|
-modda. Ro‘yxatga olish markazini qayta akkreditatsiya qilish
|
bet | 8/17 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 3,48 Mb. | | #247145 |
16-modda. Ro‘yxatga olish markazini qayta akkreditatsiya qilish
Ro‘yxatga olish markazini qayta akkreditatsiya qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
ro‘yxatga olish markazining joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgarganda;
ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda.
Ro‘yxatga olish markazini qayta akkreditatsiya qilish ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish qanday tartibda o‘tkazilgan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Qayta akkreditatsiya qilish uchun ro‘yxatga olish markazi qayta akkreditatsiya qilish haqidagi arizani akkreditatsiya qilish markazi ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar kamida bir oy oldin yuboradi.
17-modda. Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish
Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
ro‘yxatga olish markazi tomonidan qonunchilik, shuningdek axborot xavfsizligi standartlari, normalari va qoidalarining talablari buzilganligi aniqlanganda;
ro‘yxatga olish markazi tomonidan vakolatli davlat organining aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha majburiyatni uning zimmasiga yuklovchi talabi bajarilmaganda.
Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini o‘n kungacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish vakolatli davlat organi tomonidan, o‘n kundan ko‘p muddatga, biroq ko‘pi bilan olti oy muddatga to‘xtatib turish esa sud tomonidan amalga oshiriladi.
Vakolatli davlat organining ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay ro‘yxatga olish markaziga guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari ko‘rsatilgan holda O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda yetkaziladi.
Sudning ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi qarori ro‘yxatga olish markaziga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish muddati mazkur guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.
Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar ro‘yxatga olish markazi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilgan vakolatli davlat organi yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida guvohnomaning amal qilishini qayta tiklash haqida qaror qabul qilishi shart.
Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish davrida ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi ham to‘xtatib turiladi.
Vakolatli davlat organining yoki sudning ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
|
| |