|
-modda. Ro‘yxatga olish markazlarining huquq va majburiyatlari
|
bet | 11/17 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 3,48 Mb. | | #247145 |
20-modda. Ro‘yxatga olish markazlarining huquq va majburiyatlari
Ro‘yxatga olish markazi quyidagi huquqlarga ega:
elektron raqamli imzoning ochiq va yopiq kalitlarini yaratish, elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish hamda berish;
ushbu Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan hollarda, elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarining amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash va tugatish;
elektron raqamli imzolarning yopiq kalitlarini “bulutli texnologiyalarda” lozim darajada saqlashga doir tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
vaqt shtampini (imzolangan elektron hujjatning ko‘rsatilgan vaqtda mavjudligini tasdiqlovchi rekvizitni) qo‘yish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
elektron raqamli imzolarning kalitlarini berish to‘g‘risida arizalar qabul qilish, ro‘yxatga olish markazi nomidan elektron raqamli imzolarning yopiq kalitlarini va elektron raqamli imzolar kalitlarining tegishli sertifikatlarini berish uchun hududiy bo‘linmalarga ega bo‘lish;
elektron raqamli imzolarning kalitlarini berish, ro‘yxatga olish markazi nomidan elektron raqamli imzolarning yopiq kalitlarini hamda elektron raqamli imzolar kalitlarining tegishli sertifikatlarini berish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilishga oid vakolatlarini shartnoma asosida boshqa yuridik shaxslarga topshirish.
Ro‘yxatga olish markazi:
elektron raqamli imzolarning yopiq kalitlarini yaratish va berish jarayoni xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlarning har qanday o‘zgarishlari to‘g‘risida vakolatli davlat organini yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi;
ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzosining yopiq kalitidan faqat o‘zi bergan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini imzolash uchun foydalanishi;
ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzosining yopiq kalitini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rishi, agar ushbu kalit boshqa shaxslar tomonidan foydalanilayotganligi yoki foydalanish rejimi buzilganligi ma’lum bo‘lib qolsa, bu haqda vakolatli davlat organini darhol xabardor qilishi;
elektron raqamli imzo kalitlarining egalari to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilmasligi, bundan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarida ko‘rsatilgan axborot mustasno;
Jismoniy va yuridik shaxslarning elektron raqamli imzolari kalitlari sertifikatlarining reyestrini (bundan buyon matnda Reyestr deb yuritiladi) yuritishi, uning o‘z vaqtida yangilanishini hamda elektron raqamli imzolar kalitlarining amaldagi, amal qilishi to‘xtatib turilgan va tugatilgan sertifikatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan jismoniy hamda yuridik shaxslarning erkin foydalanishi imkoniyatini ta’minlashi;
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlari seriya raqamlarining va elektron raqamli imzolar ochiq kalitlarining noyobligini ta’minlashi;
jismoniy va yuridik shaxslarga ro‘yxatga olish markazining ommaviy ofertasi bilan tanishish imkoniyatini berishi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga ko‘ra elektron hujjatlardagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlashni amalga oshirishi shart.
Ro‘yxatga olish markazi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
|
| |