Harorat o‘lchashning lyuminissent usuli




Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/286
Sana16.05.2024
Hajmi5,37 Mb.
#236914
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   286
Bog'liq
katta kitob

 
Harorat o‘lchashning lyuminissent usuli 
Haroratlar o‘lchashning lyuminessent usullari negizida ba’zi bir lyuminoforlarni 
lyuminessent nurlanish jadalliklarini haroratga bog‘liqligi yotadi. Ular haroratni o‘lchovchi turli 
xildagi datchiklarda va termoqoplamalarda qo‘llaniladi.
Zamonaviy tola - optik datchiklar laboratoriya va sanoat ob’ektlarida ko‘pgina tavsiflarni
o‘lchashga imkon beradi, shu jumladan haroratni ham. Ulardan foydalanishning etarlicha 
qiyinligiga qaramay, u bunga o‘xshash datchiklardan amaliyotda qo‘llashda bir qancha 
ustunliklarga ega: 
-induksionsizligi (ya’ni, elektrmagnit ta’sirga duchor bo‘lmasligi); datchiklarni kichik 
o‘lchamlari, elastikligi, mexanik jihatdan pishiqligi, zanglashga yuqori bardoshliligi va hokazolar.
1.
Issiqlik nurlanishi negizidagi datchik
. Harorat o‘lchash uchun qurilma sifatida issiqlik 
nurlanishi 
negizidagi 
tolali-optik 
datchiklardan 
foydalaniladi, 
ularni 
mazmun-mohiyati 
quyidagilardan iborat: O‘rganilayotgan ob’ekt 0 K dan katta haroratlarda, atomlar va 
molekulalarni issiqlik tebranishlari oqibatida issiqlik nurlanishlarini chiqaradi.
Nurlanish energiyasi haroratni yuqorilashishi bilan ortib boradi, maksimal nurlangan 
to‘lqinlar uzunligi esa kamayadi. O‘ziga xos ravishda, haroratni aniqlash uchun to‘lqin 
uzunliklarida yoki to‘lqinlar diapozonida qora jismni qayd etilgan issiqlik nurlanishi energiyasi 
uchun Plank formulasidan foydalanish mumkin.
Ushbu uslubni asosiy ustivorligi bo‘lib yuqori haroratlarni kontaktsiz (tegmasdan) o‘lchash 
imkoniyatlari mavjud. O‘lchanayotgan haroratni diapozonlariga qarab yorug‘lik detektorlari va 
optik tolalar tanlanadi. Tolali-optik datchiklar uchun harorat o‘lchash oblastlari 400
o
S dan 2000
o

oraliqlarda yotadi. Infraqizil nurlarga mo‘ljallangan, to‘lqinlar uzunligi 2 mkm va undan ortiq 
bo‘lgan optik tolalardan foydalanishda o‘lchashlarni yana ham pastroq haroratlarda amalga 
oshirish mumkin.
2. 
YArimo‘tkazgichlar yorug‘ligini yutishga asoslangan datchik
. YAna ba’zi bir yarim 
o‘tkazgichlarni optik xossalariga asoslangan tolali-optik datchiklar ham ma’lum. 
Foydalanlayotgan yarimo‘tkazgich optik yutilish spektrini chegaralangan to‘lqin uzunligiga ega. 
To‘lqin uzunligi o‘tkazuvchinikiga qaraganda qisqa bo‘lgan yorug‘lik uchun yutilish kuchayadi, 
bunda haroratni ortib borishi bilan chegaralangan to‘lqin uzunliklari ko‘proq uzunliklardagi 
to‘lqinlar ( nm/K yaqin) tomonga siljiydi. YArim o‘tkazgich kristallga yutilish spektrini 
ko‘rsatilgan chegaralari chekkalaridagi nurlanish spektri bo‘lgan yorug‘lik manbaidan nur 
berilganda, datchikni yorug‘lik sezuvchan qismi orqali o‘tuvchi yorug‘likning jadalliklari haroratni 
ortishi bilan pasayadi. Detektorni chiqarish signali bo‘yicha, ko‘rsatilgan usulda haroratni qayd 
etish mumkin.
Ushbu uslubdan foydalanib ±0,5°S xatoliklarida 30°S dan 300°S gacha oraliqlardagi 
haroratni o‘lchash mumkin.


150 
3. 
Fluoressensiya asosidagi datchik
. Ushbu datchik quyidagi yo‘sinda qurilgan. Optik tolani 
qisqa yon tomonining yorug‘lik sezuvchi qismiga fluoressent maxsul kiritilgan. Optik tolalar 
keltirib chiqargan ultra binafsha nurlar ta’sirida vujudga kelgan fluoressent nurlanishlar xuddi shu 
tolalar bilan qabul qilinadi. Haroratga xos signal haroratga kuchli qaram bo‘lgan to‘lqin 
uzunliklari signali uchun fluoressent nurlanish jadalliklari qiymatlarini boshqa to‘lqin uzunlikdagi, 
haroratga kam bog‘liq bo‘lgan signal jadalliklariga nisbatlarini hisoblab chiqish yo‘li bilan 
namoyon etiladi.
Bunday datchiklar bilan haroratni o‘lchash oblastlari ±0,1°S xatoliklarda 50°S dan 200°S 
gacha oraliqlarda bo‘ladi. Tolali-optik datchiklardan foydalanish o‘zining barcha jalb qiluvchanlik 
xususiyatlariga qaramay, faqatgina ob’ektdagi maxalliy nuqtaning haroratini o‘lchashga imkon 
beradi va bu uni qo‘llash sohasini bir qancha toraytiradi.
Issiqlikning elektromagnit nurlanish bo‘yicha haroratni o‘lchovchi va foydalanish uchun 
qulay shaklda ma’lumot taqdim etuvchi asbob pirometr deb aytiladi. Radiatsion pirometriya 
usullaridan foydalanuvchi infraqizil pirometrlar nurlanish pirometrlari ichida eng keng tarqalgan 
pirometrlar hisoblanadi (boshqacha nomlari — infraqizil termometr yoki infraqizil radiometr). 
Konstruktiv jixatdan bunday pirometr, pirometrik uzaytirgichlarni hamda analogli va raqamli 
ma’lumotlarni aks ettiruvchi qurilmani o‘zida mujassam etadi. Infraqizil pirometrlarni ishlash 
prinsipi ob’ektdagi spektrni infraqizil qismidan chiquvchi elektromagnit nurlanishlar 
amplitudasining mutlaq qiymatlarini o‘lchashga hamda uni keyinchalik uni o‘lchangan qiymatini 
haroratga qayta hosil qilishga asoslangan. Optik vidioizlovchisi bo‘lgan bunday pirometrni sxemasi 
2.2-rasmda tasvirlangan.
Optik tizimda fokuslashtirilgan issiqlik nuri datchikga tushadi (birlamchi pirometrik 
o‘zgartirgich), natijada chiqishda o‘lchash ob’ektining harorati qiymatiga proporsional bo‘lgan
elektrik signal hosil bo‘ladi. Ushbu signal elektron o‘zgartirgich orqali o‘tadi (ikkilamchi 
pirometrik o‘zgartirgich), o‘lchash-hisoblash qurilmasiga tushadi va unda ishlov beriladi. Natija 
displeyda namoyon bo‘ladi. Ob’ektni aniq haroratini olish uchun foydalanuvchiga faqat asbobni 
ulash, uni o‘lchash ob’ektiga olib borish va tugmani bosish lozim bo‘ladi. O‘lchashni amalda 
istalgan masofadan turib o‘tkazish mumkin, zamonaviy pirometrlarni o‘lchash masofasini uzoqligi
faqat o‘lchanadiga dog‘ni yuzasi va muxitni shaffofligi bilan chegaralanadi. Pirometrlarni asosiy 
texnik tavsiflariga quyidagilar kiradi:
- optik xal etish (optik xal etishi 2 dan 600± 1 bo‘lgan modellari mavjud);
- o‘lchanadigan haroratni diapazoni (max ot -50 dan 4000° C yoki kamroq);
-o‘lchanadigan xal etish — 1 yoki 0,1° C;
- aniqlik darajasi (optimal bo‘lgani ± 1,5%);
2.2-rasm. Pirometr qurilmasi: 1 — o‘lchash ob’ekti; 2 —issiqlik nurlanishi; 3 — optik tizim; 4 — 
oyna; 5 — vidoizlovchi; 6 — vidoizlovchini o‘qi; 7 — o‘lchash-hisoblash qurilmasi; 8 — korpus; 9 
— elektron o‘zgartirgich; 10 — tugma; 11 — datchik. 


151 
- tezkor harakatlanish (u zamonavitylarda juda yuqori — 1 sekunddan kamroq);
- nurlanish koeffitsienti — o‘zgaruvchan yoxud qayd etilgan;
- mo‘ljalga olish uslubi — optik yoxud lazerli nishon.
Ushbu tavsiflarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz. 

Download 5,37 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   286




Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish