Tajriba o’tkazilgan xo’jalikni iqlim sharoiti




Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/39
Sana11.06.2024
Hajmi1,07 Mb.
#262668
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
Mayizbop uzum navlarinini yetishtirish texnologiyasi

2.3. Tajriba o’tkazilgan xo’jalikni iqlim sharoiti 
 
Nurota tumanining tabiiy sharoiti keskin kontenental, bug’lanish, 
shamollarning kuchliligi, kunlik va yillik havo haroratini o’zgaruvchanligi va 
yorug’likka boyligi bilan ajralib turadi. 
O’rtacha ko’p yillik havo harorati iyul oyida 25,0-27,0 
0
C, yanvar oyida esa 
harorat -0,4+4.6
0
S tashkil etadi. 
Ko’p yillik ma’lumotlarga ko’ra, ertagi kuzgi sovuqlar noyabr oyining 
beshinchi kunida, o’rtacha muddat 22 oktyabr bo’lib bahorgi sovuqlarning 
tugallanishi davri, eng kechlari aprel oyining 22 kunida, o’rtacha muddat 31 mart 
hisoblanadi. 
Kuz va bahor oylarida kun davomida haroratning keskin o’zgarib turishi bu 
joyning o’ziga xosligini ko’rsatadi. Mavsumlarni almashinishi ham o’ziga xos 
tarzda tez sodir bo’ladi. Sovuq va barqaror bo’lmagan qish ko’pinch iliq bahor 
bilan, issiq yoz esa sovuq kuz bilan almashadi. Yoqinlarning kam miqdori va 
yuqori harorat kuzgi, bahorgi va ayniqsa yozgi oylarda havoning juda past 


26 
namligini shartlaydi. Har bir mavsumning o’ziga xos xususiyatlarini qisqacha 
tavsiflab o’tamiz: 
Qish uncha uzoq davom etmaydi, qor qatlami (6-15 sm) o’zgaruvchan 
muvaqqat. Iliq havo bilan almashinib turadigan kuchli sovuqlar bo’lib turadi va 
yana almashinuvlar sodir bo’ladi. Eng sovuo’ oylar yanvar va fevral oylaridir. 
Fevralning ikkinchi yarmidan havo isiy boshlaydi. 
Bahor ser yomg’ir, nam, haroratio’zgaruvchan bo’ladi. Bulut bogan 
yomg’irli kunlar quyoshli kunlar bilan almashinib turadi. Bahorgi davrning eng 
salbiy tomoni ayozli bahorgi sovuqlarning bo’lib turishi. Bunday kunlar fevralning 
oxiri va martning boshlarida tugaydi, ayrim hollarda aprelning o’rtalarida hatto 
oxirida ham bo’lishi mumkin, ana shunda ko’plab mevali daraxtlar va boshqa 
ertangi sabzavot ekinlari sovuqdar zarar ko’rishi mumkin. 
Yoz uzoq davom etadi, quruq, issiq bo’ladi, deyarli yomg’ir yog’maydi, 
o’simliklarning suv bilan ta’minlanishi sun’iy tarzda sug’orilmasa ularni qurib 
qolish havfi katta. Eng issiq oy, iyul oyi bo’lib, bu oyda harorat +45 darajaga 
yetadi. O’rtacha ko’p yillik harorati bu oyda 27.2
0
S bo’lsa, yilda o’rtacha oylik 
harorat 27.6
0
C bo’ldi. Kechki paytlarda va tunda harorat +20-25 darajaga 
pasayishi mumkin. 


27 

Download 1,07 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tajriba o’tkazilgan xo’jalikni iqlim sharoiti

Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish