90
LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI UCHUN MATERIALLAR
1- LABORATORIYA ISHI
TEXNIK VOLTMETRLARNI QIYOSLASH
Ishdan maqsad:
texnik voltmetrlarni namunaviy voltmetr
bilan solishtirish usuli
yordamida qiyoslashni o‘rganish.
Vazifa:
Laboratoriya qurilmasi maketi bilan tanishish.
Asboblar va qurilmalar
1. Tok manbai (laboratoriyaga oid).
2. Qiyoslanayotgan voltmetr (ixtiyoriy tanlash).
3. Namunaviy voltmetr (ixtiyoriy tanlash).
Nazariy qism
Elektr o‘lchashlar -
elektrik kattaliklarni masalan, tok kuchi,
kuchlanish, quvvatlar hamda
noelektrik bo‘lgan kattaliklar, masalan harorat, bosim, suyuqliklar va gaz, rN va shunga o‘xshash
boshqa kattaliklarni sarf-xarajatlarini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Elektr o‘lchashlar quyidagilarni:
bitta asbobda o‘lchanadigan o‘lchashni yuqori aniqligini;
yuqori sezuvchanlikni; qiymatlarni katta
diapazonini; o‘lchash natijalarini katta masofalarga uzatish imkoniyatini; tezda bo‘lib o‘tuvchi
jarayonlarning parametrlarini o‘lchash
imkoniyatlarini; o‘lchash natijalarini elektron hisoblash
mashinalari (EHM)ga kiritish qulayligini ta’minlaydi.
Elektr o‘lchash vositalari na faqat o‘lchash ma’lumotlarini olish uchun qo‘llaniladi,
balki
maxsus moslamalardan (ko‘rsatgichlar) foydalangan holda, texnologik
jarayonlarning asosiy
parametrlarini boshqarib turish uchun ham ishlatiladi.