-modda. Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish




Download 3,48 Mb.
bet9/17
Sana21.05.2024
Hajmi3,48 Mb.
#247145
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
18-modda. Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish
Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda vakolatli davlat organining qaroriga ko‘ra tugatilishi mumkin:
ro‘yxatga olish markazi ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi ariza bilan murojaat etganda;
ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda.
Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda sud tomonidan tugatiladi:
ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlar ro‘yxatga olish markazi tomonidan vakolatli davlat organi yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etilmaganda;
vakolatli davlat organining ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomani berish haqidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda;
ro‘yxatga olish markazi tomonidan qonunchilik, shuningdek axborot xavfsizligi standartlari, normalari hamda qoidalarining talablari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa;
ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay vakolatli davlat organi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish asoslarini ro‘yxatga olish markaziga qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda yetkazadi.
Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilgan taqdirda, ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining ham amal qilishi tugatiladi.
Vakolatli davlat organining yoki sudning ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

Download 3,48 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Download 3,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish

Download 3,48 Mb.