|
-modda. Ro‘yxatga olish markazini tugatish
|
bet | 12/17 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 3,48 Mb. | | #247145 |
21-modda. Ro‘yxatga olish markazini tugatish
Ro‘yxatga olish markazi qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilishi mumkin.
Ro‘yxatga olish markazi tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran bir oy ichida bu haqda vakolatli davlat organiga, shuningdek sertifikatlari ushbu ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar kalitlarining barcha egalariga xabar qilishi shart.
Ro‘yxatga olish markazi tugatilgan taqdirda, ushbu ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari elektron raqamli imzolar kalitlari egalarining roziligi bilan boshqa ro‘yxatga olish markazlariga topshirilishi mumkin.
Boshqa ro‘yxatga olish markazlariga topshirilmagan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari vakolatli davlat organiga saqlash uchun topshirilib, bu haqda mazkur elektron raqamli imzolar kalitlarining egalari yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi. Bunda elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi.
4-bob. Elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlari
22-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish tartibi
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati jismoniy yoki yuridik shaxsning elektron raqamli imzoning kalitini berish yoki elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi arizasiga asosan beriladi.
Elektron raqamli imzoning kalitini berish yoki elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ro‘yxatga olish markazi tomonidan arizachining shaxsi tasdiqlanganidan keyin beriladi.
Ro‘yxatga olish markazlari tomonidan elektron raqamli imzo kalitini berish va elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini ro‘yxatga olish uchun:
jismoniy shaxslardan — shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatish, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini hamda elektron raqamli imzoning kalitidan foydalanish maqsadi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
yuridik shaxslardan — soliq to‘lovchi yuridik shaxsning identifikatsiya raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi kalitining sertifikatini oluvchi xodim ko‘rsatilgan ishonchnomani, ishonchnomada ko‘rsatilgan xodimning shaxsini hamda elektron raqamli imzoning kalitidan foydalanish maqsadlarini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish talab qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizom 16-bandining 24-kichik bandi.
Tarqatilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan elektron hujjatlar uchun elektron raqamli imzoning yopiq kalitini berish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish uchun qo‘shimcha axborot talab qilinishi mumkin.
Ro‘yxatga olish markazining jismoniy va yuridik shaxslardan elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berish maqsadlariga muvofiq bo‘lmagan ma’lumotlarni so‘rab olishi taqiqlanadi.
Ariza berilguniga qadar arizachi elektron raqamli imzoning ochiq va yopiq kalitlarini mustaqil ravishda yaratishi hamda ro‘yxatga olish markaziga ochiq kalitni elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini olish uchun taqdim etishi mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta elektron raqamli imzo kalitlariga ega bo‘lishi mumkin. Har bir elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish belgilangan tartibda alohida amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt oydan oshmasligi kerak. Bunda elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati ikki martadan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi va Reyestrga kiritiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-bobi.
|
| |