elektronlari bilan oson taʼsirlashadi va kimyoviy bogʻlanish hosil qiladi.
Atom qobigʻiga maʼlum energiya berilganda atomnig ionlashuvi roʻy
berishi mumkin. Aynan soʻnggi qobiqdagi elektronni
ozod qilish uchun
eng kam energiya taqozo qilinadi. Germaniy, kremniy va yarim
oʻtkazgichlarning boshqa bir qancha
vakillari kristall moddalar
hisoblanadi. Ularning atomlari maʼlum qonuniyatlarga muvofiq
joylashgan boʻladi.
Oʻtkazgichlar, yarim oʻtkazgichlar, izolyatorlar
Elektronni valent zonadan oʻtkazish zonasiga oʻtkazish uchun tashqaridan
malum energiya berish kerak. Elektron turgʻun holatdan (toʻldirilgan
holatdan) . erkin holatga (oʻtkazish zonasiga) oʻtishda yengish kerak
boʻlgan man qilingan zonanirtg kengligi qattiq jismlarni metallar, yarim
oʻtkazgichlar va izolyatorlarga ajratishning asosiy mezonlaridan biridir.
Bunga keltirilgan sxemalardan osongina ishonch hosil qilish mumkin.
Zonalarning elektronlar bilan toʻldirilganligi
va man qilingan zonaning
kengligiga qarab toʻrtta hoi boʻlishi mumkin. Eng yuqori zona elektronlar
bilan qisman toʻldirilgan, yaʼni unda boʻsh sathlar mavjud. Bu holda
elektron juda kam energiya olganda ham shu zonaning yuqoriroq energetik
sathiga oʻtishi, yaʼni erkin boʻlib, tok oʻtkazishda ishtirok etishi mumkin.
Demak, qattiq jismda qisman toʻldirilgan zona mavjud boʻlsa, bu jism
elektr tokini oʻtkazadi. Aynan shu xususiyat metallarga xosdir. Agar valent
zona va oʻtkazish (erkin) zonasi bilan qisman ustma-ust tushsa ham, qattiq
jism elektr tokini oʻtkazuvchi boʻladi. Bu Mendeleyev elementlar davriy
sistemasidagi
II guruh elementlari Be, Mg, Ca, Zn
….larga xos xususiyatdir. Energetik sathlari faqat valent zona va oʻtkazish
zonasidan iborat qattiq jismlar, man qilingan zonasining kengligiga qarab
dielektriklar va yarim oʻtkazgichlarga ajratiladi. Agar kristallning man
qilingan zonasining kengligi bir necha elektron-volt boʻlsa, issiqlik
harakati elektronni valent zonadan oʻtkazish zonasiga sakrata olmaydi va
bunday kristallarga dielektriklar deyiladi. Agar man qilingan zona uncha
katta boʻlmasa (AE~ 1 eV), elektronni valent zonadan oʻtkazish zonasiga
issiqlik yoki biror boshqa taʼsir bilan koʻchirish mumkin.
Bunday
kristallarga yarim oʻtkazgich-lar deyiladi. Masalan, germaniy uchun AE=
0,72 eV, kremniy uchun AE=1.11 eV ni tashkil qiladi. Shunday qilib,
oʻtkazgichlar uchun man qilingan zonaning kengligi noʻlga teng, yarim
oʻtkazgichlar uchun 2eV dan oshmaydi, dielektriklar uchun esa 2eV dan
katta boʻladi