31
Shtabel –
bu usulda asosan
oq rangli uzumlar quritilib, oltingugurt bilan
dudlanadi. Oltingugurt bilan dudlashdan oldin xuddi objushdagidek ishqorli
eritmaga botirib olinib, maxsus patnislarga yoyilib
dudlash xonalariga terilib
qo’yilishi lozim (12-20 qatordan). Dudlashda uzumni ranglariga qarab, boshqa
boshqa joylashtirilsa, sarflanadigan oltingugurt miqdorini to’g’ri
belgilash
yengillashadi. Bu usulda quritidganda, objush usuliga nisbatan 2-3% ko’roq
mahsulot olinadi. Dudlangan uzum tarkibidagi qand miqdori to’liq saqlanib
qolishdan tashqari, sulfot angidridning antiseptik ta’siri
tufayli mikroorganizmlar
yo’q qilinadi.
Oq uzumlarga 1-1.5 soat, pushti uzumlarga 30-40 minut har kg hisobiga 0,6-
0,8 g Oltingugurt tutatilishi lozim. Dudlash paytida tepadagi patnis ustiga bo’sh
patnis yopib qo’yiladi, ayni vaqtda pastdagi patnislar ustiga olinadi, ustidagilari
pastga qo’yiladi. Quritish 2-4 hafta quritish davomida 28-30% kishmish, 26-27%
mayiz olinishi mumkin. Mayizning qanddorligi 62-68%, namligi 17-18% atrofida
bo’lishi lozim.