|
-modda. Elektron raqamli imzoning va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzoning bir xil ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etish shartlari
|
bet | 3/17 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 3,48 Mb. | | #247145 |
4-modda. Elektron raqamli imzoning va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzoning bir xil ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etish shartlari
Bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda, elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo qog‘oz hujjatga qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi, agar:
elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan bo‘lsa;
elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash paytida yoxud imzolash paytini belgilovchi dalillar mavjud bo‘lganda elektron hujjatni imzolash paytida amalda bo‘lsa;
elektron raqamli imzodan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanilayotgan bo‘lsa.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya etilgan taqdirda, yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi.
5-modda. Elektron raqamli imzo vositalari va ulardan foydalanish
Elektron raqamli imzo vositalari elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini, elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanishini, elektron raqamli imzoning yopiq va ochiq kalitlari yaratilishini ta’minlaydigan texnik va dasturiy vositalar majmuidan iboratdir.
Elektron raqamli imzo vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda axborot xavfsizligi talablariga muvofiq sertifikatlashtirilishi kerak.
Davlat organlari o‘rtasidagi idoralararo elektron hamkorlik milliy standartlar asosida ishlab chiqilgan elektron raqamli imzo vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida milliy va xalqaro (mintaqaviy) standartlar asosida ishlab chiqilgan elektron raqamli imzo vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining “bulutli texnologiyalarida” (ishonchli saqlash tizimida) elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanish kamida ikki omilli autentifikatsiya qilish tartib-taomilidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Tarqatilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan elektron hujjatlar uchun elektron raqamli imzo kalitiga nisbatan qo‘shimcha talablar qo‘yilishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-modda. Elektron raqamli imzoning va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzoning bir xil ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etish shartlari
|