1.2. Uzumning mayizbop navlariga quyiladigan talablar
Uzumni quritish Respublikamiz uzumchiligini bir yo’nalishi bshlib, maxsus
yondashuv va texnalogik ta’minotni talab etadi. Uzum navlarini ishlatilishiga qarab
yangiligicha iste’mol qilinadigan, quritish uchun mo’ljallangan va alohida yirik
donli xo’raki navlarga ajratiladi. Ma’lumotlarga ko’ra, uzumzorlar dunyo bo’yicha
8.02 mln ga, uzum yetishtirish esa 67.8 s/ga ni tashkil etadi.
Uzumning mayizbop navlarini yetishtiruvchi davlatlar qatoriga Italiya 15.1
ming tonna, Turkiya 9.2 ming tonna, AQSH 9.0 ming tonna, Chili 7.6 ming tonna
Braziliya 3.5 ming tonna, Impaniya 3.1 ming tonna yiliga uzum tishtiradi.
(Arinushkina L.V. 1996)
Uzum
yetishtirish
o’z navbatida qator texnalogik jarayonlarni
mujassamlashtirgan. Uzum iste’molchilarga yangiligicha va quritilgan holda
yetishtirib beriladi. Shu bilan mahsulotga quyiladigan bir qator talablarga (tashqi
ko’rinishi, katta kichikligi, pishish davri, ta’m sifatlari, qand miqdrlari) javob
berishni ta’minlaydi. Bundan tashqari ushbu texnalogik jarayonlar kishmish va
11
uzum navlarini biologik xususiyatlarini, kasallik va zararkunandalarga
chidamliligini , sovuqqa chidamliligini oshirishni ta’minlaydi.
S.Yu.Djenev, K.V.Smirnov (1992) larning fikrlarga ko’ra aholini yangi va
quritilgan kishmish va mayiz mahsulotlari bilan oziq ovqat va loyihalash inistituti
belgilagan miqdorda ta’minlash muhim ahamiyatga ega. O’z navbatida kishmish
va mayiz nav tokzorlar maydonini kengayishni, yangi navlarni yaratishni,
hosildorlikni ko’tarish va quritilgan mahsulotlar bilan maksimal muddat ichida
aholini ham yangi holda quritilgan holdagi mahsulot bilan ta’minlashni taqazo
etadi. Bu esa navbatida ekalogik sof mahsulot olish va quritish uchun
mo’ljallangan yangi kishmish navlarini yaratishni talab etadi.
Kishmish va mayiz uzumchiligida maxsus agrotexnikani joriy etish
muhimdir. Sifatli va yaxshi ta’mga ega bo’lgan uzum donalarini shaklanishiga,
quritish uchun yaroqliligini yuqqori sifatli mevalarni yetishtirshni ta’minlaydi
(Djeneyev S.Yu., 1991, Abdullayev M.I., 1991, Smirnov K.V., 1992).
Kishmish
nav
uzumlari
texnik
navlarga
tuproq
unumdorligiga,
sug’orishlarga juda ta’sirchan, sovuo’larga ancha chidamli bo’lib, mahsulotni tovar
ishlov berishga talabchandir. Bu esa o’z nabatida qo’shimcha mexnat sarfini talab
etadi.
Kishmish va mayiz uzumchiligining tabiiy va ekalogik sharoiti qulay
bo’lgan tuman va xo’jaliklarda tashkil etish lozim, shu bilan birga temir yo’l
stansiyasi, aeraport katta yo’llarga yaqin joylashtirish muhim ahamiyatga ega.
Negaki yaxshilab tovar xolatiga keltirilgan mahsulotlarning yirik sanoat
markazlariga yoki bozorlarga yetkazib berishga ancha qulayliklar yaratadi.
Mayizbop uzum navlarini yetishtirishning samaradorligi uni yetishtirishda joyni
to’g’ri tanlashga bog’liq.
S.Yu.Djenev (1986) ma’lumotlarga ko’ra mayizbop uzum navlarini
rivojlantirishning shunday shakllanishini ta’kidlash kerakki, mayiz yetishtirishga
moslashtirilgan yirik xo’jaliklar va jamoalar tanlanishi lozim. Bu xo’jaliklar o’z
navbatida maxsus moslashtirilgan transport parki, quritish maydonchasi,
mahsulotni yoz davrida saqlash uchun sovutgich omborxonalarni tashkil etish,
12
mahsulotni joylashtirish uchun kerak bo’ladigan idishlarni tayyorlab beruvchi,
ishlab chiqarish quvvati yuqori bo’lgan koxonalar va mahsulotni tashish uchun
markaziy yo’llarga yaqin joylashgan, ayrim hollarda esa kichik bo’lsa ham uchish
yo’lagiga yaqin joylashgan bo’lishi lozim.
Uzumdan yuqori hosil olishning asosiy sharti navni to’g’ri tanlashdir. Har
bir navning ijobiy xususiyatlari namoyon bo’lishi uchun ma’lum bir shartlar va
yetishtirish texnalogiyasi mavjud bo’lishi kerak (A.A.Ribakov, 1975).
N.A.Rikov (19860 fikriga ko’ra uzumchilikda istiqbolli navlarni
yetishmasligi ayrim ilmiy - tatqiqot tashkilotlarini uzum seleksiyasiga befarqligi va
bu sohada izlanishlar deyarli olib borilayotganligi sabab bo’lmoqda.
S.Yu.Djenev (1986, 1991) ma’lumotiga ko’ra uzumchilikda kishmish va
mayiz yetishtirishni salmog’ini oshorishda mavjud eski navlarni istiqbolli, noqulay
sharoitlarga chidamli navlar bilan almashtirish yaxshi samara beradi.
K.V.Smirnov (1992) fikriga ko’ra, uzumchilikda kishmsh va mayizchilikni
rivojlantirishda uzumni joylashtirish mintaqasi e’tibor berilishi lozim. Shunga
ko’ra, mahsulotni quritilgan holda aynan shu mintaqa aholisini ta’minlash yoki
boshqa tumanlarga yetkazish uchun yetishtirishni belgilashni taqazo etadi. Shunga
muofiq navlarni tanlash va ularga quyiladigan talablar ham belgilab olinadi.
Mayizbop uzum navlarini yetishtirish rentabelige ma’lum darajada
xo’jalikni shu soxaga moslashganligigi va mahsulot yetishtirsh hajmiga bog’liq.
So’ngi davrlarda adabiyotlar uzumchilikda bir maqsadga qaratilgan ekologiya va
navshunoslik majmuasining yaratilishiga oid ma’lumotlar ko’rsatib bermoqda
(B.A.Muzichenko 1990, M.G.Magamedov, 1997).
Rossiya federasiyasining Ya.I.Potopenko nomidagi uzumchilik va vinochilik
I.T.I. xo’raki uzum navlarining konveyerlarining ishlab chiqdi. Bu xo’jaliklar
uchun mo’ljallangan bo’lib, 50 dan ortiq turli muddatlarda pishadigan uzum
navlaridan tashkil topgan (B.A.Muzichenko, 1990).
S.Yu.Djenev
va
K.V.Smirnov
(1992)
larning
ma’lumotlarida
uzumchilikning zonalari bo’yicha taqsimlanishiga oid tavsiyalar keltirilgan, ushbu
13
tavsiyalarga ko’ra uzum yetishtirishning tashkil etishda asosiy e’tibor ekologiya va
texnalogik jarayonlar tashkil qilishga va ulardan oqilona qoydalanishga qaratilgan.
Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, hatto MDH janubida ham kishmish va
mayizbop uzumlarni iste’mol muddati 2.5-3 oydan oshmas ekan, lekin ustalik bilan
nav tanlashda va ularning biologik xususiyatlarni e’tiborgi olgan holda
mintaqalarga to’g’ri joylashtirilishi kishmish va mayiz uzumlarini iste’mol
muddatini iyuldan to noyabrgacha uzaytirish imkonini yaratdi (S.Yu.Djeneyev
1992).
K.V.Smirnov (1992) ning fikricha, mayizbop uzumlarini iste’mol muddatini
uzaytirish navlarketma-ketligini to’g’ri tanlay bilishdadir deb ta’kidlaydi.
S.Yu.Djenev, K.V.Smirnov (1992) larning fikrlariga ko’ra, mayizbop uzum
navlarini iste’mol muddatini uzaytirishda ekologik ketma-ketligini taklif
qilmoqdalar, shunga ko’ra bir turdagi mayizbop uzumlarni bir muddatda emas turli
muddatlarda yetilishini ta’minladi va ularni turli ekalogik mintaqalarga
joylashtirishga erishildi. Masalan, MDH janubida (O’zbekiston, Turkmaniston,
Tojikiston) da mayiz iyul oylarida yetiladi, negaki u yerdagi vegitasiya davrida
harorat yig’indisi 4500-50000 S ni tashkil qiladi.
A.S.Artutyunyan (1983) ning ta’kidlashicha uzumchilikda ekologik
konveyerlarni geografik konveyer deb atasa ham bbo’ladi. Bunday ketma-ketlik
(konveyer) bir xil nav uzumni turli tuproq iqlim sharoitida turli tog’ oldi joyida,
dengiz sahidan turli balandliklardan joylashtirishni taqazo etadi.
Uzumchilikda turli ekalogik nav va kompleks konveyerlarniyaratishni
M.G.Magamedov (1997) o’z izlanishlarini o’rganib chiqqan.
Quritishda xom ashyodagi namlik darajasi shunday kamayadiki, quritilgan
mahsulot
uzoq
saqlanadi,
chunki
so’ngi
kamaygan
mahsulotlarda
mikroorganizmlarning rivojlanishi juda sekin boradi. Shuning uchun quritilgan
mevalar mustahkam, uzoq saqlanish qobiliyatiga ega bo’lgan mahsulotga aylanadi
va yil davomida undan turli maqsadlarda foydalaniladi. (N.A.Rikov, 1986,
M.G.Magamedov, A.N.Aliyeva, 1997).
|