O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/26
Sana15.05.2024
Hajmi1,89 Mb.
#234596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar (1)

 
Pedagogik texnologiyalar. 
1.
Kichik guruhlarda ishlash. 
2.
Aqliy hujum. 
3.
Rolli o‘yinlar.
4.
O‘z pozitsiyasini egallash. 
5.
Diskussiya. 
6.
Debatlar va hakozolar. 
9
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruza 
// -T.: Xalq so‘zi, 2010 yil 13 noyabr. 
10
. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T. “O‘zbekiston”, 2017. 
B. 277. 


12 
Pedagogik
texnologiyalar talabalarning faol hayotiy munosabatlarini 
shakllantirishga qaratilgan. Ularga o‘quv jarayonidagi yangi shakldagi intreaktiv 
usullar kiradi. Talabalar dars jarayonida mavzuni o‘zlashtirish uchun doira shaklida 
o‘tiradilar. 
Gumanitar ta’lim tizimiga mediatsiyaga kirish texnologiyasini kiritish 
mumkin. Talabalarga vujudga kelgan nizolarni neytral vositachi - Mediator 
ishtirokida tinch yo‘l bilan hal etishni o‘rgatish. Bu holatda talabalar insonlarga 
beg‘araz yordam berishning o‘ta muhim tartib va vazifa ekanligini tushunib 
yetadilar. Bu texnologiya bugungi kunda rivojlangan horijiy mamlakatlarning 
jumladan, Amerika Qo‘shma shtatlari, Germaniya, Yaponiya va Rossiya 
davlatlarining oliy ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil 
etishda keng qo‘llanilmoqda.
Ijtimoiy-gumanatar ta’limni hozirgi zamon tizimi pedagog xodimlarga 
an’anaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalarini amaliyotda optimal yechimini 
topishga imkon yaratadi.
XXI asrda O‘zbekiston ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish ustivor 
vazifalardan biridir. Bu esa, o‘z navbatida professor-o‘qituvchilarimiz zimmasiga 
tegishli o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini hozirgi davr talabi va ilm-
fanning so‘nggi yutuqlarini hisobga olgan holda yangilab borish, ta’lim jarayoniga 
innovatsiya va ta’lim texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda. 
Bugungi kunda amaliyotda yangilik va innovatsiya so‘zlari o‘rtasida farqlar 
mavjud. Yangilik bu fandagi eng so‘nggi yutuqlar, bilimlar, usullar hisoblanadi. 
Ushbu yutuqlar, bilimlar, usullar amalda qo‘llanilishi bilan innovatsiyaga aylanadi. 
Innovatsion 
texnologiyalar 
talabalarning 
faol 
hayotiy 
munosabatlarini 
shakllantirishga qaratilgan. Ularga o‘quv jarayonidagi yangi shakldagi interaktiv 
usullar kiradi. Talabalar dars jarayonida mavzuni o‘zlashtirish uchun tavsiya 
etiladigan interfaol metodlardan yana biri FSMU texnologiyasidir.
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar 
o‘tkazishda (yoki o‘quv-semenar yakunida talabalarning o‘quv mashg‘ulotlari 
hamda o‘tilgan mavzu va bo‘limdagi ba’zi mavzular, muammolarga nisbatan 
fikrlarini bilish maqsadida) qo‘llanilishi mumkin. Bu texnologiya talabalarni o‘z 
fikrini himoya qilishga hamda o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda 
bahslashishga, shu bilan birga bilimlarni tahlil etishga va egallanganlik darajasini 
aniqlashga, baholashga hamda bahslashishga o‘rgatadi.
Texnologiyaning maqsadi: ushbu texnologiya talabalarni tarqatilgan oddiy 
qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki 
inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
O‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish tartibi:


13 
-
o‘qituvchi har bir talabaga FSMU texnologiyasining to‘rt bosqichi yozilgan 
qog‘oz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda ularni to‘ldirishni iltimos qiladi; 
-
o‘qituvchi talabalar bilan bahs mavzusini belgilab oladi; 
-
yakka tartibdagi ish tugagach, talabalar kichik guruhlarga ajratiladi va 
o‘qituvchi kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining to‘rt bosqichi yozilgan katta 
qog‘oz varaqlarini tarqatadi; 
-
kichik guruhlarning har bir a’zosi berilgan tarqatma materiallarda yakka 
tartibda yozilgan fikr va dalillarni katta farmatda umumlashtirgan holda to‘rt 
bosqich bo‘yicha yozishlarini taklif etadi; 
-
o‘qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o‘rtasida himoya 
qilishlarini so‘raydi; 
-
mashg‘ulot o‘qituvchi tomonidan muammo bo‘yicha bildirilgan fikrlarni 
umumlashtirish bilan yakunlanadi. 

Download 1,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi

Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish