21
muddati bo’ladi (optimal 10-12 kun ), shunga muofiq shuncha ish uchun va kunlik
terilgan maxchulotni joylashtirish maydonini va terish me’yorlari belgilanadi.
Mualliflarni fikricha yuqori malakali ishchilarni tuzilgan terimchilar
guruhini uzum terishini amalga oshirishi maqsadga muofiq ekan va quyidagi
talblarni bajarish lozim.
1. Quritish uchun mo’ljallangan uzumni faqat quruq ob-havo sharoitida,
ertalabgi shudring mevalar ustida quritilgandan so’ng terish;
2. Yomg’irdan so’ng uzum terishni amalga oshirmaslik lozim.
S.Yu.Djeneyev (1991) ta’kidlashicha quritish uchun mo’ljallangan uzumni
terish davrini o’zidayoq saralab ham joylashni tashkil etadi. Uning natijasidan
standart mevalar chiqishi 25-28 % ga ortadi.
M.G.Magamedov (1992) uzumning terish va tashishdan teznologik
sxemalarni tavsiya etadi. Shunga ko’ra konteyener va padnislardan foydalaniladi,
shu bilan birga turli rusumdagi transportlardan foydalaniladi.
A.V.Nasvin (1961) fikriga ko’ra, uzumning quritish va saqlashga qo’yish
ishlari ko’p mexnat talab qilib, bu davrda mahsulot urinishi kuzatiladi mualliflar bu
borada kassetali konteynerlardan va yuklash mexanizmlardan foydalanishni tavsiya
etadi.