• O’ZGARISHLARNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH, XUSUSIY MULKCHILIK, KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKKA YANADA
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………….…78 ILOVALAR (Internet ma’lumotlari)………………………………………..…82
  • O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi samarqand qishloq xo`jalik instituti «Meva sabzavotchilik va uzumchilik»




    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/39
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,07 Mb.
    #262668
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
    Bog'liq
    Mayizbop uzum navlarinini yetishtirish texnologiyasi

    O’ZBEKISTON 
    RESPUBLIKASI 
    PREZIDENTI 
    ISLOM 
    KARIMOVNING 
    “BOSH 
    MAQSADIMIZ 
    – 
    MAVJUD 
    QIYNCHILIKLARGA 
    QARAMASDAN, 
    OLIB 
    BORAYOTGAN 
    ISLOHOTLARNI, 
    IQTISODIYOTIMIZDA 
    TARKIBIY 
    O’ZGARISHLARNI 
    IZCHIL 
    DAVOM 
    ETTIRISH, 
    XUSUSIY 
    MULKCHILIK, KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKKA YANADA 
    KENG YO’L OCHIB BERISH HISOBIDAN OLDINGA YURISHDIR” 15 
    yanvar 2016 yil Vazirlar Mahkamasining 2015 yakunlari va 2016 yilgi 
    iqtisodiy dasturning asosiy vazifalariga bag’ishlangan majlisidagi 
    ma’ruzasi................................................................................................................71 
    XULOSALAR……………………………………………………………………76 
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………….…78 
    ILOVALAR (Internet ma’lumotlari)………………………………………..…82 



    KIRISH 
     
    Recpublikamizda bugungi kunda qishloq xo’jaligining iqtisodiyotimizdagi 
    o’rni juda kattadir. Hozirgi kunda agrar tarmoq yalpi ichkimahsulotni to’rtdan bir 
    qismini ishlab chiqarmoqda. Qishloq xo’jalik mahsulotlari valyuta tushumlarini 
    55% dan ortiqrog’ini ta’millaydigan muhim eksport manbaalaridan biri 
    hisoblanadi. 
    Prezdentimiz I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini X-
    sessiyasida so’zlagan nutqida qishloq xo’jaligida bozor islohatlarinikeskin 
    chuqurlashtirish muammosini yechish masalasini ham kiritgan. 
    Muxtaram yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, 2015 yilda qishloq xo’jaligining 
    meva-sabzavotchilik, bog’dorchilik, uzumchilik va chorvachilik kabi tarmoqlari 
    ham jadal suratlarda rivojlandi. Bu yili 12 million 592 ming tonna sabzavot va 
    kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna 
    uzum, 2 million 731 ming tonna meva yetishtirildi. 
    Prezidentimizning 2016 yil 12 aprelda qabul qilingan ―Meva-sabzavot, 
    kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini 
    takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risidagi‖ gi qaroriga asosan xo’l meva-
    sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni saqlash, transportirovka qilish 
    hamda sotishda tabiiy yo’qotishlarni normativlarini ishlab chiqishga katta e’tibor 
    qaratilgan.
    Mustaqillikni dastlabgi yillarida qabul qilngan ―Yer to’g’risida‖ gi, 
    ―Kooperasiya to’g’risida‖ gi, va boshqa bir qator qonun va xujjatlar O’zbekiston 
    Respublikasi prezdentining farmonlari hamda hukumat qarorlari qishloqda yangi 
    huquqiy munosabatlarni joriy etish, tadbirkorlikni fermer va shaxsiy tomarqa 
    xo’jaliklarini rivojlantirish imkonini yaratdi. 
    Hozirgi kunda qishloq xo’jaligini rivojlantirish va mustahkamlash, 
    keyinchalik qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini yanada 
    o’stirish bilan mustahkam tarzda bog’liqdir. Ichki ehtiyoj juda katta, mahsulotlarni 
    qayta ishlash, quritish va saqlashda o’z an’analariga ega bo’lgan, Respublikamizda 



    mevani atigi 67% gina, qayta ishlayotgani bizni qoniqtirmaydi deb ta’kidlaydi 
    yurtboshimiz. 
    Respublikamizda uzumchilik qishloq xo’jalgini asosiy tarmoqlardan biri 
    hisoblanadi. 
    Tok o’simligi va uning mahsulotlari boshqa ko’p ko’p yillik o’simliklar 
    ichida alohida o’rin tutadi. Respublikamizni tabiiy iqlim sharoitlari bu yerda 
    uzumni haxil muddatlarda pishishiga imkoniyat yaratadi. 
    Mamlakatimiz mustaqillika erishgandan keyin aholini xo’l meva va qayta 
    ishlash sanoatinixom ashyo bilan, ta’minlash uzumchilik sohasi oldtdagi eng 
    muhim vazifalardan biridir. 
    Uzumdan yuqori kalloriyali har xil mahsulotlar tayyorlanadi. Masalan: 
    sharbat, kishmish, mayiz, vino, shinni va boshqa mahsulotlar tayyorlanmoqda. 
    Uzum mevasi tarkibida inson organizmi uchun zarur bo’lgan har xil oganik 
    kislotalar. Vitaminlar mikro va makro elimentlar mavjud. Uning tarkibida -0,5 -
    0,9% oqsil, -0,3 -1,0% pektin, 0,3-0,5% har xil mineral tuzlar kalsiy, natriy, temir, 
    kaliy, mis, fosfor, kobalt va boshqalar bor. Ulardan tashqari uzum mevasida 
    vitamin A vitamin B, B
    2
    , C
    1
    va boshqa vitaminlar mavjud. 
    Uzumdan har xil maqsadlar uchun foydalanilib, yangiligida istmol qilinadi, 
    tashishga chidamliligi va sovutgichlarda hamda maxsus omborlarda uzoq 
    saqlanishi tufayli kelgusi yilning may oyigacha ham saqlanadi. Uzum oziq-ovqat 
    va vino sanoati uchun juda yaxshi xom ashyodir. Yangi uzumdan murabbo, 
    kompot, marinadlar tayyorlanadi. Uzum suvi – tegishlicha tayyorlanganda eng 
    yaxshi to’yimli parhyez va shifobaxsh mahsulot sifatida ko’p oylar davomida 
    saqlanishi mumkin.uning suvidan qaaynatish yoki sovuqda konsentrasiyalash yo’li 
    bilan uzum asali va tarkibida 60-75% gacha shakar bo’lgan mahsulotlar olinadi. 
    Bulardan tashqari, uning mevalaridan quritilgan qimmatboho mahsulotlar: urug’li 
    xo’rakinavlaridan mayiz, urug’siz nalaridan kishmish olinadi. Kalloriyasi yuqori 
    bo’lganligi, uzoq saqlanishi tufayli mayiz konditer va kulinariya sanoatida 
    ishlatiladigan qimmatbaho xom ashyoga aylangan. Uzumdan har xil vinolar, 
    shampan vinosi, konyaklar uzum sirkasi tayyorlanadi, spirt, vino kislota har xil 



    bo’yoqlar olinadi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda Germaniya, Polsha, Italiya, 
    Malayziya, Yaponiya kabi mamlakatlarga turli meva va sabzavot konservalari, 
    pomidor pastasi, mayiz, turli xil qoqilar eksport qilinadi. Har yili 1450 tonna 
    quritilgan meva chetga chiqariladi. 
    Uzumning ta’m sifatlarini yuqori bo’lishi unga bo’lgan talabning kundan 
    kunga ortib borishi, bu tarmoqning rivojlanishiga katta istiqbollar ochib beradi. 
    2014 yilda hosildorlikni oshirish hisobiga yalpi hosil miqdorini fermer 
    xo’jaliklarida 
    590 
    ming 
    tonnaga 
    yetkazish 
    ko’zda 
    tutilgan. 
    ―O’zmevasabzavotuzumsanoat‖ xolding kompaniyasi xo’jaliklarida 87 ming 
    tonnaga yetkazish mo’ljallangan. 
    Hozirgi vaqtda Respublikamizda 150000 gektardan ortiq yerlarda tokzorlar 
    maydoni tashkil etilgan, hosildorlikni oshirish va tokzorlar maydonini kengaytirish 
    uzum mahsulotlarini ko’paytirish asosiy yo’li hisoblanadi. Ishlb chiqarishda 
    uzumni har xil maqsadli navlari, xo’l holda iste’mol qilish, kishmish, mayiz ya’ni 
    quritish, vino tayyorlash uchun va uzoq muddatga saqlashga mo’ljallangan uzum 
    navlari yetishtirilib kelinmoqda.
    O’zbekiston qishloq xo’jaligida meva – uzumlar yetishtirish eng qadimgi 
    oziq ovqat hamda sanoat xom ashyosini beradigan asosiy tarmoq qatoriga kiradi. 
    Asrlar davomida xalq seleksiyasi asosida tokning har xil navlari yaratilgan. 
    Ularning ko’plari sifati jihatidan dunyo koleksiyalarida o’zining takrorlanmas 
    o’riga ega. Qadimda bog’i bo’lgan xonadonlar bahorda bog’iga, kuzda yeg’im 
    terimni tamomlab yana shahar (qishloq0 hovlisiga ko’chib yashagan. Yetishtirilgan 
    mavalar xo’lligida iste’mol qilingan lekin qoqi va mayiz qilish asosiy o’rinda 
    turgan. Mayiz, turshak, jiyda, shaftoli, olma qoqilar aholi uchun asrlar davomida 
    qand shakarinang o’rnini bosib kelgan.
    Hozirgi paytda Respublikamizda uzumni har xil usullar bilan quritiladi. 
    Masalan: soyaki, oftobi, objo’sh, shtabel va boshqa usullar keng qo’llanilib yuqori 
    sifatli jahon andozasiga to’g’ri keladigan mahsulotlar olinmoqda. Ishlab 
    chiqarishda ham kishmish va mayiz tayyorlash mo’ljallangan navlar ekilmoqda. 
    Shuningdek keyingi yillarda chetdan keltirilgan va Respublikamiz ilmiy tatqiqot 



    institutlarida yaratilga navlar paydo bo’ldi. Bu navlarni har tomonlama o’rganish, 
    yuqori sifatli mahsulot beradigan kishmishbop va mayizbop navlari majmuasini 
    boyitish zarurdir.
    Mazkur bitiruv malakaviy ishi uzumni mayizbop navlarini xo’jalik biologik 
    xususiyatlarini o’rganish va ularni quritish texnologiyasi bo’lib, mayiz tayyorlash 
    uchun eng istiqbolli navlarni, yuqori sifatli mahsulot beradigan tannarxi past, 
    serhosil navlarni ajratib olish va ishlab chiqarishga tadbiq etishga bag’ishlangan. 




    Download 1,07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi samarqand qishloq xo`jalik instituti «Meva sabzavotchilik va uzumchilik»

    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish