Yetishtirish sharoitining quritilgan uzum sifatiga ta’siri




Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/39
Sana11.06.2024
Hajmi1,07 Mb.
#262668
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
Mayizbop uzum navlarinini yetishtirish texnologiyasi

1.4. Yetishtirish sharoitining quritilgan uzum sifatiga ta’siri 
 
Turli xidagi tuproq iqlim sharoitida yetishtirilgan uzum mevasi sifat jihatdan 
hamda miqdor jihatdan ham ancha farq qiladi (S.Yu.Djeneyev, K.V.Smirnov, 
1992). 
Ko’pchilik mualliflar uzum yetishtirilayotgan tuman ob-havo sharoiti
tuproq iqlim sharoiti, uzum donalarini kimyoviy tarkibiga o’lchamiga va hosil 
sifatiga ta’sir ko’rsatadi deb ta’kidlaydi. 


16 
S.Yu.Djeneyev (1973) fikricha uzumning texnalogik tovar sifatiga ta’siri 
bo’yicha navning xususiyati 60-90% ni, ob-havo sharoiti esa 10-24% ni tashkil 
etadi. 
S.Yu.Djeneyev (1986) ta’kidlashicha hosilni yeg’ishdan 6-hafta ilgari yuqori 
harorat va faol quyosh radiasiyasi ta’siri natijasida, uzum donalarini yiriklashuvi 
va uning tarkibidagi eruvchan moddalar miqdorini ko’payishiga olib keladi. 
A.S.Arutyunyan (1983) bergan ma’lumotlariga qaraganda, uzumdan yuqori 
sifatli mahsulotlar olishga qaratilgan agrotexnik tadbirlar tizimida eng asosiy 
e’tibor sug’orish va o’g’itlashga hamda tuproq unumdorligiga qaratilgan. 
Yu.M.Djavakyans (2001) ma’lumotlariga ko’ra, R.R.Shreder nomidagi ilmiy 
tadqiqot ishlab chiqarish korporasiyasi tomonidan olib borilgan tajribalarda 
bog’larni tomchilatib sug’orishni turli mintaqalarga mo’ljallangan usullari 
yaratilgan bo’lib, bu usullarda sug’orilganda, suvning 35-40% tejaladi, bunday 
joylardagi tokzorlar hosildorligi 90 sentnetdan 170 sentnergacha yetgan. Kishmish 
nalar xom ashyo bazasini yaxshilash uchun yirik mevali urug’siz uzum navlari – 
kishmish Botir, Ertagi kishmish, Samarqand kishmish navlarini yangi 
maydonlarini ko’paytirishni tavsiya etdi. 
Qadimda bog’bonlar tok o’g’itlashga qarshi bo’lganlar, chunki tok o’g’itlash 
uzumdan olinadigan mahsulotlarni sifati buzilishiga olib keladi deb ta’kidlaydi 
qadimiy mualliflar Plodiy Va Kanummela (A.S.Arutyunyan 1983). 
Fransiyada uzoq yillar mobaynida go’ngni uzum sifatiga salbiy ta’siri haqida 
fikrlar bo’lgan. Ko’p asrlar tokchilik Fransiyada yer kuchini pasayishiga va 
hosildorlikni pasayishiga ta’sir qilmay qolmagan albatta. 
Tokzorlarni o’g’itlash nafaqat hosildorlikni oshiruvchi manba bo’lib, balki 
hosil sifati va kimyoviy tarkibini hamda undan olinadigan mahsulotlar sifatini 
boyitishiga xizmat qiladigan ozuqadir. 
Hozirgi vaqtda o’g’itlash orqali hosil sifatiga ta’sir etmaydgan me’yorlarni 
ishlab chiqqan. Tajribalar shuni ko’rsatdiki, yuqori hosil olingan uzum sifatini 
pastligi antogeneziga emas, balki noto’g’ri olib borilgan agrotexnikada, noqulay 
sharoitda va ayniqsa o’simlikni noto’g’ri oziqlanishida kuzatiladi. Bir narsani 


17 
e’tiborga olish zarurki, hosil qanchalik ko’p bo’lsa, uning shakllanishi uchun qulay 
sharoit yaratish muhimdir. 
G.G.Umarovning (1981) bergan ma’lumotlariga qaraganda uzum sifati va 
undan olinadigan mahsulotini asosiy ko’rsatkichi bu albatta qand miqdoridir. 
Uning pasayishi va ko’payishi ko’p jihatdan ham agrotexnikaga (tok tupiga 
tushadigan og’irlik, hosil terishdan oldingi sug’orishlar, uzum hosilini erta terish) 
ham mineral oziqlanish me’yoriga bog’lq deb ta’kidlaydi.
Azot o’g’itiga ko’proq e’tibor berib, faqat bir tomonlama oziqlantirsh salbiy 
natijalarga olib keladi. Hatto azot o’g’itlaridan meyyoridan ortiq foydalanish 
uzumning kimyoviy tarkibiga va quritilgan mahsulotlarga ham ta’sir etadi 
(Arutyunyan A.S., 1983). 
Xush ta’m va rangli moddalar asosan uzum po’stida bo’ladi. Ammiyak 
silitrasi esa meva donachalarini yiriklashuviga va po’sti qalinligini yupqalanishiga 
olib keladi. Superfosfat esa meva donachasini kattalashtirish, po’st qalinligini 
oshiradi, kaliy o’g’itlar esa uzum po’stini qattiqligi oshiradi, kaliy o’g’itlar esa 
uzum po’stini qatiqligini ta’minlaydi (V.P.Kuksenko, 1981). 
Kaliy va azot o’g’itlarida olib borgan tajribalarga ko’ra meva-po’stini 
massasini 0,85% ga, kaliy o’g’itlarining 11% ga azot o’g’itlari bilan 
oziqlantirganda ham shuncha ko’paygan. 
V.A.Gudkovskiyning (1990) ko’p yillik tajribalar shuni ko’rsatadiki, 
uzumning zamburug’ va fiziologik kasalliklariga tabiiy chidamliligini oshirishda 
kalsiy o’g’itlari muhim o’rin tutadi. 
K.K.Nazarov, 
O.K.Qoraboyev, 
A.A.Ahmadjonov 
(1984) 
larning 
takidlashicha azot va kaliyli o’g’itlarning ko’p miqdorda yoki yuqori dozada 
solish, uzumning hosil miqdorini, mikrobiologik va fiziologik kasalliklarga 
chidamliligini pasaytiradi.
S.Yu. Djeneyev (1978) tavsiyalariga ko’ra, tokzorlar tuprog’i namligini 78-
80% dan oshirmasdan, hosil terishda 45-50 kundan oldin sug’orib turish lozim. 
Uzumni juda kech sug’orish quritilgan uzum sifatini pasaytiradi.


18 
A.A.Ribakov (1975) ta’kidlashicha, Qozog’iston janubida uzumning Pushti 
kishmish, Oq kishmish, Nimrang, Toyfi va boshqa navlarini sug’orishini hosil 
yeg’ishdan 30 kun ilgari to’xtalishi evaziga sifatini yuqori bo’lishiga erishilgan. 
Sug’orishni shu muddatdan kech to’xtatilishi uzum sifatini pasaytiradi.
K.P.Raxmanina, M.I.Saidov, A.Shamsiyev (1990) larning fikrlariga ko’ra 
Tojikistonning Hisor vodiysida uzum sifatiga va hosildorligiga sug’orishning 
ta’sirini o’rgandilar. Shunga ko’ra eng istiqbolli sug’orish tomchilatib sug’orish 
usuli deb qabul qilindi.
V.A.Gudkovskiy (1980) ma’lumotlariga ko’ra tok tupida shingillar og’irligi 
14-15dan 7-8 tagacha kamaytirishni uzumni hosildorligiga 157.3 s /ga 
kamaytirilgan shunga muofiq 100 dona uzum donasining vazni 510 g dan 564 g 
gacha oshdi, 6 oy davomida saqlash davrida chirish natijasida nobudgarchilik 3.03 
dan 9.4% gacha oshgan.
A.S.Arutunyan (1983) fikriga ko’ra urug’siz korinka chyornaya, kishmish 
yumaloq oval shaklidagi qora va sariq navlarinang gibbirillin bilan ishlov 
berilganda meva donachalari ko’pchilik hollarda ular chuziq shaklga ega bo’ladi 
buning natijasida uzum shingilining vazni ortadi, hosildorligi diyarli ikki baravar 
ortadi.
Gul to’plamlarining gibbirillin bilan ishlov berilganda uzum yetilishi ancha 
jaldal boradi, natijada to’liq yetilish davri erta boshlanadi. Ayrim hollarda 
gibbirillin bilan ishlov berilgan to’plamlari yetilishi kechikib, hosil yeg’ish davrida 
qand miqdori kamaygan, bu o’z navbatida tok tupining hoslini ko’payib ketishiga 
sabab bo’ladi, chunki, barg yuzasi qand to’plash uchun fotosintetik jarayonini tez 
bajara olmaydi. Faqatgina to’g’ri tanlangan texnologiya asosida quritilgan 
uzumdan yuqori sifatli kishmish va mayiz mahsulotlari olinishi mumkin. Buning 
uchun mahsulot olish uchun qulay sharoit yaratilgan bo’lishi inobatga olinadi:
1. O’rtacha sutkalik harorat vegitasiya davri. 
2. Yog’ingarchiligi kam va ma’lum darajadagi quruq bo’lgan yoz fasli. 
3. Uzoq davom etadigan quruq yuqori sutkali haroratga ega bo’lgan kuz 
havosi. 


19 
4. Yoz va ayniqsa kuz davrida havo almashinishining yaxshi tashkil etilishi. 
5. Yuqori sifatli quritilgan mahsulot beruvchi uzum navlari. 

Download 1,07 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yetishtirish sharoitining quritilgan uzum sifatiga ta’siri

Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish