• 6-bob. Yakunlovchi qoidalar 29-modda. Nizolarni hal etish
  • 31-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
  • -modda. Ishonchli uchinchi taraf xizmati




    Download 3,48 Mb.
    bet16/17
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,48 Mb.
    #247145
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    28-modda. Ishonchli uchinchi taraf xizmati
    Ishonchli uchinchi taraf xizmati axborot va elektron hujjatlarni almashish chog‘ida ishonchni ta’minlash maqsadida elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning unga imzo qo‘ygan shaxsga tegishliligini tekshirishga doir faoliyatdir.
    Ishonchli uchinchi taraf xizmatining vazifalarini amalga oshiradigan shaxs vakolatli davlat organi tomonidan tayinlanadi hamda idoralararo va transchegaraviy axborot hamkorligi jarayonida elektron hujjatlarning daxlsizligi hamda ishonchliligini saqlash kafolatlarini vaqtning muayyan paytida ta’minlash bo‘yicha axborot vositachisi sifatida ish yuritadi, shuningdek ularning yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi.
    Chet davlatlarning elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda yoki Ishonchli uchinchi taraf xizmati tomonidan haqiqiylikni tasdiqlash yo‘li bilan tan olinadi.
    Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatining tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
    6-bob. Yakunlovchi qoidalar
    29-modda. Nizolarni hal etish
    Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
    30-modda. Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
    Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
    31-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
    Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
    1) O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi 562-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 12-modda);
    2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 563-II-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 13-modda);
    3) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-391-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 312-modda) 29-moddasi;
    4) O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-476-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 46-moddasi;
    5) O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-683-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 156-moddasi.

    Download 3,48 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 3,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ishonchli uchinchi taraf xizmati

    Download 3,48 Mb.