I. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1.Uzumchilikning qisqacha tarixi haqida
Uzum eng qadimiy madaniy o’simliklardan biri hisoblanadi. Vitaceae
oilasining, Vitis viniftra turiga mansubdir. Uzumning tabiatda 60 ga yaqin turi
ma’lum. (P.M.Jukovskiy, 1971).
Tok o’simligining asosiy shakllanish makonlari Shimoliy Amerika, Xitoy,
Yevropa, Kavkaz va O’rta Osiyo hisoblanadi. Shu hududlarda uzumning yovvoyi
turlarini hozirgacha ham uchratish mumkin. Madaniy o’simliklarning yelib chiqish
markazlaridan biri Shimoliy Amerika bo’lib, uzum turlariga juda boy, Yevropa,
Kavkaz, O’rta Osiyoda tarqalgan.V. silvestris turi mustaqil tur bo’lib ma’daniy
hisoblanadi, ma’daniy navlarning ko’pchilgi V. Viniftra avlodiga ta’luqlidir.
Shimoliy Amerikada tarqalgan V. ratundifoliya, V. labrusca, V. ribaria, V.
aestvalis, V. Lincecea turlarining g’ujumi sifati juda past, lekin ularni iste’molga
va vino tayyorlashga ishlatish mumkin. Bu turlar ichida V. labrusca, turi madaniy
holda keng tarqalgan, meva sifati ham yuqori, qolgan yovvoyi turlar har - xil
muhim xo’jalik belgilariga va xususiyatlarga ega, shuning uchun ham ularni
seleksiyadagi ahamiyati katta (Uinkler A.D., 1966).
Markaziy Osiyo madaniy uzum nalarni asosiy shakllanish makonlaridan biri
hisoblnadi. Ayniqsa ho’l holida iste’mol qilish uchun mo’ljallangan uzum navlari
bu yerda keng taqalgan. XIV-XV asrlarda vino tayyorlash va iste’mol qilish
taqiqlangandan so’ng xalq seleksisi faqat bir yo’nalishda – ho’l holida iste’mol
qilishga mo’ldjallangan uzum navlarini yaratish bo’yicha ish olib bordi. O’rta
Osiyoda yaratilgan uzum navlari jahonga ma’lumdir (Temurov Sh., 2000). O’rta
Osiyoda, jumladan O’zbekistonda ham uzum qadimiy tarixga ega. Eramizdan IV
asr ilgari ham bu yerda uzumchilik va vinochilik rivojlangan edi. Tarixiy
ma’lumotlarga qaraganda IV-VII asrlarda O’zbekistonning hozirgi hududlarida
uzumchilik va vinochilik rivojlangan bo’lib, bu yerda nafaqat mahalliy navlar,
balki chetdan keltirilgan navlar ham yetishtirilgan. Uzum asosan sug’oriladigan
9
yerlarda yetishtirilgan, Farg’ona, Samarqand, Zarafshon, Xorazm vohalari asosiy
uzum yetishtiradigan mintaqalar bo’lgan (Temurov Sh., 2002).
O’zbekistonda uzumchilikni rivojlantirishda ilmiy tadqiqot muassasalarining
xizmatlari katta bo’ldi. O’zbekistonda tokning birinchi kolleksiyasi Turkiston qishloq
xo’jalik tajriba stansiyasida A.A.Dilevskiy tomonidan 1900-1902 yillarda tashkil
qilingan edi. Bu yerda uzumning bir qancha aborigen navlarining 200 dan ortigi
o’rganilib, keyinchalik seleksiya ishlari uchun dastlabki material bo’lib xizmat qildi.
Keyinchalik, akademik R.R.Shreder nomidagi O’zbekiston Bog’dorchilik,
Uzumchilik va Vinochilik Ilmiy ishlab chiqarish Birlashmasining va uning
viloyatlardagi bo’limlarining ham xizmatlari katta bo’ldi. Bu yerda tok ekini
o’stirishni ilg’or agrotexnologik tadbirlari ishlab chiqilmoqda, iqlim va tuproq
sharoitimiz uchun mos bo’lgan uzum navlari o’rganilib, tavsiya etilmoqda,
xo’jaliklarga xar tomonlama yo’l-yo’riqlar ko’rsatilmoqda. Ayniqsa, uzumchilik
xo’jaliklarini malakali mutaxasislar bilan ta’minlashda Toshkent Davlat Agrar
Universiteti va Samarqand qishloq xo’jalik institutlarining xizmatlari katta. Har yili
bu o’quv yurtlarini necha o’nlab meva-uzumchilik mutaxassislari bitirib, ishlab
chiqarishga junatilmoqda.
Jahon uzumchiligiga e’tibor beradigan bo’lsak, dunyo bo’yicha barcha tokzorlar
maydoni 7,5 mln gektarni tashkil etadi. Bu maydonlarni asoiy qismi, ya’ni 85%
Yevropa-Osiyo qit’alarida joylashgan. Uzumchilik eng rivojlangan davlatlar: Ispaniya
- 1,2 mln. gektar; Italiya - 875 ming gektar; Fransiya - 870 ming gektar; AQSh - 357
ming gektar; Turkiya - 560 ming gektar; Portugaliya - 252 ming gektar; Argentina-
353 ming gektar; Ruminiya - 250 ming gektarni tashkil qiladi.
Agarda jahon bo’yicha yetishtiriladigan uzum mahsulotini 100% desak, uning
83 %- vino va sharbat (sok) tayorlashga, 12 % ho’l holda iste’mol qilishga va 5%
quritishga sarflanadi. Lekin bu ko’rsatkich har xil geografik hududlarda har xil,
masalan, Yevropa davlatlarida, Ispaniya, Fransiya, Italiyada barcha yetishtirilgan
uzumning 90-95% vino va sharbat tayyorlashga ketadi, Old Osiyo davlatlarida esa –
Eron, Afg’oniston, Arabistonda – 80% i mayiz tayorlashga, ya’ni quritishga ketadi.
10
O’zbekistonda barpo qilinayotgan yangi uzumzorlarda 60% maydonga
mayizbop navlarni, 25% maydonga xo’raki uzum navlarini va 15% esa vinobop uzum
navlarini ekish tavsiya etiladi (Temurov Sh., 2000).
Keyingi yillarda hukumatimiz uzum quritishga katta e’tibor barib kishmish
navlari maydonlari kengaydi. Shu bilan bir qatorda uzum seleksiyasida ham katta
yutuqlarga erishildi. O’zbekistonning ilmiy tadqiqot institutlarida uzumning yangi
kishmish navlari yaratildi. Kishmish zarafshon, Sug’diyona, Botir, Terakli,
Xonaki, Samarqand, Sumbula shular jumlasidandir. Bularning asosiy biologik
xususiyatlarini o’rganish, muhim xo’jalik belgilarini aniqlash, ulardan xar xil
usullardan foydalanib kishmish va mayiz tayyorlash va eng yaxshi ko’rsatkichlarga
ega bo’lganlarini ishlab chiqarishga tadbiq etish ilm-fan oldidagi eng muhim
vazifalardan biridir (Djavakyanes Yu.Gorbach V., 2001).
|