|
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» ning qabul qilinishiBog'liq 85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar (1)«Mustaqillik Deklaratsiyasi» ning qabul qilinishi.
O‘zbekiston hukumati Mustaqillik Deklaratsiyasi asosida 1990-vilda dadillik
bilan respublika manfaatlaridan kelib chiqqan holda bir qator tadbirlar majmuasini
amalga oshirdi. «O`zbekiston SSRdagi ijro etuvchi va farmoyish beruvchi hokimiyat
tuzilmasini takomillashtirish va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy qonunijga
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g'risida» (noyabr)gi qonun. «Yer
to‘g'risida»gi (iyul) qonun, O‘zbekiston Prezidentining respublika fuqarolari ga
yakka tartibda turar-joy qurish va shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari uchun yer
uchastkalari ajratish to‘g'risidagi, aholi punktlarini gazlashtirish to‘g'risidagi
farmonlari, Vazirlar Mahkamasining paxta xomashyosi, boshqa turdagi
dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining xarid narxlarini ko‘p martalab
oshirish to‘g'risidagi, shuningdek qishloq xo‘jaligidagi mehnatga to‘lanadigan haqni
oshirish to‘g'risidagi qarorlari va boshqalar ana shular jumlasiga kiradi.
O‘zbekiston hukumati qishloq mehnatkashlarining iqtisodiy turmush
sharoitlarining yaxshilashga qaratilgan bir qator tadbirlarni ishlab chiqdi va uni
amalga oshirdi.. Faqat 1990-yilning boshlariga qadar respublikada 381 ming oila,
yoki muhtoj bo‘lganlarning deyarlik hammasini birinchi marta tomorqa
uchastkalariga ega bo‘ldi, 872 ming oila shu paytga qadar bo‘lgan yerlarini ancha
kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun ja'mi 150 ming gektar yer yoki talab qilingan
miq-dorning 95 foyizi ajratib berildi. Aholiga 21 ming bosh buzoq, 312 ming bosh
qo‘zi va uloq, 10 milliontadan ko‘proq jo‘ja sotildi
34
. Bu ish keyinchalik yanada
davom ettirildi. Aholiga qo‘shimcha ajratilgan sug'oriladigan yer 500 ming gektarga
yetkazildi. Ana shu tariqa aholiga tomorqa uchun berilgan yer miqdori 700 ming
gektarni
35
tashkil etdi. Bu yerlardan 9 milliondan ortiq odam foydalandi. Tomorqa
yerlarining o‘rtacha hajmi 0,2 gektardan ortiqqa yetkazildi. Bu tadbirlar
mustamlakachilikka asoslangan buyruqboz sovetlar tuzumi sharoitida so‘zsiz dadil
qo‘yilgan qadam edi. Qishloq mehnatkashlariga qo‘shimcha yerlarning ajratib
berilishi bir qator keskin hayotiy muammolarni hal qilishga yordam berdi. Ular
nimalardan iborat edi.
34
«Xalq so‘zi», 1991 yil, 15 avgust.
35
«Toshkent haqiqati», 1990 yil, 27 fevral.
|
| |