|
-modda. Ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida yoki akkreditatsiya qilishni rad etish haqida qaror qabul qilish
|
bet | 7/17 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 3,48 Mb. | | #247145 |
13-modda. Ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida yoki akkreditatsiya qilishni rad etish haqida qaror qabul qilish
Vakolatli davlat organi ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda arizani ko‘rib chiqadi hamda taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar asosida ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida yoki akkreditatsiya qilishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi uchun haq undirilmaydi.
14-modda. Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomani berish
Ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ro‘yxatga olish markaziga O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda, elektron tarzda vakolatli davlat organi tomonidan beriladi. Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma vakolatli davlat organining axborot resursida saqlanadi.
Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ro‘yxatga olish markazining arizasiga asosan, amal qilishi besh yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yo‘qolgan taqdirda (yo‘qotilganda, yo‘q qilinganda va boshqa hollarda), uni tiklash ro‘yxatga olish markazining arizasiga asosan vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
15-modda. Ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilishni rad etish
Ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
ushbu Qonunning 10-moddasida nazarda tutilgan talablar arizachi tomonidan bajarilmaganda;
agar ilgari xuddi shunday yoki shunga o‘xshash nomdagi boshqa ro‘yxatga olish markazi akkreditatsiya qilingan bo‘lsa.
Ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish rad etilgan taqdirda, qaror qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida arizachi bu haqda yozma shaklda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda xabardor qilinadi.
Yozma yoki elektron xabarnomada ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilishni rad etish sabablari, shuningdek arizachi rad etish sabablari bartaraf etilganidan keyin vakolatli davlat organiga takroran murojaat qilishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi.
Arizachi vakolatli davlat organining ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-modda. Ro‘yxatga olish markazini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida yoki akkreditatsiya qilishni rad etish haqida qaror qabul qilish
|