• 24-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida ko‘rsatiladigan ma’lumotlar
  • -modda. O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish




    Download 3,48 Mb.
    bet13/17
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,48 Mb.
    #247145
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    23-modda. O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish
    O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi fuqarolari, shuningdek chet el jismoniy va yuridik shaxslari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik bo‘limlari orqali olishi mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik bo‘limlari tomonidan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-iyuldagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo berish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
    24-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida ko‘rsatiladigan ma’lumotlar
    Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
    elektron raqamli imzo kalitining egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va shaxsiy identifikatsiya raqami;
    elektron raqamli imzo kalitining egasi bo‘lgan soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va identifikatsiya raqami;
    elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining seriya raqami va uning amal qilish muddati;
    elektron raqamli imzoning ochiq kaliti;
    elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan qaysi elektron raqamli imzo vositalari yordamida foydalanish mumkin bo‘lsa, xuddi shunday vositalarning nomi;
    mazkur sertifikatni bergan ro‘yxatga olish markazining nomi va joylashgan eri (pochta manzili);
    elektron raqamli imzo kalitidan foydalanish maqsadi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    elektron raqamli imzo kalitining mazkur sertifikati kiritilgan Reyestrning Internet jahon axborot tarmog‘idagi to‘liq manzili.
    Elektron raqamli imzo kaliti egasining tashabbusiga ko‘ra elektron raqamli imzo kalitining sertifikatiga qonunchilikka muvofiq boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.

    Download 3,48 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 3,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish

    Download 3,48 Mb.