8
I-BOB. “MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA
O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR”
MAVZUSINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI
1.1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani taraqqiyotining
ustivor yo‘nalishlari
Mustaqil Respublikamizning ijtimoiy fanlar sohasi olimlari oldida xalqimiz
tarixini haqqoniy va to‘laqonli o‘rganish masalasi dolzarb vazifa sifatida turibdi. Bu
haqda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov
mamlakatimizning yetakchi tarixchi olimlari bilan o‘tkazgan uchrashuvida va
boshqa mazkur soha bilan bog‘liq yig‘ilishlarda bir necha marta ta’kidlab o‘tgan
2
.
Tarixdan ma’lumki, O‘zbekiston hududida azaldan turli xalqlar va millatlar uchun
yagona umumiy makon bo‘lgan. Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek,
«Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va
elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik,
ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doim xos
bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi»
3
.
Shuningdek, bu vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qator Qarorlarida ham o‘z aksini topgan
4
. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Milliy
davlatchiligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan bu ulug‘ zotning xalqimiz,
Vatanimiz oldidagi tarixiy xizmatlarini baholashning o‘zi qiyin. Mustaqillik
yillarida buyuk ajdodimizning xotirasini tiklash borasida qanday katta ishlar
amalga oshirilganini barchangiz albatta yaxshi bilasiz
5
.
Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov e’tirof etganidek: “Bizning qadimiy va
go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri
bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu ko‘hna
tuproqda milodgacha bo‘lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv
inshootlari, hali-hanuz o‘zining ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan osori
atiqalarimiz qadim-qadimdan o‘lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik
madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan
2
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q // Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7-jild. T., O‘zbekiston,
1999. B. 128-132; Karimov I.A. Ozod va obod, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8-jild. T., 2000. B.
430, 448, 467, 476; Karimov I.A. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar // Vatan ravnaqi uchun har
birimiz mas’ulmiz. 9-jild. T., 2000. B. 201-205; Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., 2008.
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil
etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvdagi nutqi. // «Xalq so‘zi», 2017 yil, 25 yanvar.
4
“O‘zbekistonning Yangi tarixini tayyorlash va nashr etish to‘g‘risida”gi O‘zR Vazirlar Mahkamasining Qarori //
Xalq so‘zi, 17 dekabr 1996 yil; “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zR Vazirlar Mahkamasining Qarori // Xalq so‘zi, 27 iyun 1998 yil.
5
. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T. “O‘zbekiston”, 2017. B.
309.
9
dalolat beradi”
6
.
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoev
tomonidan
bugun
uchrashuvimizda odat bo‘lib qolgan an’anaga ko‘ra, men avvalo qoraqalpoq
xalqining betakror tabiati, qadimiy tarixi va boy madaniyati haqida, bu elga xos
go‘zal insoniy fazilatlar haqida fikr yuritishim kerak edi
7
.
XXI asr O‘zbekistonda madaniyat, iqtisodiyot, fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy
innovatsiyalar asri sifatida boshlandi va ana shunday sharoitda barkamol shaxs,
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash nafaqat pedagogik, balki ijtimoiy
zaruratga aylandi. Bu zarurat Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan
“ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish” masalasiga
e’tibor qaratishni talab etdi.
Ushbu fanni o‘qitish ta’lim-tarbiya birligiga asoslanib, o‘sib kelayotgan yosh
avlodda siyosiy, g‘oyaviy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy fazilatlarni, yuksak ong va
madaniyatni shakllantiradi. Demak, yosh avlod, bo‘lajak mutaxassislarning,
umuman, millatning qanday siyosiy, g‘oyaviy, axloqiy, g‘oyaviy tamoyillar asosida
yashashi va mehnat qilishi bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan
uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi samaradorligiga bevosita bog‘liq.
Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, mehr-oqibat
muhitini asrash, mustaqillikning qadriga yetish, Vatan taraqqiyoti uchun daxldorlik
tuyg‘usini anglash, har qanday xavf-xatar va tahdidlarning oldini olishda gumanitar
va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning o‘qitilishini puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil
etish va ularning ta’sirchanligini keskin kuchaytirishni bugun boshimizdan
kechirayotgan hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Shunday ekan, bu jarayon o‘ta aniq
maqsad va vazifalarni belgilash asosida amalga oshirilmog‘i zarur.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston tarixi fani sohasidagi eng
so‘nggi yutuqlar hamda ilmiy yangiliklarga tayangan holda mavjud holatni ilmiy-
nazariy o‘rganish, mazmunan boyitish, takomillashtirish hamda islohotlar
talablariga to‘la javob beradigan darajaga keltirish tamoyillariga asoslanish zarur.
Tizimning muvaffaqiyati fanlarning o‘qitilish sifati, fanlar o‘rtasidagi o‘zaro
integratsiya, “uzluksiz tarbiya ob’ekti va sub’ekti” bo‘lgan talabalarning kamoloti,
ongu tafakkurini yuksaltirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonining samarali
tashkil etilishiga bog‘liq.
Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlarning dunyoqarashini boyitish,
ularda Vatanga sadoqat, uning taraqqiyotiga daxldorlik hissi, milliy g‘ururni
shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish,
hozirgi zamondagi keskin intellektual-ma’naviy raqobatga javob bera oladigan,
mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan yuksak malakali mutaxassislar etib
6
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., 2008. B. 30.
7
. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T. “O‘zbekiston”, 2017. B.
206.
10
tarbiyalash oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
oldida turgan muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘zining qadimiy tarixi mobaynida ko‘p
sinov va mashaqqatlardan o‘tgan, hayotning ma’nosi, insonning qadr-qimmatini
yaxshi anglaydigan Xorazm ahli bu siyosiy jarayonda o‘zining siyosiy yetukligini,
faol grajdanlik pozitsiyasini namoyish etadi, deb ishonaman
8
.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas
kuch” asarida, ilgari surilgan konseptual fikr-g‘oyalar, ilm-fan sohasida qo‘lga
kiritilayotgan yutuqlar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar mazmunini yanada
takomillashtirishni talab etadi.
O‘tgan davr mobaynida oliy ta’lim tizimida o‘zbekiston tarixi fanlarining
me’yoriy hujjatlari, o‘quv-uslubiy majmuasini takomillashtirish va ularni o‘qitish
samaradorligini oshirishga qaratilgan ko‘plab ishlar amalga oshirildi.
Bu ishlar kelgusida yana izchil davom ettiriladi. Fanlarni o‘qitishda uzviylik
va izchillikni ta’minlash, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirish, ilm-fan
sohasidagi yangiliklarni ularda aks ettirish, bugungi va istiqboldagi vazifalarni
yoritish, mustaqil ta’lim, o‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatlari
hisobga olinadi.
O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitish borasida milliy va xorijiy tajribalarni
o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish, fanlarning namunaviy o‘quv dasturlarini
takomillashtirish va ular asosida ma’ruza matnlari, yangi avlod o‘quv adabiyotlari,
elektron adabiyotlarni yaratish va ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish
ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘quv fani bo‘yicha elektron o‘quv vositalarining yaratilishi mazkur fanni
o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o‘z navbatida, talabalarning mazkur fan
bo‘yicha bilimlarni chuqur o‘zlashtirishlarining asosiy omili bo‘lib, ta’lim-tarbiya
sifati va samaradorligini oshiradi.
Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish,
professor-o‘qituvchilarni ilg‘or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan
qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari
tajribasini chuqur o‘rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim
tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi.
8
. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T. “O‘zbekiston”, 2017. B.
249.
|