30
O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi tasodifiy emasdi.
Chunki O‘zbekistonda va o‘sha davrdagi Ittifoqning boshqa jumhuriyatlarida 80-
yillarning oxirlarida kuchayib ketgan milliy uyg'onish oxir-oqibatda dunyoning eng
yirik va so‘nggi mustamlakachi saltanatlaridan biri SSSRning parchalanish
jarayonini boshlab berdi. Bu borada Boltiqbo‘yi jumhuriyatlari yalovbardorlik qildi.
Bu jumhuriyatlarda mustaqillik masalasida kompartiya
rahbariyati bilan xalq
ommasi o‘rtasida mushtarak birlik qaror topdi. Bu hoi albatta boshqa
jumhuriyatlarga ham ta'sir ko‘rsatdi va ular birin-ketin o‘z mustaqilliklarini e'lon
qila boshladilar. 1990-yil, 21-iyulda O‘zbekiston Oliy Kengashining 2-majlisi
mamlakatning istiqboldagi taqdiri uchun g'oyatda muhim bo`lgan tarixiy hujjatni -
Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qildi. Bu tarixiy hujjatda shunday yozilgan edi:
«O`zbekiston bugun o‘z hududiga mutloq ega va unda yagona hukmron emasligini
tan olib, tashqi muloqotlarda mustaqillik huquqidan mahrum ekanligini e'tirof etib,
jumhuriyat
xalqining tub manfaatlari, uning erki va irodasini ifodalab,
hokimiyat
manbayi xalq ekanligini e'tirof etib, xalq taqdiri va mulkiga egalik huquqi faqat
uning o‘zigagina berilganligini qayd etib taraqqiyot yo‘lini tanlash faqat xalqning
ixtiyorida ekanligini ta'kidlab, xalqaro huquq qoidalari, umuminsoniy qadriyatlar va
demokratik
prinsiplariga asoslanib, Jumhuriyat Oliy Kengashi O‘zbekistonni
suveren davlat deb e'lon qiladi.
O‘zbekiston suveren davlati:
-
o‘z hududining barcha tarkibiy qismlari - yer, suv, havo, yer usti, yerosti
boyliklariga va ulardan olinadigan barcha mahsulotlariga mutlaq egadir;
-
o‘z hududining barcha tarkibiy qismlarida - yerosti va yer ustida, suvda,
havoda mutlaq hukmrondir:
-
siyosiy va iqtisodiy sistemalarining tarkibi va tuzilishini xalq manfaati va
ehtiyojidan kelib chiqib - o‘zi belgilaydi;
-
suveren huquqlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha qonun va
farmonlarni o‘zi ishlab chiqadi va ularning ijrosini o‘zi tashkil qiladi;
-
barcha tashqi aloqalarni o‘zi o‘rnatadi;
-
fuqarolik masalalariga oid qonunchilikni o‘zi aniqlaydi;
-
aholisi tarkibidagi millatlar va elatlar bilan
munosabatda ularning teng
huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi prinsipiga amal qiladi».
Albatta, O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishi, ko‘p vaqt
o‘tar-o‘tmas Mustaqillik Deklaratsiyasining e'lon qilinishi respublika hayotida
mislsiz
tarixiy voqealar edi, amalda bu bizdagi ma'naviy mustaqillikni bildirdi.
O‘zbekistonda kechayotgan bunday voqealarga M.S.Gorbachyov boshchiligida
Markaz albatta, befarq qaramasligi ayon edi. Binobarin, Moskva O‘zbekistondagi
bunday «o‘zboshimchalik»lardan tashvishda edi va uni tezda «jilovlab» qo‘yish
chorasini izladi. Vaziyat
shu darajada keskin tus oldiki, M.S.Gorbachyov
31
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovdan qutulish uchun tazyiq
o‘tkazishning barcha choralarini ishga soldi.