15
quritilgan mahsulot o’zining bejirim v achiroyliligi bilan mevasining bir xil va
shirinligi bilan, ajralib turadi. Yangi yaratilgan navlardan olinadigan quruq
mahsulot 24 dan 27% gacha boradi, ayrimlari standart navlar ko’rsatkichidan (22-
25%) quritilgan mahsulot olish uchun yetarli emasdir (I.Mavlyanov, S.F.Fayziyev,
1981).
X.X.Habikariyev, K.A.Po’latov (1981) larning takidlashicha, tajribalar shuni
ko’rsatdiki, Oq kishmish tarkibida mavjud 25-26% qand miqdorini atigi 1% ga
ko’paytirar ekan. Shu bilan birgalikda oftobi usulida quritilganda Oq kishmish
mevasi tarkibidagi qand miqdori 2.83-10,73% gacha, turli eritmalarda berilganda
esa 0,38-0,49% qand miqdorini kamayishi kuzatilgan. Bundan ko’rinib turibdiki,
quritish usuli ham mahsulot tarkibidagi qand miqdorini kamayishiga sabab bo’ladi.
V.I.Ivachenko (1991) ma’lumotlariga ko’ra uzum donalarining namlik
miqdorini kamayishi asosan meva po’stining tuzilishi, shingilning zichligidan
kimyoviy tarkibidan, meva donalarini turli xil patogen mikroorganizmlar bilan
zararlanishi natijasidan ro’y beradi. Meva tarkibidagi namlikning kamayishi
ko’pincha po’sti yupqa va seretnavlarga xosdir.
Z.V.Korobkina va A.I.Kocharova (1977) larning takidlashicha, uzum
mevalarini qanchalik po’sti qalin bo’lsa uning tarkibida polorinol miqdori ham
ko’p bo’lib, patogen mikroorganizmlar bilan zararlanishi ham kam bo’ladi.