26
kimyoviy moddalar ishlatildi. E'tiborli
joyi shundaki, bu zaharli kimyoviy
moddalarning faqat 1 foizigina zararkunanda hasharotga ta'sir qilar ekan, qolgan 99
foizi tuproq, yer, suv, havo, o‘simlik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini
zaharlagan.
Ahvol shu darajada fojiali tus oldiki, g'o‘zalami defoliatsiya qilish bahonasida
ming-ming tonnalab zaharli ximikatlami odamlar boshi uzra samolyotlarda sepildi.
Bu har qanday fashizmdan ham dahshatli roq fojia edi.
O‘zbekiston ekologiyasi buzilishining ikkinchi sababi bu suvga bo‘lgan
munosabat bilan bog'liqdir. Sovetlar hukumatining ochko‘zligi, Amudaryo,
Sirdaryo, Chirchiq, Zarafshon daryolari suvlaridan hisob-kitobsiz foydalanish oxir-
oqibatda Orol fojiasini keltirib chiqardi. Ayniqsa, Amu va Sirdaryoga keyingi 20-
30-yil davomida kollektor-zovur, sanoat va kommunal xo‘jaliklarning tashlandiq va
zaharlangan suvlarning oqizishlari bu fojiani yanada kuchaytirdi.
Shu davrda
Orolning suv hajmi 60 foizdan ortiq kamaydi, uning quruqlikka aylangan sathi 2
million gcktarni tashkil etadi. Ilgari tuz miqdori har bir litr suvda 9 grammgacha
bo`lgan bo‘lsa, 90-yillar boshlarida u 2,5-3 barobar ortdi. Havoga, yerga
sochilayotgan tonnalab qum-tuzlar Orolbo‘yi atrofida
ham jonli va ham jonsiz
tabiatni halokat yoqasiga keltirib qo‘ydi. Aholi dengiz atroflaridagi o‘z makonlarini
tashlab ketishga majbur bo`ldilar. Masalan, Mo‘ynoq tumanida aholi 50-yillarga
nisbatan ikki barobar kamaygan. Orol fojiasi tufayli o‘simlik va hayvonot dunyosi
ham halokat yoqasiga kelib qoldi. 1970-yillardan keyingi davrda faqat Amudaryo
mansabida qamishzorlar maydoni 7 barobar kamaydi, 50 dan ortiq ko‘l
28
qurib bitdi.
Ekologik qabohatning uchinchi sababi tuproq tarkibining o‘zgarishi bo‘ldi.
O‘zbekistonda 1990-yilga kelib o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan yerlar 853 ming
gektarni tashkil etdi. Tuproq tarkibining o‘zgarishiga hisob-kitobsiz ishlatilgan
mineral o‘g'itlarning halokatli ta'siri ham katta bo‘ldi. Chunki mutaxassis
olimlarning xulosalariga ko‘ra fosfor o‘g'iti
bilan birgalikda tuproqqa ftor, uran,
toriy, og'ir metall tuzlar ham o‘tar ekan. Ekologiya buzilishining to‘rtinchi sababi,
respublika hayvonot va nabotot olamining o‘zgarishi bo‘ldi. O‘zbekistonda yovvoyi
hayvonlaraing - 99, parrandalarning - 410, baliq-larning - 79 turi mavjud. 1990-yilga
kelib 32 hayvon, 31 parranda, 5 baliq respublika «Qizil kitobi»ga kiritilgan. «Qizil
kitob»ga kiritilgan o‘simliklarning soni esa 163 taga
29
yetdi.
Mamlakatdagi ekologik qabohat aholi o‘rtasida har xil kasalliklarning
ko‘payishiga olib keldi va katta fojialarga sabab bo‘ldi. Katta yoshdagi kishilar va
o‘smirlar o‘rtasidagi umumiy kasallanish 1976-yildagi 2466,5 kishidan 1990-yilda
3598,6 kishiga yetdi. Ma`lumotlarga ko‘ra, 1989-yilning o‘zidagina asab sistemasi, teri,
teri osti hujayralari kasalliklari 1,4 barobar, qon aylanishi sistemasining kasallanish 1,3
28
«Fan vaturmush», 1991 yil, 7-son, 14-bet.
29
O`sha manba.
27
baravar ko‘paygan. Faol sil kasalligiga chalinish 3 foiz oshgan
30
.
Oshqozon-ichak,
virusli gepatit kasalliklari ko‘paydi, har xil shish kasalliklari kelib chiqdi.
Xotin-qizlarda kamqonlik kasalligi avjiga mindi, bolalar o‘limi ko‘paydi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat og'ir bo`lgan mintaqalar -
Orolbo‘yi, Toshkent viloyati, ayniqsa Angren, Olmaliq,
Chirchiq va Toshkent
shahrida, Farg'ona vodiysining ko‘pgina shaharlarida turli kasalliklarga chalinish
yuqori darajadadir. «Orol-88» ekspeditsiyasi a'zolarining bergan ma`lumotlariga
qaraganda Qoraqalpog'istonning Bo‘zatov tumanida har 1000 go‘dakdan 260 tasi
nobud bo`lgan. O‘zbek ayollarining 80 foizi kamqonlik kasalligiga chalingan, har
uch nafar o‘zbek yigitlaridan bittasi salomatligi tufayli harbiy xizmatga noloyiq
31
deb topilgan. O‘zbekistonda har yili ruhiy nuqsonli 6 mingdan ortiq bola
32
tug'ilardi.