshilanadi. Tok tuproqda suv ko’p-oz 
bo’lishidan juda ta’sirlanadi. Tuproqda suvning ortib ketishi ham, yetishmasligi 
ham tok ko’chatlarining rivojlanishiga va hosil berishiga salbiy ta’sir qiladi. Bir 


40 
gektar yerdagi Oq kishmish nav tokdan gektariga 250 hosil olinganda, o’suv 
davrida barglar sarflagan suv miqdori, taxminan 11 000 m3 bo’lgan.
Tokning suvga bo’lgan talabi uning naviga, ko’chatning yoshi, hosiliga 
qarab turlichadir. Tokning yaxshi o’sishi va hosilga kirishi uchun yerdagi yog’in-
sochindan to’planadigan suv miqdori yetarli bo’lmaydi. Bunday hollarda 
tokzorlarni sug’orish ancha foyda beradi. Sug’orish orqali tuproq namligini tatibga 
solish, ma’lum davrlarda uni oshirish mumkin. 
Yillik yog’in miqdori 450-600 mm ga yetganda tog’ etagi va tog’li 
hududlarda sug’orilmaydigan baxorikor tok navlarini ekish mumkin. Daryo 
qayirlarining sizot suvlari 2-4 m chuqurda bo’lgan quyi terrasalarida joylashgan 
tokzorlarda toklarning ildiz sistemasi baquvvat bo’lib, asosan gorizontal xolda 4 m 
gacha tarqaladi.Tok ko’chatlari 3-4 yoshligidanoq o’suv davrida sug’orishni ko’p 
talab qilmaydi, faqat qishda nam to’plash uchun sug’oriladi. 
Tokzorlar har xil maqsadlarda sug’oriladi: 
sho’r yuvish uchun sug’oriladi; 
tuproqqa nam to’plash uchun sug’orish (chilla suvi berish), qish oylarida; 
sovuqqa qarshi kurashish maqsadida sug’orish; 
o’simlik atrofidagi mikroiqlimni yaxshilash uchun sug’orish; 
tok tupining yaxshi o’sishi, yuqori va sifatli hosil berishi uchun sug’orish; 
Toklar har xil usulda sug’oriladi: 
yuza, yer betidan oqizib sug’orish; 
yer ustki yomg’irlatib sug’orish; 
yer ostidan sug’orish, bunda suv tok ekilgan yerga quvurlardan oqib boradi. 
Hozirgi vaqtda yer betidan har xil usullarda sug’orish qo’llanilmoqda. 
Hozirgi kunda O’zbekistonda tokzorlar asosan egatlar orqali oqizib 
sug’oriladi. Bu usul eng qulay hisoblanadi va tokchilik hududlarida keng 
qo’llaniladi. Sug’orish egatlarining chuqurligi 15-25 sm atrofida, ust tomonining 
kengligi 25-40 sm bo’lishi lozim; kam nishab bo’lgan maydonlarda egatlar 
chuqurligi 20-25 sm qilinadi, nishablik katta bo’lganda esa 15-20 sm chuqurlikda 
olinadi. 


41 
Hosilga kirgan toklar o’suv davri mobaynida ko’pchilik joylarda to’rt-olti 
marta: birinchi tok ochilgandan keyin-aprelda; ikkinchi marta- mayning birinchi 
yarmida, uchinchi marta-iyunda, to’rtinchi-beshinchi marta-iyulda, oltinchi marta-
avgustda sug’oriladi. 
Shag’alli va qumoq tuproqlarda 8-10 martagacha sug’oriladi. O’suv davri 
mobaynida har oyda 2 marta sentyabrgacha. 
Sug’orish normasi qumoq tuproqlarda 400-450 m3 ga, og’ir tuproqli 
yerlarda 550-600 m3/ga. 
Toklar vertikal simbag’azlarda o’stirilsa tok tuplari ikki tomondan, 
kundasiga nisbatan 0,5 m qoldirilib, har 1 m da bitta egat olinib sug’oriladi. 
O’zbekistonda uzum hosilining ko’p qismi tok kasalliklaridan nobud bo’ladi. 
Ayniqsa oidium (un shudring) va dog’li antraknoz kasalliklari ko’p zarar 
yetkazadi. Ba’zi xo’jaliklarda ob-havo sharoiti noqulay kelgan yillari bu 
kasalliklardan uzum hosilining 50% gachasi nobud bo’ladi. Serkosporioz (yashil 
mog’or), bakterial rak va boshqa kasalliklardan toklar kamroq zaralanadi. 
Oidium kasalligi Shimoliy Amerikadan kelib chiqqan kasallik bo’lib xozirda 
hamma mamlakatlarda uchraydi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra 1914 yilda Toshkent 
va Farg’ona viloyatlari hududidagi tokzorlar hosilining 50% ni nobud bo’lgani 
xaqida ma’lumotlar bor. 1929 yilda Samarqand viloyatida ham ancha tarqalgan. 
Oidium kasalligi bilan kasallangan tokning novdalari, barglari, uzum boshi va 
boshqa ko’k qismlarining ustini qoramtir g’uborga aylanadigan unshudring 
qoplaydi. Bu kasallik bilan zararlangan uzum yeyilmaydi. Bu kasallik bilan 
O’zbekistonda rayonlashgan quyidagi uzum navlari kuchli zararlanadi; Oq xusayn, 
Chillaki, Kattaqo’rg’on, Qora kishmish, Charos, Bayan Shirey, Morastel navlari 
esa kamroq zararlanadi. Hozirgi kunda xo’raki navlardan Qorajanjal va Pushti toyfi 
navlari chidamli deb hisoblanmoqda. 
Tokning oidium kasalligiga qarshi quyidagi preparatlarni qo’llash tavsiya 
etiladi: Vektra 0,3 10% s.k. kurtak chiqarguncha, gullashgacha: Impakt 0,1-0,15 
25% s.k. gullashgacha va guldan so’ng: Baleyton 1,15-0,3 25% s.p. o’suv davrida 
Topaz 0,2-0,25 10% k.e. o’suv davrida; Sera (oltingugurt poroshogi) 80%-9,0-


42 
12,0-o’suv davrida; Topsin-M 70% s.p.-1,0 kurtak chiqarguncha va gullashgacha 
Fundazol 50% s.p. 1,6 o’suv davrida. 
Tokning antraknoz kasalligiga qarshi esa quyidagi preparatlar tavsiya etiladi: 
Bordos suyuqligi 10,0-15,0 mis kuporosi bilan, o’suv davrida: Temir kuporosi 
53% r.p.-30,0-40,0-kurtak chiqarguncha qadar-2-3% preparat eritmasi ishlatiladi, 
ISO-0,5-1,0° o’suv davrida; Xlorokis mis 90% s.p.-6,0 o’suv davrida qo’llaniladi. 
Tokka xashoratlardan barg o’rovchisi, kanalar katta zarar yetkazadi. 
Xashoratlarga qarshi agrotexnika tadbirlarini sifatli o’tkazilishi hamda Nitrofen, 
Fozolon. Gardon va Sumesidin preparatlarini qo’llash tavsiya etiladi. 


43 

Download 1,07 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi samarqand qishloq xo`jalik instituti «Meva sabzavotchilik va uzumchilik»

Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish