25
Tajriba dlasining tuprog’i och tusli bo’z tuproq, mexanik tarkibi bo’yicha
yengil, qumoq tuproqli, sho’rlanmagan tuproq, 0-35 sm gorizontda gumusning
mavjudligi uncha katta emas (0,8-1,0%), azot 0,04-0,08%, fosfor 0,12-0,20%,
kaliy 0,90-1,04%, bor 0,05-0,09 mg/kg, marganes 52.0-59.1 mg/kg, kobalt 0,2
mg/kg, mis 0,5-1.15 mg/kg miqdorda mavjud. Sug’oriladigan
davrlarda
nitratlarning tuproq ustki gorizontlariga chiqish hollari uchraydi,
bu tuproq
unimdorligini kamayishiga olib keladi. Shu sababli yuqori hosildorlikka erishish
uchun tuproqqa azotli o’g’itlar solish maqsadga muofiqdir.
Tajriba maydonlarining qumloq bo’z tuproqlari
suvni yetarlicha ushlab
turish qobiliyatiga ega. Tajriba maydoni sharoitida o’rtacha namni ushlab qolishi 1
m qatlamda 22%, tuproqning og’irligiga nisbatan 32% ni tashkil qiladi.
Maksimal gigroskopligi 4-5%, tuproqning namligiga nisbatan eng qulay
gigroskopik dala nam sig’imiga nisbatan (DNS) 65-75% ni tashkil qiladi.