|
-bob. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solish
|
bet | 4/17 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 3,48 Mb. | | #247145 |
2-bob. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solish
6-modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
elektron raqamli imzodan foydalanish uchun huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnik va boshqa shart-sharoitlar yaratish;
elektron raqamli imzoning mavjud bo‘lishi talab qilinadigan elektron xizmatlar barcha turlarining ochiqligini va sifatini ta’minlash;
majburiy texnik talablar, normalar va qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi ilmiy-texnik tadqiqotlarni rag‘batlantirish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
ilg‘or innovatsion, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishiga ko‘maklashish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik bo‘limlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini berish tartibini belgilaydi;
Ishonchli uchinchi taraf xizmatining faoliyati tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi.
|
| |