-modda. Ro‘yxatga olish markazlarining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestri




Download 3,48 Mb.
bet10/17
Sana21.05.2024
Hajmi3,48 Mb.
#247145
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
19-modda. Ro‘yxatga olish markazlarining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestri
Vakolatli davlat organi Ro‘yxatga olish markazlarining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestrini (bundan buyon matnda Yagona davlat reyestri deb yuritiladi) yuritadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning undan erkin foydalanishini ta’minlaydi.
Yagona davlat reyestrida quyidagilar ko‘rsatiladi:
ro‘yxatga olish markazi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ro‘yxatga olish markazining nomi, joylashgan eri (pochta manzili), telefon (faks) raqami, elektron pochta manzili, ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning berilgan sanasi, seriya raqami va amal qilish muddati, uning amal qilishini to‘xtatib turish hamda qayta tiklash asoslari va sanalari);
ro‘yxatga olish markazining rahbari haqidagi ma’lumotlar;
ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini uzaytirish, to‘xtatib turish, qayta tiklash hamda tugatish asoslari va sanalari.
Ro‘yxatga olish markazlarining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining amal qilishi tugatilgan taqdirda, ular Yagona davlat reyestridan chiqariladi.
Ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzo kaliti sertifikati Yagona davlat reyestridan chiqarilgan paytdan e’tiboran haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Foydalanilayotgan elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga ishonch yo‘qolgan taqdirda, ro‘yxatga olish markazi vakolatli davlat organini bu haqda yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. Vakolatli davlat organi yozma yoki elektron xabarnoma olinganidan keyin sertifikatning amal qilishini darhol to‘xtatib turadi va mazkur ro‘yxatga olish markazining sertifikatini amal qilishi tugatilgan sertifikatlar ro‘yxatiga joylashtiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning VII-bobi.

Download 3,48 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Download 3,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Ro‘yxatga olish markazlarining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestri

Download 3,48 Mb.