470
Qo’shni marshrutizatorning aloqalari holatini nazorat uchun OSPF-
marshrutizatorlar har 10 sekundda bir birlariga HELLO xabarini jo’natadi. Hajm
jihatdan uncha katta bo’lmagan bu xabarlar o’zlarining qo’shnilarini va ular bilan
aloqalarni tez-tez tekshirib turish imkonini beradi. Biror bir qo’shnisidan HELLO
xabari kelishi to’xtasa, marshrutizator aloqa holati o’zgargani haqida
xulosa chiqaradi
va o’zining topologik ma’lumotlar bazasiga mos o’zgartirishlar kiritadi. Bir vaqning
o’zida u bu o’zgartirish haqida qo’shnilarga xabar jo’natadi va mos ravishda ular ham
o’zlarining ma’lumotlar bazasiga o’zgartirish kiritadi, so’ng bu o’zgartirish haqida
boshqa qo’shnilariga ushbu LSA xabarni jo’natadi.
Ikkinchi amalda olingan graf va generasiya qilingan marshrutlash jadvali asosida
optimal marshrut aniqlanadi. Grafda optimal yo’lni aniqlash
bir muncha katta va
murakkab masala hisoblanadi. Buning yechimi uchun OSPF protokolida Diykstrlar
bosqichma-bosqich algoritmdan foydalaniladi. Bu algoritmdan foydalanib tarmoqning
har bir marshrutizatori o’zining interfeysidan to unga ma’lum barcha
nimtarmoqlargacha bo’lgan optimal marshrutni qidiradi. Har bir qidirib topilgan
marshrutning faqat bitta qadami – keyingi marshrutizatorgacha bo’lgan
qadami
saqlanadi. Bu qadam haqidagi ma’lumot marshrutlash jadvaliga ham joylashtiriladi.
Marshrutlash protokollari har bir marshrutizatorlar uchun kelishilgan marshrut
jadvallarini generasiya qiladi. Bu esa oxirgi qadamgacha rasional marshrut bo’yicha
paketni yetkazishni ta’minlaydi. Buning uchun tarmoq marshrutizatorlari tarkibiy
tarmoq topologiyasi haqida axborot almashadi.
Statik marshrutlashda jadval marshrutizator xotirasiga tarmoq ma’muri
tomonidan kiritiladi. Dinamik marshrutlash tarmoq konfigurasiyasi o’zgarganidan
so’ng marshrutlash jadvalini avtomatik yangilash imkonini beradi.
Marshrutlashning adaptiv protokollari ikki guruhga bo’linadi. Bularning har biri
quyidagi tur algoritmlardan biri bilan bog’langan bo’ladi: masofaviy-vektorli
algoritmda tarmoq bo’ylab davriy ravishda va keng eshittirishli vektor tarqatiladi,
uning komponentiga esa jo’natuvchi marshrutizatordan unga ma’lum barcha tarmoqlar
kiradi; aloqa holati algoritmi har bir marshrutizatorni tarmoqning aloqa grafini qurish
uchun yetarli bo’lgan axborot bilan ta’minlaydi.
Internetning marshrutlash protokollari tashqi va ichkiga bo’linadi.
Tashqi
protokollar (EGP) avtonom tizimlar o’rtasida marshrut axborotlarni tashiydi, ichkisi
(IGP) esa faqat ma’lum avtonom tizimlar doirasida qo’llaniladi.
OSPF protokoli sirtmoqdan iborat murakkab topologiyali katta tarmoqlarda IP-
paketlarni unumli marshrutlash uchun yaratilgan. U aloqa holati algoritmiga
asoslangan bo’lib, tarmoq topologiyasining o’zgarishiga chidamli hisoblanadi. OSPF-
marshrutizatorlari marshrutni tanlashda tarkibiy tarmoqning o’tkazuvchanlik
qobiliyatini hisobga olgan holda metrikadan foydalanadi.
OSPF protokoli marshrutlash jadvalida bitta tarmoqqa bir nechta marshrutlarni
saqlashga ruxsat beradi. Agar ular teng metrikadan iborat bo’lsa, marshrutlarga
marshrut yuklama balansi holatida ishlash imkoniyatini yaratadi. OSPF protokoli
yuqori
hisoblash murakkabligiga ega, shuning uchun ham kuchli marshrutizator
apparatlarida ishlaydi.
471
RIP. Routing Information Protocol (RIP) 1980 yillarda ishlab chiqilgan va u
kichik yoki o'rta tarmoqlarda uzatishni boshqarish uchun maxsus ishlab chiqilgan. RIP-
lar maksimal 15 HOP olishlari mumkin. Ha, maqsadga erishish uchun u tarmoqdagi
bitta tugundan ikkinchisiga maksimal 15 marta sakrab chiqishi mumkin. Protokol
sifatida RIP-ga ega bo'lgan har qanday yo'riqnoma avval qo'shni
qurilmalardan
Marshrutlash jadvalini talab qiladi. Ushbu qurilmalar yo'riqnoma uchun o'zlarining
marshrutlash jadvallari bilan javob berishadi va keyinchalik ushbu jadvallar
yo'riqnoma stolining maydonida birlashtirilib yangilanadi. Router bu bilan to'xtamaydi
va qurilmalardan doimiy ravishda bunday ma'lumotlarni so'rashda davom etadi. Ushbu
intervallar odatda 30 soniyani tashkil qiladi. An'anaviy RIPlar faqat Internet protokol
v4 (IPv4) ni qo'llab-quvvatlaydi, ammo RIP ning yangi versiyalari ham IPv6-ni qo'llab-
quvvatlaydi. Portimiz raqamini eslatmasdan bizning muhokamamiz to'liq emas, chunki
har bir protokolda uzatishni amalga oshirish uchun o'z port raqami bor. RIP o'z
translyatsiyasini amalga oshirish uchun UDP 520 yoki 521-dan foydalanadi.
4.4-rasm. RIP protokoli.