469
bilan hyech qanday bog’lanmagan. Ushbu qoidaga mos tarzda internet o’zaro aloqaga
ega avtonom tizimlar majmuasidek ko’rinadi. Bularning har biri tashqi shlyuzlar bilan
bog’langan o’zaro aloqadagi tarmoqlardan tashkil topadi.
Internetni avtonom tizimlarga bo’lishdan asosiy maqsad – marshrutlashda ko’p
pog’onali yondashuvni ta’minlashdan iborat. Avtonom tizimlar kiritilgunga qadar ikki
pog’onali yondashuv mo’ljallangan – ya’ni avvalo tarmoq ketma-ketligi ko’rinishida
marshrut aniqlangan, keyin esa oxirgi tarmoqning berilgan bog’lamasiga borilgan edi.
Avtonom tizimlar paydo bo’lganidan so’ng uchinchisi, ya’ni yuqorigi
marshrutlash pog’onasi paydo bo’ldi. Endi avvalo avtonom tizimlar ketma-ketligi
ko’rinishida marshrut aniqlanadi, keyin esa tarmoq ketma-ketligi, bulardan so’ng esa
oxirgi bog’lamaga boriladi.
Avtonom tizimlar o’rtasida marshrutni tanlashni tashqi shlyuz protokollar
(Exterior Gateway Protocol, EGP) yordamida tashqi shlyuzlar amalga oshiradi.
Hozirgi kunda bunday ishlar uchun internet birlashmasi standart chegarali protokol
BGP 4 versiyasini (BGPv4) tasdiqladi. Qolgan barcha protokollar (masalan, RIP,
OSPF, IS-IS) ichki shlyuz protokollari (Interior Gateway Protocols, IGP) hisoblanadi.
Ichki shlyuz protokollari avtonom tizim ichidagi marshrutga javob beradi. Tranzit
avtonom tizimlar holatida bu protokollar avtonom tizimga kirish nuqtasidan undan
chiqish nuqtasigacha bo’lgan marshrutizatorlar ketma-ketligini aniq ko’rsatadi.
Har bir avtonom tizim ichida mavjud marshrutlash protokollaridan ixtiyoriy
bittasi qo’llanilishi mumkin, faqat avtonom tizimlar o’rtasida u yoki bu protokol
ko’prik sifatida qo’llanilib, ular o’rtasida muloqotni ta’minlab beradi.
Avtonom tizimlar internet magistralini tashkil qiladi. Avtonom tizim qoidasi
ma’murdan internet magistralini yashiradi. Ma’murlar uchun magistrallar, avtonom
tizim ichida qanday marshrutlash protokollari qo’llanilishi muhim emas, buning
BGPv4 yagona marshrutlash protokoli mavjud.