465
Misol sifatida 4.3-rasmda tasvirlangan holatni qaraymiz. H1 xost H2 xost bilan
bog’lanish o’rnatgan. Bu bog’lanish eslab qolinadi va barcha marshrutlash jadvallari
uchun birinchi yozuvga aylanadi. Demak, A marshrutizatorning birinchi satri shuni
bildiradiki, agar bog’lanish identifikatori 1 bo’lgan paket H1 xostdan kelgan bo’lsa,
demak uni 1 bog’lanish identifikatori bilan C marshrutizatorga yo’naltirish kerak. C
marshrutizatorning birinchi yozuvi ham xuddi shu kabi paketni 1 bog’lanish
identifikatori bilan E marshtutizatorga yo’naltiradi.
4.3-rasm. Virtual kanal tarmoqlarida marshrutlash.
Endi, agar H3 xost H2 bilan aloqa o’rnatishni hohlasa nima bo’lishini ko’rib
chiqamiz. U bog’lanish identifikatorni sifatida 1 ni tanlaydi (unda boshqa tanlash
imkoniyati yo’q, sababi bu ayni vaqtda yagona mavjud bo’lgan bog’lanish) va
tarmoqdan virtual kanalni o’rnatishni so’raydi. Shunday qilib jadvalda jadvalda
ikkinchi yozuv paydo bo’ladi. Shunga e’tibor qaratingki, ayni vaqtda bu yerda konflikt
kelib chiqadi, sababi agar A marshrutizator H1 xostdan kelgan bog’lanish identifikatori
1 bo’lgan paketni, H3 xostdan kelgan paket bilan hali farqlay olgani bilan, C
marshrutizator bunday imkoniyatga ega emas. Shu sababli A cchiquvchi trafikka yangi
indentifikatorni biriktiradi va xuddi shunday ikkinchi bog’lanishni o’rnatadi. Bunday
ko’rinishdagi konfliktlarni oldini olish, nima uchun marshrutizatorlarga chiquvchi
paketlarda bog’lanish identifikatorini o’zgartirish imkoniyati kerak eganligining sababi
hisoblanadi. Ba’zida bu jarayon
belgili kommutatsiya (label switching) deb
nomlanadi. Bo’glanishga yo’naltirilgan tarmoq xizmatlaridan biriga
MPLS
(MultiProtocol Label Switching, “multiprotokolli belgili bog’lanish”) misol bo’lib
xizmat qiladi. U internet-provayderlar tarmog’ida ishlatiladi; bunda IP-paketlar 20 bitli
bog’lanish indentifikatori yoki belgidan tarkib topgan MPLS-sarlavha olishadi. Agar
internet-provayder katta hajmli ma’lumotlarni uzatish uchun uzoq bog’lanish o’rnatsa,
MPLS ba’zan mijozlar uchun ko’rimas bo’lib qoladi. Ammo hozir u taqdim etilayotgan
xizmat sifati birinchi o’rinda tursa, shuningdek, katta hajmli ma’lumotlarni uzatish
bilan bog’liq muammolarni hal qilish uchun ko’proq kerak bo’ladi.