|
O‘zbеkiston respublikasi raqamli
|
bet | 5/17 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 3,48 Mb. | | #247145 |
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi:
elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini akkreditatsiya qilishni va qayta akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlariga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini beradi, shuningdek Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestrini yuritadi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining faoliyatini nazorat qiladi va kamchiliklar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga ko‘ra ro‘yxatga olish markazlariga tegishli bo‘lgan elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlashni amalga oshiradi;
Ishonchli uchinchi taraf xizmatining faoliyatini tashkil etadi.
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizom.
3-bob. Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining faoliyati
9-modda. Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi
Qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan va O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxs elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazidir (bundan buyon matnda ro‘yxatga olish markazi deb yuritiladi).
Ro‘yxatga olish markazi hamda jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish markazlari tomonidan berilgan elektron raqamli imzo kalitiga ega bo‘lgan shaxslar elektron raqamli imzoning mavjud bo‘lishi talab qilinadigan davlat xizmatlarining barcha turlaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
|
| |