28
O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy muhitning sog'lomlanishiga albatta
ijobiv ta'sir ko‘rsatdi.
O‘zbekiston rahbariyati kadrlarni tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga
qo‘yishida ham o‘zining mustaqil yo‘lini belgilab oldi. Bu borada asosiy e'tibor
mahalliy xalq vakillariga qaratildi. Albatta bu hoi ham
xalqning ruhiy kayfiyatini
ko‘tarishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston hukumatining dinga va diniy tashkilotlarga bo‘lgan munosabti
keskin o‘zgardi. O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
haqli sur'atda ta'kidlaganidek «...Musulmon madaniyatidagi xalqni ruhiy tanazzul-
dan chiqarish mumkin bo‘lgan asosiy yo‘nalish din erkinligini, islom bilan
chambarchas bog'liq milliy urf-odatlarga rioya qilish erkinligini
yaratib berishdan
iborat edi. Biz uzoq va orziqib kutilgan ana shu erkinlikni so‘zda emas, amalda
ta'minladik».
Xalqimizning eng qadimiy tarixiy an'analaridan biri va doimo e'zozlab kelgan
bayrami «Navro‘z» qaytadan tiklandi va dam olish kuni deb e'lon qilindi. Ro‘za
hayit va Qurbon hayitlariga yangi hayot baxsh etildi. O‘zbekistondan harbiy
xizmatga chaqiriladigan yigitlar, respublika hududida o‘z burchlarini o‘taydigan
bo‘ldilar. Albatta bu tadbirlar O‘zbekiston hukumatiga xalqning munosabatini ijobiy
tomonga o‘zgartirdi va mamlakatda ijtimoiy-siyosiy muhitni barqarorlashtirdi.
Islom Karimov respublika prokurori lavozimiga Usatovdan keyin milliy kadr
tayinlanishini Markazdan talab qiladi va buni uddasidan chiqadi 1990-yil, 31-
oktabrda Oliy Sovetning 12-chaqiriq uchinchi sessiyasida O‘zbekiston
Birinchi
Prezidenti tavsiyasi bilan respublika prokurorining ittifoq prokuroriga qaramligiga
barham berish va bu tizimning mustaqilligini ta'minlash maqsadida B.Mustafoyev
O‘zbekiston Bosh prokurori etib tasdiqlandi. Bu yurt tarixida birinchi marta
respublikada prokurorning respublika Oliy organi tomonidan tasdiqlanishi edi.
Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilgan bu ish respublika prokuroriga mustaqil
faoliyat yuritish, prokuratura organlarini nomunosib kadrlardan tozalash
imkoniyatini yaratdi. Prezident tomonidan respublika Bosh prokurori zimmasiga
Gdlyan-Ivanovlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg'atish, bu jinoyatlarni O‘zbekistonda
sodir
etganlarini asos qilib, jinoiy ishni ko‘rib chiqishni O‘zbekiston ixtiyoriga
topshirish yuzasidan SSSR Bosh prokuraturasi bilan aloqani sekin-asta uzish va bu
holatga uzil-kesil barham berish vazifasi qo‘yildi
33
.
O‘zbekiston Oliy Kengashi va Mahalliy Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi.
Bu saylovlarning ilgarigi davrdagi saylovlardan farqi shunda ediki, mamlakat
tarixida birinchi marta ko‘pgina okruglarda saylovlar bir necha nomzodlar
davogarligida o‘tkazildi. Ammo O‘zbekiston Oliy Kengashiga nomzod ko‘rsatgan
500 okrugdan 174 tasida muqobil nomzodlar ko‘rsatilmadi. Saylovni tashkil etish
33
Azizaxo‘jaev A. Ko‘rsatilgan adabiyot...36-37-betlar.
29
va o‘tkazish jarayoni demokratik talablar darajasida bo‘ldi,
deb aytolmaymiz,
nomzodi ko‘rsatilgan vakillarning hammasiga bir xil sharoit va imkoniyatlar
yaratilmadi. Bu va bosha sabablar taqozosiga ko‘ra saylangan nomzodlarning 95
foizini kommunistik firqa a'zolari tashkil etdilar. «Yangi shakllangan 12-chaqiriq
O‘zbekiston Oliy Kengashi 1-sessiyasining respublika istiqboli uchun katta
ahamiyatga molik va sobiq Ittifoq doirasida birinchi bo‘lgan siyosiy qarori -
O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvini joriy etishi bo‘ldi. 1990-yil, 24-martda
respublika kompartiyasining birinchi kotibi Islom Karimov O‘zbekistonning
birinchi Prezidenti etib saylandi.
O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov - davlat va
siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentidir. U 1938-yilda
Samarqandda tug'ilgan. O‘rta Osiyo Politexnika instituti va Toshkent Xalq xo‘jaligi
institutlarini tamomlagan. 1960-yildan «Tashselmash»
zavodida avval master
yordamchisi, so‘ngra master, texnolog bo‘lib ishlagan. 1961-yildan V.P.Chkalov
nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi
muhandis konstruktorlik qildi. 1966-yildan O‘zbekiston Davlat Plan Qo‘mitasida
fan vayangi texnikani joriy etish bo‘liminingbosh mutaxassisi, so‘ngra Respublika
Davlat Plan qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. 1983-
yildan O‘zbekiston Moliya vaziri, 1986-yildan O‘zbekiston Ministrlar
Sovetiraisining o‘rinbosari, Respublika Davlat Plan Qo‘mitasining
raisi vazifasini
bajardi. 1986-yil dekabrdan Qashqadaryo viloyati partiya ko‘mitasining birinchi
kotibi, 1989-yil iyunidan O‘zbekiston KP Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi,
1990-yil, 24-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. O‘zbekiston Respulikasining
Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1991 -yil, 29-dekabrda birinchi bor muqobillik
asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasiga muvofiq
u ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining raisi hamdir.
I.A.Karimov 1991-yil, 31-avgustda Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining
mustaqilligini e'lon qildi. O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, madaniy, ma'naviy va xalqaro maydonda erishgan
muvaffaqiyatlari va
yutuqlari Islom Karimov nomi bilan bog'liq.